Orxona va uning personali



Yüklə 137,46 Kb.
səhifə8/12
tarix19.06.2023
ölçüsü137,46 Kb.
#118002
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-mavzu PB

O‘rta bo‘g‘in rahbarlari (Middle management) korxona mustaqil boshqarma va bo‘limlari rahbarlari hisoblanadi.
Quyi bo‘g‘in rahbarlari (Loves management) — guruhlar, brigada rahbarlari, ustalardan iboratdir.
Korxona personali (jismoniy shaxslar) — o‘z navbatida, ishchilar, muhandis-texnik xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga bo‘linadi.
Ishchilar malakali, yarim malakali, malakasiz ishchilarga bo‘linadi.
Korxona personali texnologik jarayondagi ishtirokiga muvofiq:

  • asosiy (ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan) ishchilar;

  • yordamchi (bevosita ishlab chiqarishda band bo‘lmagan) ishchi-chargabo‘linadi.






Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaktincha, mavsumiy xodimlarga ajratiladi.
2.6- rasm. Personalning boshqaruv ob’ekti sifatidagi tavsifi.


Personal tarkibida xodimlarning ijtimoiy turlari mavjuddir.

  1. Ijtimoiy etuk bo‘lmagan xodim („X)

  2. Nisbatan ijtimoiy etuk xodim („Y).

  3. Ijtimoiy etuk xodim (u „Personalni boshqarish" fanida „Z” harfi bilan belgilanadi).

X guruhiga mansub xodimlar mehnat qilishga qodir bo‘lmagan va mehnat qilishni xohlamaydigan shaxslar hisoblanadi. Odatda. ular malakasiz xodimlardan iboratdir. Ammo „X” guruhida bilim salohiyati yuqori, biroqmehnax faoliyatiga „ko‘ngilochar mashg‘ulot” sifatida qarab, korxonada asosan kompьyuter o‘ynash, hamkasblar bilan suhbatlashish, turli kitoblarni mutolaa qilish bilan o‘zlarini mashg‘ul qilishga intiluvchan shaxslar ham uchraydi. Bu guruhning ish samaradorligi g‘oyat past bo‘ladi.
„X” guruhi mehnat faoliyatini boshqaruvni o‘z qo‘liga oladigan avtoritar rahbar tashkil etishi mumkin. Bunday rahbar boshqa-ruvning ma’muriy usuliga tayanganholda, mehnat faoliyatini qatьiy rejalashtirish, muntazam nazorat o‘rnatish, ishlab chiqarish qoidalariga va mehnat intizomiga rioya etmaganlarga jazo choralarini qo‘llash hisobiga ko‘zlangan natijaga erisha olishi mumkin.
Yguruhi qisman mulkdorlar va qisman mehnat qilishga ishtiyoqi mavjudlardan tashkil topadi. Bunday guruhlarda etarli bilimlarga ega bo‘lmagan, belgilangan topshiriqlarni bajarishga ko‘nikmasi yo‘q xodimlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Mazkur guruxlarda, odatda, ta’minotda uzilishlar uchrab turadi, mehnatga haq to‘lash esa bir tekischilik asosida amalga oshiriladi.
Bu guruhda rahbarlik qiluvchilardan, eng avvalo, xodimlarga ishlab chiqarish vazifalarini aniq belgilab berishlari, jamoa orasidagi haqiqiy etakchilarni aniqlab, ularni brigada boshliqlari, loyiha rahbarlari, usta lavozimlariga ko‘tarilishlari talab etiladi. Bunday guruhlarga rahbarlik, odatda, demokratik asosda olib boriladi.
Z guruhi — mehnat qilishga to‘la qodir va astoydil intiluvchan xodimlardan tarkib topadi. Ular, odatda, yuqori malakaga ega, ishga qiziqishlari kuchli bo‘ladi. Bunday guruhlarda rahbarlar o‘z vakolatlarining bir qismini jamoaga berishlari, xodimlarni
ishlab chiqarishga oid qarorlar qabul qilishga keng jalb etishga intilishlari zarur.
Korxona personali murakkab, o‘zaro bog‘liq tuzilmaga ega (3.7- rasm).
Tashkiliy tuzilma — boshqaruv bo‘g‘inlarining o‘zaro bog‘liq, o‘zaro bo‘ysunuvchi tarkibidir.

Yüklə 137,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə