Ortiqova sadoqat sobirjon qizining


Sinf tozaligini nazorat qilish, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish



Yüklə 156,27 Kb.
səhifə2/4
tarix19.04.2023
ölçüsü156,27 Kb.
#106200
1   2   3   4
2 5328241843647817576

Sinf tozaligini nazorat qilish, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa



I. tashkiliy qism: a) salomlashish
b) davomotni aniqlash
c) ma’naviyat daqiqasini o’tkazish
“Yurtim bo’ylab sayohat.” mavzusida suhbat o’tkazish.
d) ingliz tili daqiqasi: Ee [i:], Ff [ef], Gg [dzi:]
DARS SHIORI
QUNT BILAN O‘RGAN HUNAR,
HUNARDAN RIZQING UNAR.
O`quvchilar: «Salom» assalom so'zi,
So'zlar ichra durdona.
Mehrning ifodasi,
hamda hurmat yagona.
Eng avvalo ustozlar,
Assalomu alaykum.


O`qituvchi: Vaalaykum assalom aziz o'quvchilar.
Salom berish - bu, a'lo alomat.
Salom berganlar, bo'ling salomat.
Aziz o'g'il qizlarim
Bugun hamma sog`lommi?
Darsga hamma tayyormi?
O`quvchilar: Ustoz bizlar sog`lommiz,
Darsga to`liq tayyormiz.
O`qituvchi: Qani bolajonlarim,
Mehri qaynoq buloqlorim.
Hozir nima darsimiz,
O`uvchilar: Hozir «O'qish» darsimiz,
Chin inson farzandimiz.
Olib biz sabog'ingiz,
A'lo o'qish shiorimiz.


O`qituvchi: Aziz bolajonlarim
Kimdir bugun navbatchi,
Yo'qlamani beringchi.
Navbatchi o'quvchi: Men navbatchi sinfda,
Sinfimiz doim yuzda.
Chang g'uborlar artilgan,
Suvlar ham qaynatilgan.
Biz yengil formadamiz,
Odobda oldindamiz.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman. O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.
253- mashq. 4-sinf „O‘qish kitobi“dagi To‘lqin Hayitning „Qodir boboning orzusi“ asaridan son ishtirok etgan gaplarni ko‘chiring. Gapdagi vazifasini belgilang.
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.

Yüklə 156,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə