O`smirlarning kattalar bilan bo’ladigan muloqoti


Anatomo – fiziologik xususiyatlari



Yüklə 15,13 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü15,13 Kb.
#182135
1   2   3
9 Mavzu O‘smirlarning kattalar bilan bo‘ladigan muloqoti

Anatomo – fiziologik xususiyatlari. Butun endokrin sistemasining, xususan gipofizning aktivlashishi tufayli o’smir organizmida sifat jihatdan o’zgarishlar yuz beradi. Bu holat qizlarda 11-13, o’g’il bolalarda 13-15 yoshda bo’lib, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi, o’smirning tashqi ko’rinishi o’zgaradi. Muskullar massasi va muskul kuchi o’sadi, bu holat jinsiy yetilish davrining oxiriga borib tezlashadi. Ichki organlar, xususan yurak o’sadi. Ba`zan yurak qon-tomir sistemasida patologik o’zgarishlar yuz beradi. 
O’smirlardagi asosiy psixologik o’zgarish.
O’smir o’zini asta-sekin katta odam deb his qila boshlaydi, lekin ko’p odat va xususiyatlari bolalarcha bo’lib qoladi. Bu hissiyot kattalik hissi deb ataladi va o’smirlikdagi asosiy psixologik yangilikdir. Bu his o’smirda o’ziga, atrof muhitga, odamlarga nisbatan yangi hissiy pozitsiyani yuzaga keltiradi. U bolalar xulq-atvorini kattalar xulqi va qadriyatlariga qayta orientatsiya qila boshlaydi. O’smir o’z huquqlari doirasini kengaytiradi, kattalarni esa cheklashni xohlaydi. 
Bilish jarayonlarining o’sishi.
O’smirning qiziqishlari ortadi, bilish faoliyati maktab programmasidan tashqariga chiqadi, mustaqil o’qiy boshlaydi. Uning tafakkurida tanqidiylik, mustaqillik hosil bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarga o’quv materiallarini taqqoslashni, mavhumlashtirishni, o’z fikrini to’g’ri, ravon va aniq ifodalash yo’lini tushuntirib berishlari lozim. O’smirlarning o’quv faoliyatida, o’quv materialini o’zlashtirish darajasida, umumiy intellektual rivojlanishida turli darajadagi o’quvchilarni uchratish mumkin.
O’quv faoliyatidagi kamchiliklar kichik sinflarda bilinmagan bo’lsa, V-VI sinflarda o’zlashtirishi keskin farqlanadigan bolalar ko’zga tashlanib qoladi. O’smirlarda nazariy, formal va refleksiv tafakkur turlari shakllanadi. Xotira, idrok jarayonlari ham intellektualizatsiya bo’la boshlaydi, ya`ni o’smir o’quv materiallarini tushinib idrok qilish va eslab qolishni o’rgana boshlaydi. 
O’smirlarning o’z-o’zini anglashi sifat jihatidan o’zgaradi. O’zi haqida o’ylash, o’zini boshqalar bilan taqqoslash o’smirning xususiyatidir. O’smir o’z kamchiligi ustida o’ylaydi, o’zidan qoniqmaslik hissi paydo bo’ladi. Ko’pchilik o’smirlar kattalarga o’xshaydigan o’z tenglashlariga o’xshashga harakat qiladilar. 
Tarbiyasi qiyin o’smirlarni bir necha shartli guruhlarga ajratish mumkin
injiq tabiatli o’smirlar;
mustaqil harakatga ega bo’lmaganlar;
mustaqil fikrga ega bo’lmaganlar;
orsiz, subutsiz o’smirlar;
Tarbiyasi qiyin o’smirlarni yuzaga keltiruvchi sabablar 
psixik rivojlanishdagi kamchiliklar;
shaxs tarbiyasidagi nuqsonlar;
bilish faoliyatidagi kamchiliklar;
maktabdan tashqari muhitdagi kamchiliklar;
maktab ta`limi va tarbiyasidagi kamchiliklar;
shaxsning biologik kamchiliklari;
Чойнаклардан ўзингизга ёққанини танланг...
🫖 Choynak №1
Sizda kuchli xarakter bor. Qat'iyatsizlik va shubhalilik sizga xosdir. Har doim o'zingizdan va atrofingizdagilardan shubhalanasiz. O'zingizning ishonchsizligingizni chaqqon xatti-harakatlar bilan qoplaysiz. Odamlar bilan qiyin muomala qilasiz. Lekin siz sevgan va siz uchun aziz bo'lganlarga nisbatan mas'uliyatli va g'amxo'rsiz. Siz halol va to'g'risòzsiz.
🫖 Choynak № 2
Siz qiziqarli suhbatdosh va yaxshi do'stsiz. Boshqalarga mehribon, tushunish bilan muomala qilasiz. Siz odamlarni xatolari uchun kechirishni bilasiz. Biroz beparvo va ishonuvchan. Sevgi tuyg'usisiz hayot hech qanday ma'noga ega bo'lmagan mehribon tabiatlisiz. Odamlarda ichki dunyoni qadrlaysiz, ularning tashqi ko'rinishi siz uchun unchalik muhim emas.
🫖 Choynak №3
Siz uchun hayot o'yin, siz tavakkal qilishni yaxshi ko'rasiz. Xavflar sizni o'ziga jalb qiladi, siz hayajonli sarguzashtlar ishtirokchisi bo'lishga qarshi tura olmaysiz. Siz qiyinchiliklarga osongina dosh berasiz, har qanday yangi narsaga qanday moslashishni bilasiz, qiyinchiliklardan qo'rqmaysiz va har doim taqdirning zarbasini olishga tayyorsiz, chunki har qanday muammolarni yengishingizga ishonchingiz komil.
🫖 Choynak № 4
Siz qat'iy qoidalarga ega odamsiz, siz uchun ideallaringizga mos kelish muhimdir. odamlardan e'tiborni yoqtirmaysiz, siz ko'proq yolg'iz vaqt o'tkazishni afzal ko'rasiz. Siz boshqalardan juda ko'p narsani talab qilasiz, shuning uchun siz odamlarga yaqinlashishingiz juda qiyin. Ular siz bilan ochiq va halol bo'lishlarini xohlaysiz, lekin o'zingiz ochiqchasiga gapirishga qodir emassiz.
O’smirlarning tarbiyasi qiyinlik belgilari va ular bilan ishlash tadbirlari
Inson umrining o’smirlik bosqichida, bizningcha, asosan ikkita xatarli jihat paydo bo’ladi. Uning bittasi-kattalarga taqlid qilish, ikkinchisi – o’smirning oilada va maktabda nazoratdan chetda qolish. Shu ikki jihat katta yoshdagi odamlar e’tiboridan tashqari, o’z oqimida, maqsadga muvofiq tarzda kechadigan bo’lsa, oqibat tarbiyasi qiyin deb ataluvchi o’smirlar paydo bo’lishiga olib keladi.
Birinchi jihatni tahlil qilib ko’raylik, chunonchi, o’smirlik bosqichidagi o’g’il va qizlarda ilk «kattalik» hissi yuzaga keladi. Bu yoshdagi o’smir munosabat uslubini o’zgartiradi, axloq mazmuni ham keskin o’zgaradi. Kattalarning tashqi qiyofasi, yurish-turishi, ko’zga tashlanadigan ayrim tomonlari o’smir shu davrga tezroq yetish istagini uyg’otadi. 
Modaga qiziqish, o’ziga aro berish, o’zgacha «madaniy» hordiq chiqarish, mulozamat qilishga intilish kabilar. Ular ko’pincha talabalarga, katta yoshdagi kishilarga, televizor va kinolarda ko’rgandlariga taqlid qiladi. O’z tasavvurida nimani ommabop deb hisoblasa, xuddi shu narsani namuna tarzida qabul qiladi. O’smirda o’z-o’zini va o’zgalarni baholash mezoni ana shu tariqa yuzaga keladi. Shuning uchun unda yangi his-tuyg’ular, orzu-umidlar, sevgi haqidagi kitob solish holatlari ko’zga tashlanadi. 
Psixologiya fanida inson xulq-atvoridagi o’zgarish, goho chetga og’ish hodisasi ijtimoiy hayot bilan bog’liqligi haqida umumiy qonuniyat mavjud. Jahon psixologlari olib borgan tadqiqotlar tarbiyasi qiyin o’smirlarning paydo bo’lishga ijtimoiy muhitdan tashqari pedagogik-psixoloik omillar ham sabab bo’lishini ko’rsatmoqda. O’smirlar harakatlarini izchil va uzluksiz o’rganish, ulardagi chetga og’ish ko’rinishlari turlicha bo’lishini ta’kidlamoqda. 
Tarbiyasi qiyin o’smir, axloqi butunlay ishdan chiqqan, harakat boshqarish imkoniyatiga ega bo’lmagan, jinoyatchi emas. Shuning uchun ularning xulq motivlarini tadqiqot qilish orqali qayta tarbiyalash, shaxsda hukm surib kelayotgan ayrim illatlarni bartaraf qilish imkoniyati mavjuddir. Bu jarayon o’ta murukkab, ota-onadan, o’qituvchilardan, jamoat tashkilotlaridan, mahalla faollaridan katta kuch, sabr-toqat, uzoq mehnat va chuqur izlanishlar talab qiladi.

Yüklə 15,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə