O’simliklarning hayotiy shakllari reja


Falladoshlar tartibi Graminales



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə6/8
tarix19.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#151822
1   2   3   4   5   6   7   8
osimliklarning hayotiy shakllari

Falladoshlar tartibi Graminales

  • Boshoqdoshlar oilasi – Graminerae
  • Bu oilaga bir yillik ikki yillik va ko‘p yillik o‘simliklar va ba’zan bo‘yi bir necha metrga yetadigan daraxt o‘simliklar kiradi. Poyalari poxol bo‘lib, bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlari bor, poyaning bo‘g‘im oralari ichi bo‘sh (kovak) ba’zi xollardagina masalan, makkajo‘xori, sava cho‘llardir. Barglari chiziqli oddiy barg qini va barg plastinkasidan iborat bo‘lib ko‘pincha barg ko‘rinib turadigan tilcha bor: Barglari poyaga navbat bilan joylashadi. Tilchaga yopishib, turib barg qini bilan poxol poya oralig‘idagi bo‘shliqdagi bo‘shliqqa suv kirishiga yo‘l bermaydi. Tilcha sistematik belgilari bo‘lib, uning shakli va katta kichikligi har xil bo‘ladi. Qin bo‘g‘inlar oralig‘idagi o‘sish zonalarini ximoya qiladi. Va ayni vaqtda poyani chidamliligini ortiradi.
  • Boshoqdoshlarning oilasi tuproq yuzasidagi yoki undan yuqori turgan qismida to‘planish bo‘g‘imidan shoxlaydi. Falladoshlarning guli bir yoki ikki jinsli bo‘lib, ular dastlabki to‘pgul-boshoqchalarga yig‘ilgan. Boshoqchalar ham o‘z navbatida murakkab to‘pgullar: murakkabboshoq, murakkab rovak, popuk va so‘tana hosil qiladi. Boshoqchaning tuzilishi har xil bo‘lib, u sistematik belgi hisoblanadi. Tipik boshoqning butun boshoqchani maxkam o‘rab oladigan bir juft po‘sti bo‘ladi. Po‘sti ichida 1 ta yoki ko‘p gul turadi. Har bir gul po‘stining ostki qismini ham o‘rab. Ustki gul po‘stining 2 ta qirrasi bor: bu uning gulqo‘rg‘onini tutashib o‘sgan 2 ta bargchasidan iborat ekan ishchini ko‘rsatadi. Bundan keyin 2 ta, ba’zan 3 ta va undan ham ko‘p 2 ga ajralgan gulqo‘rg‘on pardasi (Lodikulae) joylashgan. Bu parda g‘alladoshlarning gullash biologiyasida katta ahamiyatga egadir. Gullash oldidan pardalar nixoyatda shishib ketadi va shuning uchun gul po‘sti ochiladigan, bu esa changchi va urug‘chilarning gul ichida chiqishiga imkon beradi.
  • Changchi ko‘pincha 3 ta , ba’zan 1, 2, 6 ta yoki undan ko‘p bo‘ladi. Changchilarning ko‘p miqdor quruq va yengil chang chiqaradigan yirik changdoni bo‘ladi. Changchi iplari o‘simlik gullaguncha qisqa bo‘ladi, lekin gullash vaqtida tez uzayadi va changdonlarini guldan tashqariga chiqaradi. Changchi tushib o‘sgan 2-3 ta meva bargchadan tuzilgan. Changchi og‘izchasi 2 bo‘lakchali, ba’zan 1-3 bo‘lakchali patsimon, faqat makkajo‘xo-rining urug‘chi og‘izchasi ipsimon. Tugunchasi ustki, bir uyali to‘g‘ri yoki bir oz egilgan 1 ta urug‘kurtakda bo‘ladi.
  • Boshoqlar shamol yordamida, faqat ba’zilari o‘z-o‘zidan changlanadi. Mevasi don bo‘lib, u gulqo‘rg‘on bilan zich tutashib o‘sadi. Endosperma juda rivojlangan.
  • Ko‘p yillik boshoqlar to‘planish usuliga qarab
  • 3 ta tipga bo‘linadi.
  • Ildizpoyali boshoqlar boshoqdoshlarning to‘planish bo‘g‘imlaridan
  • birmuncha uzun novdalar chiqadi, ular yer tagiga gorizontal
  • xolatda o‘suvchi ildiz poyalardir. Bug‘doyiq, suv bug‘doyiq, qamish
  • Ildizpoyali boshoqdoshlarga misol bo‘la oladi.
  • Siyrak to‘planuvchi boshoqdoshlar Bularning bo‘g‘imi ham yer yuzasida bo‘ladi,
  • lekin bo‘g‘imdan chiqqan novdalar yer ustidagi asosiy poyaga nisbatan o‘tkir burchak
  • bilan ko‘tariladi. Timofivka oq suxta siyrak to‘planuvchi o‘simliklarga misol bo‘la oladi.
  • Zich to‘planuvchi boshoqdoshlar Bularning ildizpoyali hamda siyrak to‘planuvchi
  • boshoqdoshlardan farqi shuki, to‘planish bo‘g‘imi yer yuzasidan yuqorida bo‘ladi. Har qaysi
  • bo‘g‘imidan oraliqlarijuda qisqa bo‘lgan novdalari chiqadi. Har bir novda o‘zining to‘planish
  • bo‘g‘imini hosil qiladi. Undan xuddi yuqorida aytilganidek ichki yon novdalar paydo bo‘ladi.
  • Natijada, zich to‘p vujudga keladi zich to‘planuvchi boshoqdoshlarga chalov
  • betagalar misol bo‘la oladi.
  • Boshoqdoshlar oilasi 3 ta kenja
  • oilaga bo‘linadi.
  • Boshoqdoshlarning to‘planish tipi tuproq hosil bo‘lishda katta ahamiyatga ega.
  • Bambuksimonlar
  • Tariqsimonlar
  • Qo‘ng‘irboshsimon
  • Bulardan MDX da 2 tasi ya’ni tariqsimonlar va qo‘ng‘irboshsimonlar kenja oilalariga mansub o‘simliklar uchraydi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə