Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Stol atrofidagi biznes etiket 

Stol atrofidagi biznes aloqalarni gaplashish dastlab taklif qilishdan 
boshlanadi. Dastlab, tushlik qayerda va qay tarzda o‘tishini tushunib yetishingiz 
lozim. Bilamizki, Tushlikka taklif qilinganda yozma tarzda vaqti va joyi ko‘rsatilgan 
dress-kod beriladi. Va bunga yozma tarzda javob yo‘llash kerak, “Rahmat, aytgan 
joyingizda bo‘laman”. Agar siz kliyentni yoki hamkasbingizni tushlikka taklif qilgan 
bo‘lsangiz, restoranda bo‘lsa ham o‘zingizni mehmonni xuddikim uyda qabul 


82 
qilayotgandek tutishingiz lozim. Chunki chaqirgan mehmoningiz o‘zini komfort, 
yanikim qulay his qilishi kerak.

Stol atrofida biznes aloqalar 
haqida 
gaplashmoqchi bo‘lsangiz 
suhbatdoshingizni izzat nafsoniyatiga tegmaslikka harakat qiling. 

Tushlik vaqtida 2 holatda ovqatni buyurtma berishingiz mumkin. Birinchidan, 
buyurtirilgan ovqatlarni istemol qilish, yoki menyuga qarab har bir inson 
buyurtmasiga qarab. 

Agar tushlik vaqtida buyurtirilgan ovqat sog‘lig‘ingizga to‘g‘ri kelmasa yoki 
yoqmasa, hammaga eshittirib “Meni yazvam bor, men buni yemayman!” deb aytish 
kerak emas. Astagina ofitsantni chaqirib astagina aytish joiz. Butun stol atrofidagi 
odamlarga achchiq qilib, yoki dasturxon oldida kasalligingizni fosh qilish odobsizlik 
sanaladi. 

Agar tashrif byuradigan mehmon chet eldan kelishi kerak bo‘lsa, taklif 
qiluvchi tushlik joyini Shunga qarab belgilashi kerak. 

Tashrif buyuruvchi nimaga taklif qilinganini so‘ramasdan oldin taklif qiluvchi 
taklifini boisi nimaligini gapirmasligi lozim. 
 
Qabul 
 
Kimdir yoki nimadir uchun nishonlanadigan yig‘ilish qabul deb ataladi. Qabul – 
odamlar, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi muloqot shaklidir. Uning sabablari 
va sababchilarining darajasiga qarab 
qabul rasmiy
va 
norasmiy qabul
larga ajratiladi. 
Chet el vakillari uchun yoki ularning ishtirokida tashkil qilinadigan qabullar 
odatda 
diplomatik qabul
deb atashadi. Bu qabullarning turli usullari mavjud. 
«Shampan bokali»
– qabuli milliy bayram yuzasidan, delegatsiya sharafiga
elchining kyetishi va h.k da uyushtiriladi. Qabulda mehmonlarga shampan vinosi, 
qovurilgan yong‘oqlar, shokolad, ba’zida esa mayda pishiriqlar tarqatiladi. 
«Vino bokali»
qabulida mehmonlarga vino, turli kanape, tartaletkalar, mevalar 
tortiladi. 
«Jurfiks» 
fransuzchadan olingan aniq vaqt deb tarjima qilinadigan qabulda 
ma’lum bir paytda va kunda qish yoki kuz fasli davomida o‘tkaziladi. 
«Jurfiks»
tipiga 
qarab odatda simpozium, konferensiyalar o‘rtasidagi tanaffusda xizmat ko‘rsatiladi. 
Mehmonlarga gazaklar, sharbat, suv va issiq ichimliklar tarqatiladi. 
«Barbekyu»
nomli qabulda esa yoz paytlarida, ochiq havoda (odatda yakshanba 
kunlari) o‘tkaziladi. Mehmonlarga aylanma sixda qovurilgan go‘sht, vino va salqin 
ichimliklar tortiladi. Bu qabul odatda 12-13 soatlarda o‘tkaziladi.
Ko‘p hollarda diplomatik qabullar nonushta, tushlik yoki choyga, ba’zida esa 
kechki ovqatga ham taklif qilish orqali amalga oshiriladi. Nonushta uchun 12 dan 13 
gacha, undan 45-60 daqiqasini mehmonlar stol atrofida o‘tkazadilar. Tushlik 19 dan 


83 
21 gacha davom etib, mehmonlar bir soatcha stol atrofida o‘tiradilar. Choyga 15-16 
larga taklifqilinadi, ular ham bir soatcha stol atrofida o‘tiradilar. Kechki ovqat odatda 
21 dan keyin uyushtiriladi. 
Bu qabullarning har biri ikki qismdan iboratdir. Birinchisi – uchrashuv, 
ko‘rishuv hamda mehmonlarning yig‘ilishi, shahsiy va umumiy suhbatlar, kelganlarni 
banket stolidagi o‘z joylari bilan oldindan tanishtirish, aperitiv. Ikkinchisi – banket 
(ko‘p hollarda to‘liq xizmat bilan). 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə