Orxona va uning personali



Yüklə 137,46 Kb.
səhifə10/12
tarix19.06.2023
ölçüsü137,46 Kb.
#118002
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-mavzu PB

Texnologiya — xom ashyoni mo‘ljallangan mahsulot yoki xizmatga aylantirish vositasi. mehnatni pirovard natijaga aylantiradigan mexanizmdir.
Moliya — korxona o‘z faoliyatini boshqarish uchun ega bo‘lgan yoki jalb eta olaligan pul va boshqa mablag‘lardir.
Boshqaruv — faoliyatturlari belgilangan maqsad, bu maqsadni bajarish bosqichlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish jaraenidir.



Bu ichki muhit bilan birga korxona ishlab chiqarish faoliyatila ro‘y bsradigan tashqi omillar yoki shartlarni ham hisobga olish lozim (3.8- rasm).



















3. Mehnat bozori va aholining ish bilan bandligi.


Menejmentda „mehnat" va „ish" tushunchalarining o‘z ta’riflari mavjuddir. Mehnat — iqtisodiy maqsadga muvofiq faoliyatdir. Ish – shartnoma asosida, ya’ni mehnatga haq to‘lash va boshqalarga bo‘ysunish asosida bajariladigan mehnat faoliyati turidir.
Mehnatni tashkil etishga juda ko‘p omillar: texnologiyalar, milliy, tarmoq va korporativ madaniyat, tovar va mehnat bozorlari, davlat va kasaba uyushmalar tomonidan muvofiqlashtirish va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi.
Insonlar tovarlar va xizmatlar yaratish hamda ularni sotish uchun o‘z bilim va tajribalarini birlashtiradilar. SHu nuqtai nazardan, mehnatni tashkil etish insonlarning bu maqsadga erishish uchun o‘zlariga yuklatilgan shaxsiy topshiriqlarni qay tarzda bajara olishlarini belgilab beradi. Odatda, bu holda korxona jamoasi o‘rtasidagi mehnat munosabatlari tizimini shakllantiradigan, taqsimotini muvofiqlashtiradigan va aniq belgilab qo‘yilgan ish qoidalarini rasmiylashtiradigan tuzilma tarkib topadi. Bunday muvofiqlashtirish natijasida bir toifa xodimlar boshqalarga bo‘ysunadigan va ular tomonidan nazorat qilinadigan bo‘ladilar.
Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko‘rsatadigan quyidagi omillar mavjud:

  1. Mehnat ta’siri (bozorda tovar va ishchi kuchiga talab, geogra-fik, demografik va madaniy omillar).

  2. Texnologiya ta’siri (XX asrning birinchi yarmida industrial ishlab chiqarishda konveyer usulining, so‘nggi yillarda axborot texnologiyalarining qo‘llanishi mehnatni tashkil etishda tub o‘zgarishlarga olib keldi).

  3. Strategik ta’sir. Ushbu masalada qarorni kompaniya bosh-qaruvchilari qabul qilishlariga qaramasDan, ana shunday qarorlarga kelishga yuqorida qayd etilgan ikki ta’sirni hisobga olmaslikning iloji yo‘q.

Mehnatni tashkil etishga o‘ziga xos yondashuv Tavisto inson munosabatlari instituti tadqiqotlarida o‘z ifodasini topdi. Ushbu yondashuv „ijtimoiy-texnik tizimlar" („sotsiotexnik") nomini oldi. Institut tadqiqotchilari mazkur tizimning ikki jihati:

  1. ijtimoiy omillar (xususan, xodimlar o‘rtasidagi munosa-batlar, ularning shaxsiy va jamoa munosabatlari);

  2. texnik omillar (xususan, mashina-uskunalar, texnologik jarayon, muhit)ni uyg‘unlashtirish muvaffaqiyat garovi ekanligini ta’kidlaydilar.

Mehnatni ijtimoiy-texni*. tamoyillar asosida tashkil etish ikkita asosiy xususiyatga ega. Birinchidan, bu ishchi guruhlarining mustaqilligini kengaytirishni ko‘zdatutadi. Bu tizim boshqaruvda guruhlarga ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarishda muayyan erkinliklar berishga asoslangan. Masalan, ushbu tamoyilga amal qilingan „Uo1uo" kompaniyasida ishchilar ishlab chiqarish jarayoni butun bir bosqichini nazorat qilish vakolatiga egalar. Ular o‘zlariga berilgan mustaqillikdan foydalangan holda, mazkur bosqich doirasida ish topshiriqlarini o‘zlari taqsimlaydilar. Ikkinchidan,I ijtimoiy-texnik tizimda asosiy diqqat-e’tibor konveyer liniyala-I ridan „katak" tamoyili asosida tashkil etilgan ishlab chiqarishga I qaratiladi. Bu usulda ishchi zarur butlovchi va ehtsyot qismlar, I asboblar bilan ta’minlangan bo‘lib, yig‘uv birligi (buyum)ni I boshidan oxirigacha o‘zi tayyorlaydi. Mazkur holda mehnat operatsiya-I lari xilma-xilligi pirovard natijaga yo‘naltirilishi yuksak I malakaning zarurligi, mehnatda katta qoniqish hosil qilishni I ta’minlaydi.
XX asrning 70- yillarida Yaponiya kompaniyalarining mehnatni
tashkil etish tizimi ularga o‘sha davrda (1973 yilda) ro‘y bergan „neftь taqchilligi”dan so‘ng raqobatchilikda katta ustuvorlikni ; ta’minladi. Ushbu usul yuksak sifatli mahsulotni kam sarf-xarajat bilan ishlab chiqarishga asoslangandi.
Yaponiya kompaniyalari yuksak sifatga erishish uchun intilish mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi, degan aqida ildiziga bolta urib, mehnatni tashkil etish an’anaviy tasavvurlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildilar.
Ma’lumki, ommaviy mahsulot ishlab chiqarishga an’anaviy yondashuv omilining mezoni deb tayyorlangan mahsulot miqdori ; hisoblanardi. Sifat mezoniga esa ikkinchi darajali, deb qaralardi. Bu tamoyilda ishlab chiqarish jarayonida muayyan darajada brakka yo‘l qo‘yilishini tabiiy hol, deb baholash odat edi. Bu brak keyinchalik qo‘shimcha mehnat sarf qilinishi hisobiga bartaraf etilar yoki brak mahsulotlar korxonada to‘planib yotaverardi.
Keskin raqobat kurashida o‘z mavqelarini saqlab qolish uchun g‘arb kompaniya va firmalari yaponlarning kam sarf-xarajat bilan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishdan iborat mehnatni tashkil etish usullarini o‘z korxonalarida qo‘llashga kirishdilar. Xususan, „G‘ogd motog somranie" „Yaponiya izidan" strategiyasini joriy eta boshladi. Bu Fordning ommaviy ishlab chiqarish usuli o‘rniga yapon menejmentini joriy etishni anglatardi. Ya’ni, amerikalik avtomobilsozlar ham o‘zlarining unchalik tayyorgarlikka va malakaga ega bo‘lmagan ishchilarini yuqori malakali va o‘rgatilgan mugaxassis-larga almashtirish yo‘lini tutdilar.
XX asrning 80- yillarida Massachusets texnologiya instituti olimlari yapon avtomobilsozlarining raqobat kurashidagi muvaffaqiyatlari manbalarini chuqur tadqiq etishga qaratilgan Xalqaro Dasturni amalga oshirdilar. Shu tariqa „Tejamkor menejment" nomi Ni olgan mehnatni tashkil etish usulining ilmiy asoslari yaratildi.
Ushbu usulda „tejamkor" ishlab chiqarish tizimi barcha dara Jalarda, iloji boricha, yuksak samaradorlikka erishib, raqobatda ustuvorlikni ta’minlash tamoyiliga asoslangan. Mazkur yondashuv shilab chiqarish jarayonida foydalaniladigan hamma narsani, ayniqsa, pirovard mahsulot qiymatiga qo‘shilmaydigan barcha yordamchi jarayonlardagi sarf-xarajatlarni muttasil kamaytirib borishni talab etadi.
„Tejamkor menejment"da ishlab chiqarishni mugtasil takomillashtirib borishga qaratilgan „kayzen" tushunchasi, hal qiluvchi omillardan biri, deb hisoblanadi. Unga ko‘ra, mehnat operatsiyalarini amalga oshiradigan ishchilar ishlab chiqarish jarayoniga eng yaqin turganlar bo‘lganlari uchun muttasil takomillashtirish („kayzen") ular sa’y harakati, malakasi, tajribasi, tashabbusiga bog‘liq ekanligi e’tirof qilinadi. Bu texnik ekspertlarning ish tizimlaridagi yagona innovatsiya manbalari sifatidagi rolining pasayishiga olib keldi.
Massachusets texnologiya institutining sanoatda mehnat unumdorligi bo‘yicha komissiyasi doimiy takomillashtirishga e’tibor qaratilishi ishlab chiqarishda global texnologik o‘zgartirtnnlar qilishga intilishga qaraganda samaraliroq ekanligini tasdiqladi.
„Tejamkor menejment" usuli ishchilarga yuzaga kelgan nuqsonlarni tubdan bartaraf etish vakolatini beradigan „endon" tizimini ham ishlab chiqarishdan o‘rin olishini ko‘zda tutadi. „Endon" tizimi yapon avtomobilsozlik sanoatida sifat va samaradorlikni oshirishda muhim rolь o‘ynaydi. Biroq g‘arbdagi o‘z an’analariga ega korxonalar konveyerlarida bu tizimni joriy etish oson kechmadi.
Mehnatni tashkil etishning mazkur usulida „aniq vaqtida" tizimining ahamiyati ham katta. Unga ko‘ra ichki yoki tashqi etkazib beruvchilar tomonidan butlovchi qismlar va detallar ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘ra ushbu qism yoki detallarni ishlatishga zarurat tug‘ilgan aniqvaqtda etkazib berilishi ko‘zda tutiladi. Ushbu tizim zaxira qism va detallarni tashish, ularni saqlashga binolarni band qilish, bu narsalarni saqlash uchun mas’ul bo‘lgan xizmatchilar ish haqiga sarf-xarajatlarni tejash imkonini beradi.
„Tejamkor menejment", shuningdek personalni boshqarishning komanda sifatida ishlash, mulьti malaka (keng va chuqur ixtisos-lashtirish), funksiyalararo o‘qitish (xodimlarni o‘z ishlab chiqarish uchastkasining xohlagan ish joyida ishlashlariga o‘rgatish) kabi strategik yo‘nalishlarini ham qamrab olgan.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan chuqur va keng ko‘lamli islohotlar, huquqiy kafolatlar, tadbirkorlikningdavlat tomonidan har taraflama qo‘llab-quvvatlanishi xususiy korxonalarning keskin ortishini, ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni va roli kuchayishini ta’minlamoqda. „SHuni ta’kidlash lozimki, bularning barchasi o‘zining ijobiy natijasini berdi. Faqat 2006 yilning o‘zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qo‘shimcha ravishda 290 ming yangi ish o‘rni yaratildi, bu| esa mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan I ortig‘ini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53- moddasiga muvofiq „Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir”2. Davlat boshqaruv organlari tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelmoqsalar. Bu:

  • tadbirkorlik huquqiy kafolatlari mustahkamlanayotganda, ayni shu kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan me’yoriy huj-jatlar muttasil takomillashtirib borilayotganida;

  • tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqiy va qonuniy manfaatlari ishonarli himoya qilinayotganida;

  • tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan erkin foydalanishda, ular o‘z mahsulotlarini tashqi va ichki bozorda sotishlarida, ishbilarmonlar uchun konsalting, lizing, sug‘urta va boshqa xizmatlar tizimi rivoj-lantirilayotganda, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda, boshqa ko‘pgina masalalarda ko‘maklashayotganda o‘z ifodasini topmoqsa.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq xususiy korxonalar kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga bo‘linadi.

Yüklə 137,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə