Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Tayanch tushunchalar: 
 
Kiyinish madaniyati, garmoniya, gardirob, aksessuar, did, rusm, bo‘yinbog‘, 
ro‘molcha, ayollar, erkaklar, oyoq kiyim, qaddi–qomat, to‘g‘ri yurish, to‘g‘ri 
o‘tirish, uzr so‘rash, texnik aloqa vositalari, o‘zini tutish, noqulay holatlar, 
xushomadlar. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
 
1.
Kiyinish madaniyati haqida nimalarni bilasiz? 
2.
Erkaklar garderobi qanday bo‘lishi kerak?
3.
Ayollar garderobida nimalarga e’tibor berish kerak? 
4.
Garmoniya haqida nimalarni bilasiz? 
5.
Qayerga qanday kiyinish lozim? 
6.
Oyoq kiyimini qaerga qanday tanlash kerak? 
7.
Chiroyli qomat va qadam tashlash etiketi haqida nimalarni bilasiz? 
8.
Uzr so‘rashning qanday usullarini bilasiz? 
9.
Telefon orqali qanday gaplashish lozim? 
10.
Jamoat joylarida o‘zini qanday tutish lozim? 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - T., Ma’naviyat, 2008. 
2.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami - T., G‘.G‘ulom nomidagi 
Adabiyot va san’at nashriyoti, 2011.
3.
A.Sher. Axloqshunoslik. Darslik. T., O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 
2010. 
4.
Гулыга А. Кант. Молод г-я. – М., 1981. 
5.
Максимов А. Искусство общения или ремесло общения. - М., 2006. 
6.
Максимов С.В. Русский человек в гостях// Задушевное слово. 1866, Т.12. 
7.
Правила этикета. www. еtiksite. org. 3 КБ. 
8.
Этикет от А до Я. www. еtiksite. ru. 11. КБ. 
9.
Husanov B., G‘ulomov V. Muomala madaniyati. - T., Iqtisod-moliya, 2009. 
 


76 
6-MAVZU. BIZNESMEN ETIKETI 
 
Biznes iqtisodiy axloqiy asosga tayanadi. Kommersiyadagi tadbirbiznesida 
etiket nihoyatda muhim ahamiyatga ega, modomiki, u kompaniyalar o‘rtasidagi 
hamkorlikning davomiyligini va tuzilgan bitimning omadliligini belgilab beradi.
Hamkorlikning umumqabul qilingan qoidalarni buzish mumkin emas. Ishdagi 
qaltislik qonunni hatlab o‘tishdagi qaltislik bilan hech qanday aloqasi yo‘q. 
Muvaffaqiyatli tadbirkorlikning asosiy muruvvati – tajriba natijalaridir: olingan 
daromadlar, kasbiy qoniqish, jamiyatda, sheriklar oldida ijobiy nufuzga ega bo‘lish, 
firma yoki tashkilotning mustahkamlash uchun pul jamg‘armasini yaratish. 
Tadbirkorlardagi axloqiy-ruhiy tayyorgarlikka ega emaslik, tezda pul topish 
ilinjida 
savodsiz 
intilishlar, 
pullarga 
noto‘g‘ri 
munosabat, 
firmaning 
raqobatbardoshligini oshirish va mustahkamlash uchun firmaning daromadidan 
foydalanishning muhimligini anglamaslikda namoyon bo‘lishi mumkin. Bular 
marketing ma’lumoti hajmining juda kamligi; firmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning, 
sheriklarni topishdagi informatsion mexanizmlarning yo‘qligi; muvaffaqiyatsiz 
reklama; iste’molchi va xaridor talablari borasidagi ma’lumotlar to‘plamiga ega 
bo‘lmaslik; rivojlanmagan ish munosabatlarining texnologiyasi; ish bayonnomasi, 
savdo muomalasi odobiga rioya qilmaslik; sheriklarning milliy va hududiy 
ruhiyatining xususiyati borasida mo‘rt nishonga ega bo‘lish; atamalar va til 
masalasida qiyinchiliklar; chet tillarini bilmaslik; biznes, menejment, marketing, 
kommersiya, bank ishlari doirasida aniq tushunchalar asosiga ega bo‘lmaslik; 
hujjatlarni rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklar; mutaxassislar va tadbirkorlar 
qo‘llaydigan ilmiy - texnik atamalarning eskirganligidir.
Hayot fazosi bo‘lmish bozor taraqqiyotini o‘zlashtirar ekanlar, tadbirkorlar bir 
narsani bilishlari lozim: bozor tuzilmasiga kirishga intiq bo‘lgan tadbirkorlardan faqat 
10-15 foizigina muvaffaqiyatga erishadilar. Muvafaqqiyatga faqat o‘zining ijodiy 
jihatdan iste’dodini ifodalash hissi kuchli bo‘lgan, doimo odamlarni, ularning 
ehtiyojlari va qiziqishlarini o‘rganadigan, odamlarning ishonchini qozonishga 
intiladigan, vijdonli va axloqli, tinimsiz ma’naviy hamda kasbiy komillikni o‘zida 
namuna sifatida ko‘rsatadigan, va oxir-oqibat, boshqaruv mahoratining yuqori 
ko‘rsatkichi bo‘lmish – odamlardagi intellektual faoliyatni ocha biladigan 
odamlargina erishadilar. Bu haqiqiy tadbirkorning xususiyatlaridir. 
Oxirgi yillarda ko‘pgina tashkilot va muassasalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi 
bozorga chiqish huquqiga ega bo‘ldilar, savdo, iqtisodiy va ishlab chiqarishda turli 
mamlakatlarning firma va tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilishga yangi 
imkoniyatlar ochildi, shu bilan birga ilmiy izlanishlar doirasida, tadqiqotlar va 
texnologiya almashinuvi, professional kadrlarni tayyorlashda keng aloqalar yaratildi. 
Mamlakatlarning ba’zi miliy va ruhiy xususiyatlarini bilish tadbirkorlarga har bir 


77 
yerda uning qonunlariga mos tarzda o‘zini tutishiga yordam beradi va eng asosiysi – 
nazarda tutilgan tashkilotda muvaffaqiyat qozonadi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə