Orxona va uning personali



Yüklə 137,46 Kb.
səhifə5/12
tarix19.06.2023
ölçüsü137,46 Kb.
#118002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-mavzu PB

Kompaniya (fransuzcha compagnie " so‘zidan) — iqtisodiy faoliyat (ishlab chiqarish, savdo, vositachilik, moliya, sug‘urta va boshqalar) olib borish uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasidir. Kompaniya deyilganda birlashmalar, shirkatlar, xo‘jalik jamiyatlari, firmalar, korporatsiyalar, ya’ni turli tashkiliy-huquqiy shakllarga ega bo‘lgan korxonalar tushu-niladi.
Quyida 3.5-rasmda „O‘zqurilish materiallari" aksionerlik kompaniyasining boshqaruv tashkiliy tuzilmasi ko‘rsatilgan:
Konsern („sopserp" — „ishtirok", „manfaat" so‘zidan) manfaatlar, shartnomalar, kapital, hamkorliqdagi faoliyatda ishti-rok umumiyligi asosida birlashgan korxonalarning yirik birlash-masidir. Aksariyat hollarda, korxonalarning bunday guruhlari shu korxonalar aksiyalarining asosiy qismini o‘z qo‘lida to‘plagan bosh korxona (xolding) atrofida birlashadi. Konsern tarkibiga turli (sanoat, transport, savdo, bank sohasi) tarmokdarga tegishli, ayrim hollarda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida joylashgan o‘nlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradilar. Amalda konsern tarkibidagi korxonalar ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish taraqqiyoti, shuningdek, investitsiya, moliya, tashqi iqtisodiy faoliyat, korxonalarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish sohasidagi vazifalarni moliyalashtirish asosida faoliyat ko‘rsatadi. Tarmoq, tarmoqlararo konsernlar ham bo‘ladi.'Bir korxona faqat bir konsernga kira oladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida O‘zbekistonda moddiy va ishlab chiqarish tarmoq vazirliklari o‘rnida yirik konsernlar („O‘zkimyosanoat", „O‘zdavmashkonsern” va boshqalar) tashkil qilindi.
Укук5есч Korporatsiya (lotincha „compagnie" — „birlashma”, „hamjamiyat” so‘zidan) biron-bir faoliyat uchun uyushgan aksiyadorlar jamiyati. Hozir bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xo‘jalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega. Korporatsiyalar asosan bir xil mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Investitsiya kapitalini markazlashuviga yordam beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlaydi.
Korporatsiyalar mulk egaligi ma’nosiga ko‘ra davlat, xususiy, qo‘shma (aralash); tarmoqlar bo‘yicha esa sanoat, qishloq xo‘jaligi, aloqa va boshqalarga bo‘linadi.



Firma (italьyancha „firma„imzo” so‘zidan) korxona, kom-paniya va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakli, huquqiy holat va boshqalarga ko‘ra xilma-xil firmalar mavjud. Firmalarda band bo‘lgandar soni 2 — 3 kishidan 20 — 30 mingtagacha bo‘lishi mumkin.
Firmalarning quyidagi turlari farqlanadi:

Yüklə 137,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə