Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Jamoatjoylarida o‘zini tutish me’yorlari



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Jamoatjoylarida o‘zini tutish me’yorlari. 
Jamoat joylarida o‘zini tuta bilish 
etiketi har bir kishi uchun ham, jamoat uchun ham muhimdir. Inson jamiyat oldidagi 
axloqiy burchini bir lahza ham unutmasligi va shunga munosib hatti-harakatlarda 
bo‘lishga intilishi kerak. Har bir inson jamoat joylarida bo‘lganida avvolo o‘zini 
inson ekanligini, atrofida o‘ziga o‘xshaganlar borligini unutmasligi zarur. 
“Assolomu 
aleykum”, “Kechirasiz”, “Uzr”, “Mumkinmi?”, “Aytib yuborolmaysizmi?”, 
“Xolajon”, “Amakijon”, “Opoqijon”, “Otaxon”, “Onajon”, “Akajon”, “Singlim”, 
“Do‘stim”, “Og‘ayni”, “Birodar” 
kabi so‘zlarni ishlatishga o‘rganish kerak. 
Hayotimizni ko‘p qismini bizga notanish bo‘lgan odamlar bilan birga o‘tkazamiz: 
ko‘cha-kuy, transport, turli xil jamoat joylarida o‘tkazamiz. Nafaqat o‘zimizning 
kayfiyatimiz, balki atrofimizdagi odamlarning kayfiyati ham jamoatda o‘zimizni 
qanday tutishimizga bog‘liqdir. 
Shungako‘rajamoat joylarida o‘zini tutishning 
me’yorlari mavjud.
Uydan ko‘chaga chiqayotganda kerakli bo‘lgan narsalarni: hujjatlar
dastro‘molcha, pul solingan karmon, taroq va boshqa zarur bo‘lgan mayda-chuyda 
narsalarni o‘zingiz bilan olganingizga ishonch hosil qilib olish lozim. Kiyim bosh, 
oyoq kiyim, soch turmagi, xullas, boshdan-oyoq o‘zingizga razm solib, so‘ng 
tashqariga chiqqan ma’qul.
Hech qachon muzqaymoq bilan jamoat transportlarida: avtobus, trolleybus yoki 
metroga kirib bo‘lmaydi. Musiqani baland qilib quloqqa taqib eshitib ketayapman 
deb o‘ylash ham befarosatlik yoinki atayinlab qilingan hurmatsizlikka kiradi. Undan 
ko‘ra baland hammaga eshittirib qo‘ygan ma’qul, chunki quloqqa biriktirilgan 
moslamadan chiqayotgan tovush asabni «arralaydi». Juda zarurat tug‘ilsa bunday 
moslamaning «vakuumligi» yoki sifatlirog‘ini xarid qilish lozim. Jamoat transportida 
haddan ziyod o‘zini nozikta’bligi bilan yo‘lovchilarning asabiga tegadigan kishilar 
«bo‘lmasa, taksida yuring!» degan xitobga uchrab qolishlari mumkin. 
Ko‘chada kimga uchrashuv tayinlagan bo‘lishingizdan va yoshidan qat’i nazar 
(xoh u ayol yoki erkak kishi bo‘lsin) kechikmaslik lozim. Aks holda sizni kutayotgan 
odam ko‘chada qolgandan o‘tib ketayotgan odamlardan o‘zini noqulay his qilishi 
mumkin. Shuning uchun ham, uchrashuv joyi odmi, yo‘lovchilarga xalaqit 
qilmaydigan va diqqat jalb etmaydigan bo‘lishi lozim.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə