O‘simliklarning tabiatda tutgan o’rni hayvonot dunyosining biosferasidagi o`rni shovqin haqida tushuncha


EKALOGIYA SOHASIDA HALQARO HAMKORLIK



Yüklə 45,59 Kb.
səhifə4/11
tarix31.05.2023
ölçüsü45,59 Kb.
#114642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ekologiya 13 talik must

EKALOGIYA SOHASIDA HALQARO HAMKORLIK
Ekologiya va xalqaro hamkorlik hamda ekologiya sohasidagi xalqaro tashkilotlar. Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanadi va yer yuzida ekologik xalokatni bartaraf qilish, mavjud 220 dan ortiq davlatlar xamda hududlarning, 7,5 mlrd. dan ortiq insonlarning umumiy vazifasidir. Mavjud ekologik muammolarni hal qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida, umumjahon miqyosida amalga oshirilgandagina oʹz samarasini berishi mumkin.
Davlatlararo hamkorlikning zarurligi sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning taʹsiri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib chiqadi. Oxirgi yillarda insoniyatni tashvishga solayotgan koʹplab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yoʹli bilan hal qilinishi mumkinligi maʹlum boʹlib qoldi.
Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning ikki asosiy shakli ajratiladi:
1. Atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foyda- lanishga qaratilgan ikki tomonlama va koʹp tomonlama shartnoma va konventsiyalar;
2. Xalqaro ekologik tashkilotlar faoliyati.
Turli davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun davlatlararo shartnomalar va konventsiyalar keng qoʹllaniladi. Bunday hamkorlik dastlab XIX asrning birinchi yarmida hayvonot dunyosidan foydalanishni tartibga solish yoʹnalishida vujudga kelgan. Ayniqsa koʹchib yuruvchi hayvonlarni muhofaza qilishga katta eʹtibor berilgan.
Faqatgina baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini ovlashni tartibga solish xaqida 70 dan ortiq shartnomalar, konventsiyalar mavjud. Kitlarni ovlashni cheklashga oid birinchi xalqaro konventsiya 1931-yilda tuzilib, unda Anktarktida atrofidagi suvlardan har yili 15 mingdan ortiq kit ovlanmaslik koʹrsatilgan edi.
O`zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilishga doir qonunlari
Atrof muhitni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari O`zbekiston Respublikasining konstitusiyasida o`z aksini topgan. Konstitusiyaning 50,54,55 va 100-moddalarida fuqarolarning ushbu sohasidagi huquq va majburiyatlari, atrof muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo`inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan 50-moddada “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar” deyiladi. 100-moddada atrof muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga kirishi ta`kidlanganAsosiy qonundan tabiat muhofazasining ayrim sohalari bo`yicha ham maxsus qonunlar qabul qilingan. “Alohida qo`riqlanadigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish to`risida”gi qonun asosan umumiy boyligimiz bo`lgan noyob va qimmatli tabiat majmualarini ekologik, iqtisodiy, madaniy, ilmiy, soliqni saqlash nuqtai nazaridan saqlashni asoslaydi. Shuningdek, 1990 yil 20 iyunda O`zbekiston Respublikasining “Sanitar nazorati to`risida”, “Yer to`risida” qonunlari qabul qilindi, ularga O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1991 yil 20 noyabrdagi, 1993 yil 7 maydagi, 1994 yilning 6 may va 23 sentyabrdagi kengashlarida o`zgartirishlar kiritilgan. Ushbu qonunlar erdan oqilona foydalanish va erni muhofaza qilish, tuproq hosildorligini qayta tiklash, tabiiy muhitni saqlash va yaxshilashga qaratilgan.O`zbekistonda tabiiy sharoitlarni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to`risida”gi qonun belgilab beradi. Qonunga muvofiq O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilishga taaluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish Oliy majlisning mutlaq vakolati doirasiga kiradi. Bularga tabiatni muhofaza qilish sahasidagi davlat siyosatini belgilash; davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; ushbu sohadagi respublika qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qonunlar ijrosini muvofiqlashtirib borish va boshqalar kiradi. O`zbekiston Respublikasining “Suv haqidagi va suvdan foydalanish” to`risidagi qonuni 1993 yil 6 mayda qabul qilindi.


Yüklə 45,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə