О„simliklarning mineral oziqlanishi. Mineral elementlarning fiziologik ahamiyati



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/26
tarix31.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#114664
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
\'”О‘simliklarning mineral oziqlanishi Mineral elementlarning fiziologik

Molibden.
Mo
bir necha fermentlar ishi uchun muhim, jumladan; nitrat azotni 
nitritga qaytarilishdagi nitratreduktaza va azotfiksatsiya qiluvchi mikroorganizmlarda 


gaz holidagi azotni ammoniyga aylantirish uchun javobgar bo’lgan nitrogenazalar 
tarkibiga kiradi. 
Yuqori o’simliklar nitratreduktazasi - bu flavoproteid, molekulyar masCasi 2OO-
3OO kD atrofida bo’lib, tarkibida gem va molibden tutadi. Hozirgi davrda 
nitratreduktaza yuqori o’simliklarni tarkibiga kiruvchi birdan-bir ferment hisoblanadi. 
Muhit tarkibiga nitratlar va molibden qo’shilgandan keyin O,5-3 soatda 
nitratreduktaza fetmenti hosil bo’ladi. 
Nitratreduktaza fermentini faolligi o’simlikni nitrat bilan oziqlantirilganda, ammiak 
bilan oziqlantirgandagiga nisbatan 10 barobar faolligi ortadi. Molibden trikarbon 
kislotalar siklidagi suksinatdegidrogenaza fermentini faollashtiradi.
Molibden yetishmasligini birinchi belgilari eskirgan barglarni xlorozga uchirashi. 
Bu element yetishmasligi natijasida azot almashinuvi buziladi: oqsil sintezi 
kamayadi, shuning bilan bir vaqtda aminokislotalar va ularning amidlarini miqdori 
pasayib ketadi. Molibdensiz o’simlik tarkibida askorbin kislota miqdori keskin tushib 
ketadi. Bu ME ni yetishmasligidan fosfor almashinuvi buziladi. 
Bor. 
Bu mikroelemetlar hujayralarni cho’zilishida, nuklein kislotalar sintezida, 
hujayralarni garmonlar ta’siriga reaksiyasi, membranalarni normal funksiyasi uchun 
zarurligi, bironta fermentlar tarkibiga kirmaydi, lekin, fermentativ reaksiyalar 
tezligiga ta’sir qiladi, fermntlar o’zi faollashmasdan yoki inaktivatsiya bo’lmasdan, 
ularni substratiga ta’sir qiladi. Borni muhim xususiyatlaridan biri oddiy qandlar, 
polisaxaridlar, spirtlar, fenollar va boshqa moddalar bilan komplek birikmalar hosil 
qiladi. Borni saxaroza bilan qilgan birikmasi, uni osonlik bilan membranadan o’tib, 
floemada tez harakat qilishiga yordam beradi. Atmosferadagi CO
2
nishonlab 
o’takazgan tajribalar shu narsani ko’rsatdiki, bor bilan oziqlantirilganda fotosintezda 
hosil bo’lgan maxsulotlar, o’simlikni boshqa organlariga tezroq oqib o’tadi. Ehtimol 
bu holat bor ishtirokida o’simlikni tez gullashiga sabab bo’lsa kerak. 
Bor glyukoza-1-fosfatni kraxmalga aylanishini tormozlab qo’yadi, shuning uchun 
o’simlikda bor yetishmasligidan barglarda kraxmal va qandlar ko’p to’plpnib qoladi, 
ularni poyasida, ildizida va mevasida aksincha uglevodlar oz bo’ladi. Bor oksidlanish 
jarayonlarini faollashtiradi, oqsillar, ATF sintezi, ildizlar orqali kalsiyni yutishi


toksik fenollar hosil bo’lishini katalizlovchi ayrim fermentlarni ingibitori bo’ishi ham 
mumkin. 
Bor yetishmasligidan nuklein kislotalar sintezi izidan chiqadi. Bu element boshqa 
to’qmalarni meristemasini shakillanishida zarur bo’ladi, bor elementisiz organik 
kilotalarni aminlanishi tormozlanadi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə