Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


-yillarda biznes etiketi 3 ta asosiy yo‘nalishga ajralgan



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

80-yillarda biznes etiketi 3 ta asosiy yo‘nalishga ajralgan: 

Filantropiya etiketi - yaxshi o‘tadigan va biznesni xayrli xarakatlarni amalga 
oshirishga turtki beradigan yaxshi natijalarga erishishini ta’minlaydi. 

Adolatlilik etiketi- firma hamkorlari o‘rtasida ishonchlilik va tenglikni 
ta’minlaydi. 

Shahsiy avtanomiya etiketi- boshqa sub’yektlar- biznes bo‘yicha hamkorlar, 
klient va konkurentlar huquqlarini hisobga oladigan asosiy axloqiy qoidalarga 
yo‘naltirilgan 
Biznes – jiddiy hatti-harakatlar sferasi va u jiddiy va asoslangan bilimlarga 
Shuningdek, biznes-etiketga tayanadi. Biznes-etiket hamkorlarning suhbat chog‘ida 
yomon va noqulay vaziyatlardan asraydi. 
“U yoki bu insonning uning iqtisod bilan bog‘liq ishlarining 15 foizi uning 
professional bilimlariga, 85 foizi esa odamlar bilan muloqot qila olish qobiliyatiga 
bog‘liq”, – deb hisoblaydi Deyl Kornegi. 
Piter Koostenbaum “Biznes falsafasi” kitobida “Biznesning yuragi – etiket, 
hokimiyat va falsafa” deb yozgan edi. Va quyidagilar firmaning uzoq muddatli 
yutuqlarga erishishiga turtki bo‘ladi deb hisoblaydi. 

Foyda 

Odamlar (moral) 

Tovar va xizmatlar 

Prestij 
Biznes olamida o‘zini tutishning 5 ta asosiy prinsiplari mavjud: 
 

Pozitivlik – hamkorlar bilan muloqotda ko‘rinadi. Siz yaxshi taasurot 
qoldirishga harakat qilasiz. Pozitiv qiyofani shakllantirish hamma narsani o‘z ichiga 
oladi: qo‘l ushlashish, intonatsiya, kiyim, parfimer tanlash va b.q. Masalan; agar siz 
suhbat chog‘ida qo‘lingizni cho’ntakka solib gaplashsangiz, suhbatdoshingizda sizga 
nisbatan nosamimiylikni his qiladi.

Idrokli egoizm – sizni tashkilotchi, biznesmen sifatida qabul qilinishingizda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Hamkorni fikrini xurmat qilish kerak, lekin bu hamma 
gapiga to‘liq tasdiqlashni anglatmaydi.Fransuzlar inson o‘zining shahsiy qiziqishlari 
va fikriga kurashish huquqiga ega va bu borada idrokli egoizmni unutmaslik kerak 
deb hisoblashgan. 

Oldindan ko‘ra bilish (bashorat qila olish) – ishdagi munosabatlarda 
allaqachon noqulay vaziyatdan chiqib kyetish uchun alohida hatti-harakat modeli 
ishlab chiqarilganligini bildiradi. Masalan: oldindan bilasizki, notanish hamkor bilan 


78 
uchrashish quyidagi sxema bilan amalga oshiriladi: salomlashish, tanishish, vizitka 
almashish. Lekin hamma ham bir xil bu etiketni amalga oshirmaydi. 

Mavqeidagi farq – biznesda hamma har xil darajaga ega ekanligini bildiradi
bu o‘z navbatida alohida munosabat bildirish kerakligini anglatadi. Ya’nikim, boshliq 
va xodim o‘rtasidagidek. U ayol yoinki erkak bo‘lishidan qat’iy nazar boshliq bilan 
xodim uchrashganda odatdagidek, xodim birinchi raxbarga salom beradi. 
Shuningdek, xodim liftni eshigini oldida boshlig‘ini va uning odamlarini oldinga 
o‘tkazdirib yuborishi kerak. 

O‘rinli harakat – hatti-harakat manerasi va hattoki aniq bir vaziyatdagi 
kiyinishini muvofiqligini anglatadi. Bu haqda quyidagi slaydlarda batafsil ma’lumot 
beriladi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə