Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Qadr-qimmat
- tushunchasi inson o‘z qadrini, bu dunyoda uning hayoti oliy 
qadriyat ekanligi, o‘z shahsi oldida o‘zi ma’sul ekanligini anglash uchun xizmat 
qiladigan hissiyot. U nomus, g‘urur tushunchalari bilan bog‘liq, bir tomondan 
insonning o‘z qadrini har qanday holatda ham yerga urmasligini taqozo etadi. Qadr–
qimmat insonning jamiyatda, insonlar orasida tutgan o‘rni, topgan obro‘si, hurmati va 
nufuziga aytiladi. Qadr–qimmat o‘z–o‘zini anglash va nazorat qilishni ifodalaydi. 
Qadr–qimmat o‘z qadrini anglash shakli bo‘lib, insonni kamsitadigan, xo‘rlaydigan 
va shu bilan uning boshqa kishilar ko‘z o‘ngida qimmatini yo‘qotishiga sabab 
bo‘ladigan qiliqlarga yo‘l qo‘ymaydigan to‘siq hisoblanadi. Inson qadr–qimmatining 
mezoni unda mavjud bo‘lgan eng adolatli va insonparvar axloq nuqtai nazaridan 
insoniylik darajasidir.
Nomus
- mohiyatan shahsning o‘z qadr - qimmatini anglab yetishi, shu qadr - 
qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo‘ladigan 
munosabatidir. Biroq, bu - nomus qadr-qimmat tushunchasi bilan bir xil ma’noga 
ega, degani emas. Chunki qadr-qimmat shahsdan o‘zining boshqa odamlarga nisbatan 
kamsitilmasligini, atrofdagilardan barcha insonning teng huquqliligi tamoyilini o‘ziga 
nisbatan qo‘llashlarini talab qiladi. Nomus esa o‘z qadr-qimmatini bilishdan tashqari, 
har bir Shahsning jamiyatda alohida, o‘ziga xos tarzda egallagan mavqei va shu 
mavqeni dog‘ tushirmay saqlash-saqlamasligi bilan bog‘liq. Bu mavqe esa, 
Shubhasiz, o‘sha shahsning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, kasbi, yoshi va unga nisbatan 
beriladigan axloqiy daraja bilan muayyanlashadi
.
8
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. –Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 27 b. 


28 
Xushmuomalalik - 
So‘z kundalik hayotda fikr almashuv quroli hisoblanadi. 
Odatda o‘zimiz aytayotgan yoki eshitayotgan so‘zlarning butun mohiyati haqida ko‘p 
o‘ylab o‘tirmaymiz. Bunga hojat ham yo‘q. Bizni gap zamiridagi natija qiziqtiradi, 
xolos. Darhaqiqat, so‘z ham jonli narsa. Uning qudrati insonda hayajon qo‘zg‘ab, 
yuragida ezgu xislar tug‘dirishida. Xalq bunday so‘zlarni ardoqlab kutib oladi: u endi 
ma’naviy boylikka aylanadi. Oilada yoki jamiyatda sodir bo‘ladigan katta–kichik 
janjallarni diqqat bilan kuzatilsa, barchasining sababi, ko‘pincha, qo‘pol so‘z yoki 
yomon muomalaga borib taqalishi muqarrar. Bir kishi o‘ylamasdan gapirib qo‘ysa, 
boshqasiga shu gap yoqmaydi va natijada bekordan bekorga janjal kelib chiqadi. 
Shirinso‘z ko‘pgina muvaffaqiyatlarning omilidir, aytish joiz bo‘lsa, u taraqqiy etgan 
jamiyat tashkil yetishning asoslaridandir. Shuning uchun ham bu narsaga barcha 
tarbiyachilar va islohchilar katta ahamiyat beradilar. Ular doimo boshqalarga yaxshi 
so‘zlarni aytish, muloyim gaplarni tanlashga undaydilar. Yaxshi, muloyim gapni 
ishlatish insonning obro‘sini orttiradi, do‘stlarini ko‘paytiradi, hammaning hurmatiga 
sazovor qiladi.
Insonning muomalasiga qarab, axloqiga ham baho beriladi. So‘z orqali 
insonlarning tafakkuri, fikri anglashiladi, muomala madaniyati orqali u kishining 
odobi, kelib chiqishi, naslu–nasabi, ota–onasi va ustozining bergan ta’lim tarbiyasi 
namoyon bo‘ladi.Til - inson tafakkurining mahsuli.U inson madaniyati, fikriy 
go‘zalligini, yaxshi, ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarni yuzaga chiqaruvchi 
vositadir. Uning insonga ta’siri ham shunga yarasha. Har bir so‘zni o‘z vaqtida 
so‘zlash, so‘zlashdan oldin puxta o‘ylab ko‘rish kerak. 
Demak,shirin so‘zli bo‘lish tarbiyalanganlik belgisidir. Kuch bilan erisha 
olmagan narsaga so‘z bilan erishish mumkin. 
Muomalada asosiy vosita til hisoblanadi. Shuning uchun ham til aloqa quroli 
deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi madaniyatli bo‘lsa, qisqa vaqt ichida xalq 
orasida obro‘-e’tibor topadi. Aksincha, sergaplik hech qachon kishiga obro‘ 
keltirmaydi. Ayniqsa, mahmadonalik yosh bolaga xos xususiyat bo‘lib, kattalar 
uchun bu qusur insonni doimo obro‘sizlantirgan. Shuning uchun ham o‘tmishda 
yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz tilga, so‘zga hurmat bilan yondashishni 
ta’kidlaganlar. Demak, xushmuomalalik - ko‘ngildagi ardoqli fikrlarni, eng noyob his 
– tuyg‘ularni, eng ezgu niyatlarni insonlar bilan baham ko‘rish, osoyishtalik, 
vazminlik, xotirjamlik bilan ish tutish demakdir. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə