Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Tasodifiy noqulay holatlar hamda ularni bartaraf yetishning axloqiy



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Tasodifiy noqulay holatlar hamda ularni bartaraf yetishning axloqiy 
jihatlari 
 
Jamoatdagi har bir Shahs tasodifiy holatlar – ixtiyorsiz xatolardan xoliligidan 
kafolatlanmagan. Mana bir qancha bunday tanish vaziyatlar: kimdir bilan qayta 
ko‘rishish, qo‘lingizdagi qadahni to‘kib yuborish, yoningizda, stol atrofida o‘tirgan 
kishidan: 
“Mana bu ketvorgan ayol kim?»
degan savolingizga qo‘shningiz: 
«Mening 
ayolim»
deb javob berishi, tanishingizdan 
«Rafiqangiz yaxshi bo‘lib qoldimi?»
deb 
hol so‘raganigizda, u sizga: 
«O‘lganiga bir yil bo‘ldi»
yoki 
«Ajrashdik»
deb javob 
bersa.
Eng yoqimsizi: adashib sochiq bilan burunni, terni artib yuborish yoki ehtiros 
kulgili bo‘lmagan anekdotni aytishdir. Bunday vaziyatlardan qolgan noxushlik uzoq 
muddatgacha sizni tark etmaydi. Albatta agar bunday vaziyatlar kamroq uchrasa, 
yaxshi bo‘lar edi; faqat atrofdagilar bunday holatga biz o‘ylagandan ko‘ra kam 
e’tibor qaratadilar. Bunday holatlarni boshdan kechirmagan odamning o‘zi 
bo‘lmaydi. Ammo noqulay vaziyatlar o‘zni oqlashni taqozo etmaydi. G‘arb odatiga 
ko‘ra shunchaki 
«uzr»
deb qo‘yiladi. Sharqda aksincha, obdon uzr so‘rab, noqulay 
vaziyatdan chiqib kyetishga uriniladi. 
Ammo bir shahs ataylab boshqa odamga o‘z salbiy munosabatini ko‘rsatish 
uchun ilmoqli gaplarni alohida ta’kidlashi va Shu asosda ongli ravishda noqulay 
vaziyatlarni vujudga kelishiga harakat qilishi umuman boshqa narsa. Bunda nafaqat 
inson o‘zini xudbinligini, madaniyatsizligini ko‘rsatishi, balki boshqalarni ham dilini 
og‘ritib qo‘yishi mumkin. Bunday vaziyatlarni oldini olish uchun quyidagi 
holatlardan voz kechmoq lozim: 

Barchaning oldida ko‘rishishga javoban qo‘l uzatmaslik;

O‘z raqibiga deyarli haqorat tarzida ovoza bilan biron-bir so‘z qotish;

Kelgan sovg‘ani orqaga qaytarish;


71 

Hamsuhbatning yaqinlari borasida hurmatsizlikni namoyon qiluvchi so‘zlarni 
ifodalash.
Ba’zida tasodifiy farosatsizlik kim uchundir o‘zni ko‘rsatishdek tuyuladi. Bu 
yerda ismi-sharifni buzib aytilishini misol qilish qo‘l keladi. Bunday xatoni agar 
bundanda yomonroq natija bermagan taqdirda bo‘lmasa, xafagarchilikni keltirib 
chiqaradi. Ba’zida odamga orqa qilib o‘tirish qattiq uni ranjitishga sabab bo‘ladi. 
Odatiy e’tiborsizlik ham munosabatlarni murakkablashtirishi mumkin. Shu bois 
odamlar bilan muloqotda o‘zini qat’iy boshqara olishi kerak. Hech qachon 
qo‘pollikka javoban qo‘rslik bilan qaytarish kishini yomon ko‘rsatsa ko‘rsatadiki, 
yaxshi ko‘rsatmaydi. Janjal ikki tarafni ham yerga uradi. 
Bundan tashqari, birovning sumkasini ochib titkilash yoki ochiq qolgan sumkani 
tomosha qilish, qo‘l telefonini «o‘rganish» nafaqat xunuk ko‘rinish kasb yetishi, balki 
sizni unga bo‘lgan xusumatingiz yoki hasadingizni ko‘rsatib qo‘yadi. Begona kishilar 
portfelini yoki palto cho‘ntaklarini kavlash ham bundan istisno emas. Birovning 
qutisidagi narsalarni olish yoki uni joylashtirish uyda ham ishxonada ham 
odobsizlikdir. Birovning shkafini, bufeti yoki narsalar saqlanadigan joyni ochib 
ko‘rish ham odobga to‘g‘ri kelmaydi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə