Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

«to‘ldirib»
aksirishga yo‘l qo‘ymang. Ammo aksirish sizdan kuchliroq kelsa, 
yuzingizni chetga burib aksiravering. 
Hiqichoq – yoqimsiz hamda qiyinchilik tug‘diruvchi holatdir. Agar bu 
boshlansa, unda oshxona yoki vannaxonaga kirib, quyidagi usulni qo‘llaymiz: chap 
qo‘l bilan burunni qisib, o‘ng qo‘ldagi suv idishidan mayda xo‘plamlar bilan, 
tanaffussiz nafas olmay ichamiz. Qiynalsak, bu jarayonni to‘xtatishimiz mumkin. Bu 
paytga kelib hiqichoq to‘xtashi kerak.
Agar u yana davom etsa, yuqoridagi jarayonni faqat uzaytirib, takrorlaymiz. 
Bunga qo‘shimcha ravishda bir osh qoshiq qand upasini yutib borishni tavsiya 
etamiz. Ammo birinchi usul – kuchliroq ta’sirga ega. Biroq, hiqichoq mast qiluvchi 
ichimliklarni ichish oqibatidan ham paydo bo‘lishi mumkinligini e’tibordan soqit 
qilmang. Agar aynan mana shu holatdan so‘ng hiqichoq paydo bo‘lishiga 
ishonchingiz komil bo‘lsa, unda ichishni tashlang. 
Ko‘p hollarda biz aynan Shahsiy illatlarimiz tufayli jamoat bilan muloqot 
qilishdan o‘zimizni mahrum qilamiz. Bu borada bir necha maslahatlar bor: 

Ayol kishi uzuklari, taqinchoqlari, sumkasining zamogi bilan «o‘ynamagani», 
sochini barmog‘iga o‘ramagani ma’qul; suhbatdoshning buyumlarini olib 
o‘ynab turish ham yaxshi emas;

Dasturxonni burama sochga aylantirmang, idishlarni o‘ziga qo‘ying, ularni 
jaranglatmang. Ammo agar siz o‘zingizni tuta olmasangiz, cho‘ntagingizda 
maxsus barmoqlar mashqi uchun mo‘ljallangan rezinali kichik buyumlarni 
olib yurgan ma’qul. Qadimda bunda tasbehdan foydalanganlar. 

Qorinni qo‘l bilan ushlab urish yoki suhbatdosh yoki yaqinda turgan odamga 
orqa qilib o‘girish, garchi xusumatingiz bo‘lsa ham – odobsizlikdir;

Jamoada sochini qashlashga yo‘l qo‘yish mumkin emas (hatto barmoq uchida 
ham);

Barmoqlarni qarsillatish yaxshi odat emas. Bu musulmon odobida qat’iy 
ta’qiqlangan edi. Keyingi yillarda esa shifokorlar barmoqlarni qarsillatishni 
odat qilgan insonlarning barmoq suyaklarida suv yig‘ilish natijasida saraton 
kasalini paydo bo‘lishni aniqlaganlar.


70 

Ming‘irlash, g‘o‘ng‘illash nafaqat hamkasabalarga, balki oila a’zolariga ham 
xush kelmaydi;

So‘zlashayotganda elkani qisish ba’zida suhbatdoshiga bunday harakat 
qanchalik yomon ta’sir qilishini hatto tasavvur ham qila olmaydilar;

Izhorlaringizni qattiq kulgu bilan tugatmang. Bu nevroz holati aksil ta’sirga 
ega, mutoyiba yoki xanda haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Shunday kishilar 
borki, har bir gapdan so‘ng xiringlab qo‘yishni odat qilib olganlar.
O‘zingizni kuzatib, agar shunday holat sizda ham bo‘lsa, undan voz kechishga 
harakat qilgan ma’qul. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə