O‘simliklarning tabiatda tutgan o’rni hayvonot dunyosining biosferasidagi o`rni shovqin haqida tushuncha



Yüklə 45,59 Kb.
səhifə10/11
tarix31.05.2023
ölçüsü45,59 Kb.
#114642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ekologiya 13 talik must

Eng toza ekalogik shaharlar
Yaqinda Amerikaning Bleksmit ilmiy tadqiqot instituti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari Buyuk Britaniyaning «The Daily Telegraph» gazetasida chop etildi. Unda sayyoramizning eng ifloslangan o‘nta shahri ro‘yxati e’lon qilindi. Bu yerda gap shaharlar havosining, tuproq qatlamining zaharli sanoat chiqindilari, ya’ni kimyoviy moddalar changi va suyuqliklari bilan ifloslanish darajasi nazarda tutilmoqda.Xitoydagi Linfen shahri ushbu «antireyting» ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi. Bu shaharda ko‘mir qazib olinadi va mahalliy korxonalarning barchasi undan yoqilg‘i sifatida foydalanadi. Bu esa o‘z o‘rnida shahar havosini aql bovar qilmas darajada ifloslantirmoqda. Shu bois shahar aholisining o‘tkir respirator va teri kasalliklari hamda o‘pka saratoniga chalinishi ko‘payib bormoqda. Xitoy shaharlaridan yana biri — Tyanjinga shahi qo‘rg‘oshin ishlab chiqarish markazi bo‘lganligi sababli uning zaminida va havo tarkibida qo‘rg‘oshin belgilangan me’yordan 10 baravar ortib ketgan. Bu esa kasalliklar salmog‘ini yildan-yilga oshirib bormoqda Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni Hindiston shaharlari «ishg‘ol» etgan. Sukinda shahrida dunyodagi eng yirik xrom (och kulrang tusli qattiq kimyoviy element) koni mavjud bo‘lib, bu kimyoviy element ochiq shaxtalarda qazib olinadi. Bu esa shahar aholisi sog‘lig‘iga yomon ta’sir etmoqda. Kishilar asosan oshqozon - ichakdan qon ketish, o‘pka sili va astma bilan og‘riydi. Bundan tashqari, pushsizlik va avlodlarning nuqsonli tug‘ilishi ko‘p qayd etiladi. Hindistonning Vapi shahrida esa 50 dan ortiq sanoat korxonalari mavjud bo‘lib, bu yerning ekologiyasi og‘ir metallar, pestitsidlar va boshqa kimyoviy chiqindilar changlari bilan ifloslangan. Hatto yer osti suvlarida ham simob elementlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilagan me’yorlardan yuz baravar ortib ketgan.Perudagi La Oroyya shahri ifloslik darajasi bo‘yicha beshinchi o‘rinda. Bu yerda metall sanoati yaxshi rivojlangan. Ammo havosi... qo‘rg‘oshin elementlariga boy. Hatto bolalar qonida ham qo‘rg‘oshin tarkibi belgilangan me’yordan ikki baravar ortiqligi aniqlangan.Rossiyaning Dzerjinsk shahriga oltinchi o‘rinni «tortiq» qilindi. Kimyo sanoati markazi hisoblanmish Dzerjinsk shahrida ekologiya qoidalari qo‘pol ravishda buzilmoqda: kimyoviy chiqindilar daryolarga oqizilmoqda, yer ostiga ko‘milmoqda. Shahar fuqarolarining o‘rtacha umri Rossiyaning boshqa hududlarida yashovchi kishilarga qaraganda ancha past, o‘lim darajasi esa bir baravar yuqori. Rangli metallurgiya markazi hisoblangan Norilsk havosini esa «Norilskiy nikel» zavodi og‘ir metall changlari bilan yetarli darajada ifloslantiradi. Ushbu shahar aholisi boshqa hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarga nisbatan 10 yil kam umr ko‘radi. Aholi asosan allergiyaga, astma, yurak qon tomir tizimi va nafas yo‘llarining, shuningdek, ovqat hazm qilish organlarining ishdan chiqishi, ruhiyatning buzilishi singari kasalliklarga tez va oson chalinadilar.



Yüklə 45,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə