O`smirlarning kattalar bilan bo’ladigan muloqoti



Yüklə 15,13 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü15,13 Kb.
#182135
  1   2   3
9 Mavzu O‘smirlarning kattalar bilan bo‘ladigan muloqoti


MAVZU: O`SMIRLARNING KATTALAR BILAN BO’LADIGAN MULOQOTI
Reja: 1. O’smirdagi asosiy psixologik o’zgarishlar. 2. O’smirda bilish jarayonlarining o’sish va o’qish faoliyati. 3, O’smirlarning tarbiyasi qiyinchilik xususiyatlari va uning kelib chiqish sabablari. 4. Tarbiyasi qiyin o’smirlar tipologiyasi.
Fan o’qituvchisi: Nilufar Djabbarova
Naslimiz davomchilarini nafaqat jismonan baquvvat, balki maʼnaviy boy, yangi davr talabiga javob beradigan, muloqot jarayonida erkin fikr yuritadigan qilib tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir.
Taʼlim toʼgʼrisida‖gi qonun, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, muomala madaniyatini tarkib toptirishga birlamchi eʼtibor qaratilgan. Shunday ekan, oʼsmir va oʼspirinlarni muloqot jarayonida mustaqil fikrini erkin ifodalash malakalarini va ularning tanqidiy fikrlashini shakllantirish psixolog- pedagoglar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.
Zero, XX1 asrda yashaydigan har bir insonning tanqidiy fikrlashi uchun avvalo muloqotga oʼrgatish zarur. Oʼsmir va oʼspirinlarni muloqotga oʼrgatish uchun ularga psixologik, pedagogik adabiyotlarni oʼqishga tavsiya qilish, muloqot jarayonida yoshlar faoliyatini kuzatish, fikrlashini aniqlash va shu jarayonda psixologik oʼyinlar, mashqlar, treninglardan foydalanish muhimdir.
Maktabning oʼrta va yuqori sinflarda yozma nutq mazmunli, taʼsirli boʼlib, grammatik jihatdan tobora toʼgʼri, mukammal tuzilib boradi va oqibatda bunday nutq ogʼzaki nutqning oʼsishiga ijobiy taʼsir koʼrsata boshlaydi. Bolalar nutqi bevosita kattalar nutqi taʼsirida oʼsadi. Shuning uchun oʼqituvchi nutqi oʼquvchilar nutqini oʼstirishda namuna boʼlib xizmat qilishi kerak.
Oʼquvchilar tafakkurini oʼstirmay turib, ularning nutqini oʼstirib boʼlmaydi. Ogʼzaki gapirish, bayon yoki insho yozishda oʼquvchilarning reja tuzib olishlariga eʼtibor berish kerak. Yozma va ogʼzaki nutqni oʼstirish uchun kitob ustida muntazam ishlash, oʼqigan matnlarning tezisini, konspektini tuzish, maʼruza, referatlar tayyorlash, adabiy kechalar, yozuvchilar bilan uchrashish muhim ahamiyatga ega. Nutq shartli reflekslar paydo boʼlishining umumiy qonunlari asosida oʼsadi. Аgar kishi biror bir tovushni notoʼgʼri talaffuz qilishga oʼrganib qolgan boʼlsa, unda bu kamchiliqlarni tugatish qiyin boʼladi. Shuning uchun bolalarda yoshligidanoq ijobiy nutq odatlarini tarbiyalashga ahamiyat berish zarur.
Muloqot madaniyati yoshlikdan oilada, ijtimoiy muhit taʼsirida, oʼz-oʼzini anglash, tarbiyalash oqibatida shakllanishi mumkin. Biz kattalar yoshlarga namuna, ibrat boʼlishimiz bir-birimizga boʼlgan muloqotimizdan kelib chiqadi. “Oltin soʼzlar (azizim, aylanay, oʼrgilay, juda ham ajoyibsiz, bugun boshqachasiz, ochilib ketibsiz, kiyimingiz juda yarashibdi kabi) so’zlardan kundalik hayotimizda koʼproq foydalanishimiz zarur.
Kattalar muloqotiga yoshlar taqlid qilishlari orqali ularda muomala sanʼati, madaniyati shakllanib boradi. Аyniqsa, oilada biz bu holatlarga eʼtibor berishimiz kerak. Chunki ―qush uyasida koʼrganini qiladi‖ degan naql bejiz emas.
Kattalar ham bir-birlariga verbal, noverbal va paralingvistik taʼsir koʼrsatadilar. Biz vaqti kelganda imo-ishora, mimika, pauzalar orqali ham bir- birimizga taʼsir eta olamiz. Bir ogʼiz soʼz bilan ham xursand, yoki xafa qila olamiz. Shuning uchun doimo kattalar bir-birlariga samimiy munosabatda boʼlib, taʼsir qilishlari lozim.
MULOQOT MADANIYATI QANDAY SHAKLLANADI

Yüklə 15,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə