O‘simliklarning tabiatda tutgan o’rni hayvonot dunyosining biosferasidagi o`rni shovqin haqida tushuncha


HAYVONOT DUNYOSINING BIOSFERASIDAGI O`RNI VA ULARNI MUHOFAZA QILISH



Yüklə 45,59 Kb.
səhifə2/11
tarix31.05.2023
ölçüsü45,59 Kb.
#114642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ekologiya 13 talik must

HAYVONOT DUNYOSINING BIOSFERASIDAGI O`RNI VA ULARNI MUHOFAZA QILISH
Hayvonot olami deganda biz hayvonot olamida mavjud bo`lib tabiiy erkin sharoitda yashayotgan hayvon galalarini, shuningdek suv va cho`lda yashovchi barcha yovvoyi hayvonlarning majmuasini tushunamiz. Hayvonot olamiga berilgan bu ta'rif 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning mazmunidan kelib chiqadigan hayvonot olami yuridik tushunchasining aynan o`zidir.
Hayvonot dunyosi muhofazasini ikki ma'noda tushunmoq lozim.
1) Hayvonot olamini muhofaza qilish;
2) Hayvonot olamini huquqiy muhofaza qilish.
Bu tushunchalar ko`rinishidan bir xildagi maqsad ya'ni muhofazani nazarda tutsada, ammo ma'no va mazmun jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Hayvonot olamini muhofaza qilish deganda, har bir fuqaro yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolarining hayvonot olami obyektlarini asrash va "Qizil kitob"ga kiritilgan yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo`qolib ketish xavfi ostida bo`lgan turlarini o`zining onglilik darajasiga ko`ra uni kelajak avlodga yetkazishni burch deb bilishi va himoya etishidir.
Hayvonot dunyosini huquqiy muhofaza qilish deganda, Konstitutsiya, qonunlar va qonun osti me'yoriy hujjatlarda o`z aksini topgan davlatning vakolatli organi tomonidan sanksiyalangan, ya'ni bajarilishi umummajburiy ahamiyatga ega bo`lgan normalarda o`z aksini topgan qoidalar va bu qoidalar asosida hayvonot olamini huquqiy nuqtai nazardan himoya etishdir. Chunonchi, hayvonot olamini huquqiy muhofaza qilishda huquqning roli beqiyosdir. Bu borada Davlat tomonidan ko`riladigan tadbirlarda muhofaza etiladigan territoriyalarni belgilash, muhofaza qilish haqida qonunlar chiqarish bu qonunlarning amalga oshirilishini ta'minlash va boshqalar kiradi.
SHOVQIN HAQIDA TUSHUNCHA
Shovqin — 1) keng maʼnoda — nutq va musiqani toʻgʻri qabul qilishga, xordiq chiqarishga va aqliy mehnatga xalaqit beruvchi begona tovushlar. Sh. detsibel bilan oʻlchanadi. Mas, nafas olish, barglarning shitirlashi 10, qattiq gapirish 60—70, transportning shovqini 80—100, reaktiv samolyot ovozi 140—175 detsibelga teng va h.k. Qattiq, suyuq, gazsimon muhitlardagi har qanday tebranishlar, turli dvigatel va mexanizmlar Sh.larning asosiy manbaidir. Mashinalarning detallarini aniq qilib ishlash, mexanizmlarning tovush chiqarishini pasaytirish, tovushni toʻsadigan, yutadigan va titrashni kamaytiradigan vositalarni qoʻllash yoʻli bilan Sh. kamaytiriladi; 2) texnika va fizikada (tebranma jarayonlar bilan bogʻliq boʻlgan radio, elektronika, radiolokatsiya, radioastronomiya, akustika, tovush yozish, optika va boshqalarda) davriy boʻlmagan tartibsiz tebranishlar. Mas, elektron lampalarda elektr tokining tartibsiz tebranishi, oʻtkazgichlarda elektronlarning issiqlik harakati (issiqlik Sh.i), Yer va yer atmosferasidan, Quyosh, yulduzlar, yulduzlararo muhit va boshqalardan tarqalayotgan issiqlik nurlanishlari (kosmik Sh.lar) natijasida Sh. hosil boʻladi. shahrining umumiy foydali jihatlari ham bor. Mas, radioastronomiyada chastotaning maʼlum diapazonidagi Sh. boʻyicha yulduzlar va boshqalar kosmik jismlarning radionurlanishi tekshiriladi, harbiydengiz texnikasida esa suv osti qayiq va kemalari topiladi; 3) gigiyenada — odam organizmiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan va turli kasalliklarga sabab boʻladigan tovushlar. Odam organizmiga uzoq vaqt taʼsir etishi natijasida markaziy asab sistemasi, tomirlar tonusi, hazm yoʻllari aʼzolari, endokrin sistemasi va h.k.ning faoliyati buzilishi, quloq ogʻirligi, karlik paydo boʻlishi mumkin. Sh. taʼsirida harakatning aniq muvozanati buzilib, mehnat unumdorligi pasayadi. Ortiqcha Sh. odamni ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan kuchsizlantiradi. Inson uchun 20—30 detsibel zararsiz hisoblanadi. Bu tabiiy holatdir. Umuman odamga 80 detsibelli Sh. ruxsat etiladi. Qiymati 130 detsibelga teng Sh. inson quloqlarida ogʻriq paydo qiladi, 150 detsibelga yetganda chidash qiyin boʻladi, 180 denibelda hatto metall chatnab ketadi. 20-asr 70-yillarida shahar koʻchalaridagi Sh. 60—70 detsibelni tashkil qilgan, 21-asr boshida bu koʻrsatkich 100 detsibel va bundan yuqori qiymatga yetdi.

Yüklə 45,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə