Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Erkaklar kiyimi
Kishining madaniyatini birinchi navbatda uning kiyimi 
ta’kidlab turadi. Did bilan tanlangan kiyim va orasta ko‘rinish odamni o‘ziga nisbatan 
ishonchli, batartib, tetik va oxir-oqibat atrofdagilarda yoqimli taassurot uyg‘otadi. 
Hammasidan ham har bir erkak kishi kundalik kiyish uchun ko‘zga u darjada 
tashlanmaydigan, kostyum-shim va yana nisbatan jiddiyroq to‘q kul rang yoki to‘q 
ko‘k va qora tusdagi kostyum-shimlarni maxsus kechalar hamda mehmondorchiliklar 
uchun mo‘ljallangan garderobga ega bo‘lishi lozim. Agar bu ikki kostyumni mohirlik 
bilan bir-biriga uyg‘un bo‘lgan tusdagi ranglarda tanlab olinsa, unda ularni birini 
biriga moslashtirgan holda kiyib yurish mumkin.
Bundan tashqari bu ikki kostyumga sportiv turdagi kombinatsiyalashgan 
kostyumni ham qo‘shib to‘ldirish mumkin. Bunday turdagi kostyumni ishga kiyish 
urf bo‘la boshlamoqda. U bezak va ranglar bilan bir-biridan farq qiluvchi shim va 
ustki kiyimdan borat bu kostyum, uyg‘un va mos bo‘lgan holda bir-birini to‘ldirishi 
lozim. Masalan, mayda katakli kostyumga shim, mayda katakli shimga esa bir 
tusdagi ustki kiyim ko‘proq mos keladi. Sportiv usulni xush ko‘radigan erkakalarga 
kiyinishda bir qancha qulaylik mavjud: oq yoki rangli ko‘ylaklar bilan bir qatorda 
ular sportiv yoki mayda va nafis to‘qilgan ko‘ylaklarni ham kiyib yurishlari mumkin.
Yilning issiq kunlari uchun mo‘ljallangan yengil chitdan yoki sun’iy ipdan 
tikilgan kostyumlar erkaklarning kiyimlar javonida doimiy avtributga aylandi. 
Bunday turdagi kostyumlarning matosining rangi bir xil yoki turli tusdagi rasmlari 
bilan och va to‘q tuslarda bo‘lishi mumkin – bu sizda mavjud bo‘lgan ko‘ylaklarga va 
unga mos tarzda uyg‘unlikni vujudga keltiradigan oyoq kiyimlarga bog‘liq. Shimni 
xarid qilayotgan vaqtda uning qanchalik sizning kostyumingiz, ustki kiyimlaringiz va 
ko‘ylaklaringizga mos kelishini nazardan chetda qoldirmaslik joiz. Vilvet shimga 
qalin yoki jun matodan ko‘ylaklar mos keladi (agar uning egasi to‘laroq bo‘lmasa).
Ammo orastalik birinchi o‘rinda – har qanday zo‘r bashang ko‘rinishni 
cho‘ntakdan chiqqan kir ro‘molcha bir pul qiladi. Sochlar doimo toza bo‘lishi va tiniq 
ko‘rinish kasb yetishi lozim. Erkaklar kunda soqolini olib turishi, kerak bo‘lsa, 
kechqurun mehmonga borish uchun to‘q kostyum kiygan bo‘lsa ham ikki martadan 
olishga to‘g‘ri keladi. Eng ahamiyatlisi, nafaqat ozoda bo‘lishi, balki kuyelagi 
tikilgan, dazmollangan bo‘lishi ham shart. Oyoq kiyimlarni hatto yomg‘ir kunlari 
ham tozalab chiqish kerak, zero, ular gohida egasini holatini «sotib» turadi. 
Zamonaviylik unga asosiy xususiyatlarda individual tarzda moslaShuvni taqozo 
etadi. Aslida hech qanday moda xunuk yoki chiroyli bo‘lmaydi, u doimiy mezonga 
ega emas. Kecha qabul qilinmagan narsa, bugun tabiiy ko‘rinishi mumkin. Tabiatning 


62 
shu xususiyati tufayli biz ba’zida ko‘rinishimizni yangilab turish imkoniyatiga 
egamiz.
Yangi chiqqan zamonaviy liboslarga moslashish odatda sal qiyinroq kechadi. 
Deyarli hamma vaqt ko‘pchilikni hayratga soladi. Tajribadan shuni bilamizki, bir 
yildan so‘ng yangi chiqqan rusm bizga o‘z hukmini o‘tkazadi, keyin esa xuddi shu 
uslubga moslashib olgandan so‘ng, undan voz kechishdan bosh tortamiz. Zamonaviy 
narsalar odatda ayollar uchun uch yil, erkaklar uchun besh yil xizmat qiladi. Eski 
modani «ushlab» turishga intilib, yangisi bilan kurashishni to‘xtatgan ma’qul.
Zamonaviy narsani sotib olib, uni «ayash uchun» kamdan-kam ishlatib, shkafga 
qo‘yib qo‘ygan odam qattiq adashadi. Ba’zida bunday narsalarni eski sarqit sifatida 
olib tashlashga to‘g‘ri kelib qoladi. 
Rusm (moda) me’yor hisini, davr talabi, did va yoshga e’tiborni talab qiladi. 
Shunday odamlar borki, ular tezda zamonaviylikning ba’zi unsurlarini ilib oladi, 
boshqalarga esa 
«maxsus moslaShuv jarayoni»
kerak. Bunda o‘zgaruvchan davrda 
tezda moslashib olganlar ularning asabiga tega boshlaydi. Bundaylarga bir oz sabrli 
bo‘lishni maslahat beramiz. A.Navoiyning “Mahbubul qulub” asarida

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə