O‘simliklarning tabiatda tutgan o’rni hayvonot dunyosining biosferasidagi o`rni shovqin haqida tushuncha



Yüklə 45,59 Kb.
səhifə7/11
tarix31.05.2023
ölçüsü45,59 Kb.
#114642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ekologiya 13 talik must

Muqobil energiya turlari
Quyosh — Yer sayyorasida insoniyat mavjud bo‘lganidan buyon quyosh energiyasidan foydalanib keladi. Mana 5000 yildirki, odamlar Quyoshga yerning asosiy energiya manbasi, yorug‘lik, issiqlik, oziq-ovqat va hayot asosi deb qaraydi.
Hozirgi zamon texnologiyalari quyosh energiyasidan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishga imkon beradi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2003 yilda dunyo bo‘yicha eng yirik quyosh kollektorlarining umumiy maydoni AQShda 10 million kvadratga, Yaponiyada 8,0 million kvadratga yetgan. Yevropa mamlakatlarida ham bu borada namunali ishlar olib borilmoqda.
Bilamizki, Quyosh — eng yaqin yulduz, usiz bizning sayyoramizda hayot bo‘lishi mumkin emas. Kishilar o‘zining kundalik hayotida quyosh energiyasidan u yoki bu usul bilan bu haqida o‘ylab ham o‘tirmay, foydalanadilar. Masalan, hovliga kir yoysak — biz quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasini ishlatamiz.
O‘zbekiston quyosh energiyasidan foydalanishda katta salohiyatga ega. Mamlakatimizning iqlim sharoitlari quyosh energiyasidan foydalanish uchun juda qulay. «Fizika — quyosh» instituti mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston hududiga tushadigan quyosh energiyasining miqdori, o‘rtacha hisob bilan aytganda, mamlakatda boshqa manbalardan olinadigan energiyadan to‘rt barobar ko‘p ekan. Quyosh energiyasining yalpi imkoniyatlari 51 mlrd t.n.e., texnik imkoniyati esa — 177 mln. t.n.e.ga teng. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, aynan quyosh energiyasidan foydalanish aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash, mamlakatning bir qator uzoq hududlarini yanada jadal rivojlantirish masalalarini tez hal qilishga imkon beradi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston kristalli kremniy olish uchun xom ashyo zaxiralariga ham ega. Uning asosida butun dunyoda 90 foiz fotoelektrik modullar ishlab chiqariladi. Kremniy konlari Jizzax va Samarqand viloyatlarida mavjud. Ushbu resurs bazasi quyosh energetikasi sohasida muhim jamlovchi mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun imkon yaratadi.
Quyosh energetikasini rivojlantirish istiqboli haqidagi masala O‘zbekiston uchun yangilik emas. Quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha ilk tadqiqot ishlari 70-yillarda boshlangan. Bir qator yutuqlarga qaramasdan, o‘sha zamon texnologiyalari kerakli samaradorlikka erishishga imkon bermadi. Elektr energiyasi va energiya yetkazuvchilar narxlarining pastligi sababli quyosh energetikasiga ehtiyoj sezilgani yo‘q. 1991 yildan so‘ng energetikaning bu sohasini rivojlantirish ustuvorligi haqida bir qator qonun, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, rivojlantirish dasturlari va boshqa rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Lekin quyosh energetikasini joriy etish uchun resurs va imkoniyatlarni aniqlashga, undan foydalanishga hamda xususiy sektorlarni rag‘batlantirishning ma’muriy va iqtisodiy mexanizmlarini yaratishga yetarli darajada e’tibor qaratilmadi.
O‘zbekiston tabiiy gazning yirik zaxiralariga ega bo‘lganligi uchun energiya resurslariga jiddiy ehtiyoj yo‘q. Shuningdek, mamlakat rivojlangan energetika infratuzilmasiga ega, elektr va gaz tarmoqlari deyarli barcha aholi joylariga yetkazilgan. Hamda aholi va korxonalar haligacha past narxlar bo‘yicha energiya bilan ta’minlanmoqda. Aynan energiyaning past narxi hukumat energetika siyosatining asosiy ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Lekin bu ustuvor vazifalarni ado etish qimmatga tushayapti. Energiya resurslariga dunyo miqyosida narxlar oshayotgan bir paytda quyosh energiyasi imkoniyatlaridan foydalanish — bu energiyani iste’mol qilish tuzilmasining samaradorligini oshirishi mumkin.


Yüklə 45,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə