Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Bo‘yinbog‘ haqida
Bo‘ynibog‘ doimo egasining didini aks ettirib kelgan. 
Umuman olganda, sport kiyimi yoki kostyum-shim bilan kiyish uchun ipak yoki 
sun’iy ipakdan bo‘lgan yoki sun’iy toladan hamda bir-ikkita jun matoli bo‘yinbog‘lar 
xarid qilib olish lozim. Bo‘yinbog‘ni tanlash kostyum fasoni va matosining rangi
rasmiga bog‘liq. Jiddiy kostyumga tabiiy hamda sun’iy ipakdan bo‘lgan 
bo‘yinbog‘lar to‘g‘ri keladi.
Kapalaksifat bo‘yinbog‘lar alohida vaziyatlar uchun mo‘ljallangan. Ular odmi 
va nafis tusda bo‘lishlari lozim. Mayda rasmli kostyumga har qanday bo‘yinbog‘ 
bo‘laveradi. Olachipor kostyumga bir tusdagi bo‘yinbog‘ mos tushsa yaxshiroq 
bo‘ladi. Ammo bunda ikkita qoidaga amal qilish lozim: yo bo‘yinbog‘ni 
tanlayotganda uni kostyum rangi bilan bir tusda, ammo sal ochroq yoki sal to‘qroq 
bo‘lishiga harakat qilish kerak. Chunki bu bilan ular bir-birini to‘ldirib turadi, yoki 
kostyum va bo‘yinbog‘ bir-biriga qarama-qarshi tusda (albatta, uyg‘unlashgan holda) 
bo‘lishi lozim. Lekin bundan qarama-qarshilik alohidalik kasb etmog‘i joiz. 
Dastro‘mol. Erkaklarga o‘zlari bilan ikkita dastro‘mol olib yurishni tavsiya 
etamiz:
biri – ustki kiyim yoki shim cho’tagida, uni kerakli bo‘lganda o‘zi uchun 
ishlatiladi (ishlatib bo‘lgandan keyin g‘ijimlab tashlamang), ikkinchisi – mutlaqo 
tozasi – ustki kiyimning ichki cho‘ntagida, maxsus holatlar uchun (ko‘zoynakni artish 
uchun, bola yoki ayol kishiga kerak bo‘lib qolgan taqdirda berish uchun va h. k.). Bu 
ikkinchi dastro‘molni ustki kiyimning tashqi cho‘ntagida, sal uchini chiqargan holda 
olib yurish ham mumkin. Dastro‘molni dazmollangan holda shim cho‘ntagi yoki 
sumkada saqlash kerak. Aksirgandan so‘ng uni qoqib o‘tirish nojoiz, darrov olib 
qo‘yish lozim. 


61 
Erkakni kostyumini yoki ayolni nafis bezaydigan dastro‘mol – boshqa narsa. 
Erkaklarnikidan kichikroq bo‘lgan bu dastro‘mol jamoatda ko‘z-ko‘z bo‘lishga 
arziydi. Erkaklarning oq rangdagi dastro‘moli ustki kiyimning cho‘ntagida bir-ikki 
santimetr, yoki uchburchak shaklida chiqarib qo‘yiladi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə