Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Biznesmen odamning kiyinish talablari



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Biznesmen odamning kiyinish talablari
 

Bugungi kunda keng tarqalgan va tan olingan kiyimlardan biri bu kostyum. 
Kostyum ishbilarmon odamning tashrif qog‘ozi hisoblanadi. Chunki har doim inson 
qanday kiyinganligiga baho beriladi.Biz tanishgan insonning birinchi kurinishi 
xotiramizda ancha vaqtgacha qoladi. Shuning uchun tashqi ko‘rinishga e’tibor 
bermaslik – kechirib bo‘lmas xato hisoblanadi.

Masalan, kiyimdagi ozodalik va batartiblik ishning tashkil etilganligiga 
bog‘liq. Tartibsizlik – besaramjonlikning sinonimidir.


81 
Kostyum kiyish qoidalari: 

1-qoida: Bir vaqtning o‘zida kostyum bilan birgalikda sport oyoq kiyimlarni 
kiymaslik. Masalan: kostyum shim bilan birga oyoqda krasofka yoki barsofkalarni 
kiymaslik lozim. 

2-qoida: Kostyum kiygan holda sport sumkalarini ko‘tarmaslik.Kerakli 
qog‘ozlar va boshqa buyumlarni diplomatda, portfelda yohud papkada ko’tarish
kerak. 

3-qoida: Agar kostyum kiyilsa, unda galstukni ham unutmaslik. Chunki 
galstuk kastyum kiyganda juda kerak. Ishbilarmon insonlar kostyumni galstuksiz 
kiymaydilar. 

4-qoida: rasmiy uchrashuvlarda kastyum tugmalari o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. 
Teatr kreslasida o‘tirgan vaqtda yoki ovqatlanish vaqti mobaynida kostyum 
tugmalarini butunlay ochib qo‘yish mumkin. Stoldan turish vaqtida kostyumni 
tugmalarini pastdan yuqoriga qarab o‘tkazishni unutmaslik lozim. 

5-qoida: moda ketidan quvmaslik: zamonaviy, xunuk kiyimdan ko‘ra, chiroyli 
va mos kiyimni kiyish kerak.
 
Ishbilarmon ayol qanday kiyinishi lozim? 

Ishbilarmon ayolning kundalik kiyimi – bu ko‘ylak va kostyum. 

Ishbilarmon ayolning kiyimi muloqot jarayonida suhbatdoshining e’tiborini 
o‘ziga jalb qilmasligi lozim. Shu sababli yubka kiygan vaqt ochiq rangli 
kalgotkalar kiyish tavsiya qilinmaydi. 

Agar ishbilarmon ayol biror bir yig‘ilishga yubka yoki kuylakni kiyishni o‘ziga 
joiz deb bilgan bo‘lsa, unda tanasi rangidagi kalgotkalarni kiyishi kerak. Yoki 
ko‘ylagi bilan bir xil rangdagi kalgotkalarni tanlashi lozim. 

Yana bir oltin qoidalaridan biri bu – atirni sepishdir. Atirni juda oz miqdorda 
sepish joiz. “Biznes etiket” kitobining muallifi Meri Enn Sabat shunday yozadi: 
“Agar kechqurun uchrashuv vaqtida o‘zingizni atiringizni hidini his qilsangiz
bilingki qolganlar sizning atiringizni hididan bo‘g‘ilib bo‘ldi”.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə