Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Biznesmenning hamkoriga dastlabki yomon taassurot qoldirishining 7 ta asosiy



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Biznesmenning hamkoriga dastlabki yomon taassurot qoldirishining 7 ta asosiy 
tomonlari mavjud. Bular: 

Tilning ehtiyotsizligi; 

So‘zlarida jargonlardan foydalanish; 

Qiqirlash; 

Aqlsizlarcha teginish; 

Qo‘lni yashirish; 

Saqich chaynash; 

Hadeb yo‘talish. 
Biznes etiket: taqdimot va jamoat oldiga chiqib so‘zlash
Jamoat oldiga chiqayotgan hamma notiqlar asosiy qoidani eslarida saqlashlari 
lozim: qisqa gapirishlari va asosiy ma’nosini ochib berishlari kerak.Birinchi o‘rinda 
asosiy ma’ruzachini jamoat oldiga chiqib so‘zlashidan asosiy maqsad nimaligini 
aniqlab olish kerak, chunki jamoat ma’ruzachini emas ma’ruzani tinglashga kelgan.
Agar hamkoringiz ma’ruzachi bo‘lsa uni tanishtirib, so‘ng o‘rningizga 
o’tirishingiz va so‘zlarini oxirigacha tinglashingiz lozim. Shundan so‘ng o‘rningizdan 
turib, uni qo‘lidan tutib, yaxshi ma’ruzasi va ketgan vaqti uchun tashakkur bildiring. 
Oxirgi paytlarda firmaning vujudga kelishi, nafaqat ichki, balki, tashqi savdoda 
ham uning tan olinishi – taqdimot namoyish marosimi orqali voqe bo‘lmoqda. Uning 
ijobiy tarzda o‘tkazilishi sheriklar bilan bo‘lgan keyingi muzokaralarda mavaffaqiyat 
keltiradi. Ochilish marosimi haqidagi xabar matbuotda yoritiladi; ochilish 
marosimining e’loni; yo‘riqnomada: tashkilotning mahsuloti va rusumlari bilan 
tanishuv, mutaxassislarning chiqishi, maxsus texnika vositasida filmlarni namoyish 
qilish; banket; sizning savdo-sotiq bo‘yicha ishonchli sheriklaringiz; boshlanish vaqti 
– 17.00 da; manzil: kirish – taklifnoma asosida; ma’lumot uchun telefon raqamlari:
Mana yana namoyish marosimi haqidagi e’lon: 
MUHTARAM JANOBLAR! 

firmasi sizni odatdagi firmaning yillik namoyishiga 
taklif qiladi. Bu yili Sizning diqqatingizga 

Firma 
taqdimoti

televideniye orqali namoyon qilinadi. Barcha 
do‘stlarimiz savdo bo‘yicha sheriklarimizga sovg‘a sifatida shou-dasturda ularning 
reklamalarini 
joylashtiramiz! 
Taqdimot

bo‘ladi. Taklifnomalarni 


80 
quyidagi telefon raqamlari orqali yuborsa bo‘ladi ............................................. Firma 
sizni 
quyidagi 
soha 
bo‘yicha 
hamkorlik 
qilishga 
taklif 
qiladi....................................................
Taqdimot yaxshi chiqishi mutaxassislarni jalb qilmoq darkor. Avvalambor 
taqdimotning joyi va vaqti belgilanadi. Undan so‘ng ssenariy ishlab chiqiladi. 
Taqdimotning vaqti odatda 1,5

2 soatdan oshmaydi. Uni tushlikdan so‘ng, soat 15 
larda o‘tkazgan yaxshi (17.00-19.00). Odatda taqdimotni tashkilotning tashqi savdo 
xizmatining boshqaruvchilaridan biri ochadi. Aynan u tashkilotning barcha 
rahbarlarini tanishtirib chiqadi. So‘ng esa film (10-15 daqiqa) ko‘rsatiladi va 
tashkilotning faoliyati haqida, uning eksport qilish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot 
beriladi (30 daqiqadan oshmasligi lozim). Qolgan vaqt esa savollarga javob berish 
uchun ajratiladi. Taqdimot o‘tayotgan joy turli xil reklama to‘ldirilgan plakatlar, 
stendlar bilan bezatiladi. Taqdimot qatnashchilariga firmadan esdalik sifatida 
suvenirlar taqdim etiladi. Reklama sovg‘alari sifatida odatda unchalik qimmat 
bo‘lmagan narsalar: yon daftarchalar, taqvimlar, avtoruchkalar, kuldonlar, 
zajigalkalar, ko‘krak nishonlari, futbolka, bosh kiyim va h.k. hadya qilinadi. Bu 
narsalarga firmaning nomi, ba’zida esa uning manzili va faoliyatining xususiyati 
yoziladi.
Taqdimotda tovarlarning namoyishi reklamaning eng ishonchlisi hisoblanadi. 
Ayniqsa, bu mashina, jihozlarning namoyishi xaridorni mahsulotning sifatli 
ekanligiga ishonch hosil qila oladi. Hamkorlik faoliyatiga potensial mijozlarni jalb 
qilmoq juda zarur. Bu masalan, moslamalarni sinab ko‘rishda, kiyimlarni kiyib 
ko‘rishda, materiallarning mustahkam ekanligini ekspertiza orqali sinab ko‘rishda 
qatnashish va h.k. bo‘lishi mumkin. Mijoz tovar bilan shahsan tanishib, qo‘l bilan 
ushlab ko‘rish imkoniga ega bo‘lsa, unda onglanmagan tarzda firmaga nisbatan 
ishonchi orta boradi. Po‘stinning yumshoqligini, matoni chidamli ekanligini yoki 
kompyuterdagi matn tahriri bilan ishlashning qulayligini his qilishi orqali paydo 
bo‘lgan taassurotni mustahkamlovchi hissiy belgilalar hamma joyda o‘zini namoyon 
qiladi.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə