O’spirinlik davri psixologiyasi va uning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 209,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix18.04.2023
ölçüsü209,43 Kb.
#106112
  1   2
o-spirinlik-davri-psixologiyasi-va-uning-o-ziga-xos-xususiyatlari



O’spirinlik davri psixologiyasi va uning o’ziga xos 
xususiyatlari 
 
Gulmira Erkin qizi Ismoilova 
Mahliyo Qurbonmurod qizi Doniyorova 
Termiz davlat unveristetining pedagogika instituti 
 
Annotatsiya:
15 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan davr o’spirinlik davridir. 
O’spirinlar 8-10 sinf o’quvchilari bo’lib,ular oldida kelgusida kim bo’lish, qanday 
faoliyat turi bilan shug’ullanish kerak degan tashvish turadi. Bu yoshdagi bolalar 
o’smirlardan farq qiladi. Agar o’smirlikda o’quvchining asosiy faoliyati o’qish bo’lgan 
bo’lsa, yuqori sinf o’quvchilarining faoliyati o’qish, bilim olish va mehnatga 
tayyorlanishdan iborat bo’ladi. Ushbu maqolada o’spirinlik davri psixologiyasi va 
uning o’ziga xos xususiyatlari haqida so’z yuritiladi. 
Kalit so’zlar: 
O’smirlik, psixologiya, xulq-atvor, ehtiyoj, nazorat.
 
Adolescent psychology and its peculiarities 
Gulmira Erkin qizi Ismailova 
Mahliyo Qurbonmurod qizi Doniyorova 
Pedagogical Institute of Termez State University 
Abstract:
The period from 15 to 18 years is the period of adolescence. 
Adolescents are students in grades 8-10, who are concerned about who they will be in 
the future and what kind of activities they will be involved in. Children this age are 
different from teenagers. If the main activity of a student in adolescence was reading, 
the activity of high school students will be reading, learning and preparation for work. 
This article discusses the psychology of adolescence and its peculiarities. 
Keywords:
Adolescence, psychology, behavior, need, control. 
Asosiy qism 
O’spirinlik davrida o’quv faoliyatining murakkablashishi, ularning yangi 
jamoada tutgan o’rni ulardan ko’p narsa talab qiladi. O’spirinlarning maktab hayotida, 
oilada tutgan mavqei o’zgaradi, ya’ni o’zidan kichiklarga nisbatan boshliq, tashkilotchi 
va tarbiyachi bo’lish talab qilinadi. 18 yoshda kattalikka erishadi. Organizmning 
o’sishi to’xtaydi, ‘tinch’ davr boshlanadi. Organlarning tarkib topishi va organizm 
to’qimalarining takomillashishi nihoyasiga etadi. Jismoniy rivojlanish shaxsning ba’zi 
bir xususiyatlarini va bundan keyingi hayotiy faoliyatini belgilashga ta’sir ko’rsatadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
869


Yigit va qizlarning 17-20 yoshlarida organizm normal rivojlanishiga va unga mos 
keladigan ish bilan band qilish maqsadga muvofiqdir. Ular organizmdagi o’zgarishlar 
og’irligiga va bo’yiga xos bo’lishi bilan birga o’pka, yurak, qon tomirlariga, nerv 
sistemasining faoliyatiga ham ta’sir etadi. O’spirinlarda yurak charchashi-harsillash, 
yurakning to’xtab-to’xtab ishlashi kabi xollar asta-sekin yo’qolib beradi. Buning uchun 
jismoniy mehnat, aqliy faoliyat va dam olishning to’g’ri yo’lga qo’yilishi katta 
ahamiyatga ega. 
Bu davrda ularning nerv sistemasi rivojlanadi va katta kishilarning miya 
po’stlog’i xususiyatiga asta-sekin yaqinlashadi. Bosh miya po’stlog’ining atroflarida 
nerv bog’lanishlarining soni ko’payadi. O’qish va mehnat qilish natijasida bosh miya 
yarim sharlarida analitik va sintetik faoliyat rivojlanadi. Bu xolat tashqi ta’sirni aniq 
ajrata oladigan xususiyatni o’stiradi. Farq qilish harakteridagi tormozlanish vujudga 
keltiradi. Bu davrga kelib o’qish mashg’ulotlari ancha murakkablashadi: bir qator 
yangi fanlar o’qitila boshlaydi, dars mazmuni kengayadi, murakkablashadi, bilim, 
hayot, amaliy ishlar qo’shib olib boriladi, o’quvchilar ishlab chiqarish jamoasida 
bo’ladi, ekskursiyalarga, ko’rsatmalikka, aloxida e’tibor beriladi. 
Bu davrda nazorat bilimlar, amaliy ishlar bilan qo’shib o’rganiladi. 
O’quvchilardan materialni tushunish va uni hayotga tadbiq eta bilish talab etiladi. Bola 
bu yoshda o’zini ancha eslik his qiladi, tajriba ortadi va bilimlarini mustaqil hayotga 
tadbiq eta boshlaydi. Bu esa ularning darsga bo’lgan munosabatlarini o’zgartiradi. Bu 
davrga kelib o’zlariga ma’qul bo’lgan biror fanni tanlaydilar. Bunday xususiyatlarni 
o’smirlarda ham uchratish mumkin, lekin bunda aloxida fanlarga bo’lgan qiziqish 
ko’proq o’qituvchining maslahati bilan bog’liq bo’lsa, yuqori sinf o’quvchilaridagi 
qiziqish ularning extiyojlari, intilishlari asosida tarkib topadi. Ba’zan ular shoshma-
shosharlikka yo’l qo’yadilar va natijada xodisalar haqida noto’g’ri fikr yuritib
noto’g’ri xulosalar chiqaradilar. 
Yuqori sinf o’quvchilarining o’z atroflarini, o’rab olgan voqelikni bilib olishga 
bo’lgan intilishi ularda dunyoqarashning tarkib topishiga sharoit yaratadi. Ulardagi 
nazariy bilimlarning ortib borishida sinfdan tashqari ishlar, to’garaklar ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. V.A.Krutetskiy, I.N.Lukin yuqori sinf o’quvchilarining bilim egallashidagi 
aqliy individual faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, bu borada 
o’quvchilarni asosan 4 guruhga bo’ladi. 
1) Yuqori darajada o’zlashtiruvchi o’quvchilar. Bular bilim olishda mustaqillik, 
tashabbuskorlik ko’rsatmaydilar. O’quv materialini darslikdan yodlab oladilar, 
materialni o’qituvchi so’rab qolganda javob berish uchungina o’rganadilar. Agar 
material “qiyin” bo’lsa, uni butunlay o’rganmaydilar. Bu bilimlarni o’rgana 
bilmaydilar, o’quvchilarga ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan maktablarda o’qish 
qiyin bo’ladi. Bu guruh o’quvchilarining ba’zilari 1X sinfgacha a’lochi bo’lib kelib, 
keyin og’ir axvolga tushib qoladi bunday o’quvchilar bilan ko’proq individual ish olib 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
870


borish lozim. 
2) O’qish faoliyatida amaliy qobiliyatlari borligi sezilib turadigan o’quvchilar 
bo’lib, qiyin masalani o’rganishga, uni amalda sinab ko’rishga harakat qiladilar. 
Darslar to’g’ri yo’naltirilsa, bu guruh o’quvchilarining darsga bo’lgan qiziqishini 
oshirish mumkin. Ularga har-xil dars usullaridan foydalanib amaliyotda nazariy 
bilimning ahamiyati katta ekanligini tushuntirish kerak. 
Bu o’quvchilar nazariyaga juda ham berilib, amaliy ishlarga ahamiyat 
bermaydilar. Ular ko’p fikr yuritadi. Lekin o’z fikrlarini amalda sinab ko’rishdan 
qochadi. Ularning fikrlashlarida umumlashtirish, abstraksiya qilish ustun turadi, 
shunga qaramay konkretlashtirish xususiyati past darajada bo’ladi. 
Ular yaxshi gapiradi, isbotlab beradi, yakunlar yasaydi, aqliy faoliyat bilan 
ko’proq shug’ullanadi, o’z bilimini mustaqil kengaytirishga harakat qiladi, lekin 
nazariyani amaliyot bilan bog’lay olmaydi. Bu guruhga ijtimoiy fanlarga 
qiziquvchilarni ham kiritish mumkin. Bu o’quvchilar o’qish faoliyatida nazariya bilan 
amaliyotni birga qo’shib olib boradilar. Ularning bilimi keng bo’ladi, ular fikr 
yuritishini, tatbiq qilishni biladi, jamoat ishida faoldir. Lekin bu guruh o’quvchilari 
hamma narsaga barobar qiziqadilar-u, alohida bir narsaga chuqurroq qiziqmaydi. 
Katta maktab yoshida shaxsning ma’naviy kuchlari intensiv rivojlanadi, uning 
ma’naviy qiyofasi tarkib topadi, harakter hislatlari aniq bo’ladi, dunyoqarashi 
shakllanadi. Katta maktab yoshida shaxsning rivojlanishiga uning maktabda, oilada, 
ijtimoiy munosabatlar sistemasida tutayotgan mavqeining o’zgarishi xal qiluvchi ta’sir 
ko’rsatadi. Maktab o’quvchisi bo’lgan o’smirning faoliyati asosan o’qish faoliyatidan 
iborat bo’lib, u maktab doirasi bilan cheklangandir. O’smirning ijtimoiy faoliyati ham 
odatda maktab ichida ro’y beradi. Katta yoshdagi o’quvchi esa boshqacharoq bo’ladi. 
Katta maktab yoshidagi o’quvchi o’smirdan farqli o’laroq o’zidagi oddiy, sezilarli 
ravishda namayon bo’ladigan shaxsiy sifatlarnigina emas, balki shaxsnning ko’p qirrali 
munosabatlarini harakterlovchi ancha murakkab sifatlarni anglashga qodirdir. O’smir 
o’zining xozirgi axvoliga muvofiq ravishda o’ziga baho beradi. O’smir o’zicha “Men 
maktab jamoasining a’zosi” sifatida qandayman deb savol beradi. Katta maktab 
yoshidagi o’quvchi esa o’ziga “Men kelgusi mustaqil hayot uchun qandayman? Men 
yaroqlimanmi?” - deb savol beradi. 
Katta maktab yoshidagi o’quvchilarda o’zini anglash asosida o’z-o’zini 
tarbiyalash odatda xatti-harakatlardagi ayrim kamchiliklarga barham berishiga yoki 
ba’zi bir ijobiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilibgina qolmasdan. Shu bilan birga 
shaxsni umuman, yigit va qizlarda vujudga keladigan umumlashtirilgan ideallarga 
muvofiq ravishda tarkib toptirishiga ham qaratilgan bo’ladi. Olimlar ayrim yigit va 
qizlar fiziologiyasini, genetika nazariyasini o’rganar ekanlar odam organizmi va 
psixikasidagi ko’p narsalar tug’ma bo’ladi, degan xulosaga keladilar. 
Albatta, agar ana shu yigit va qizlarga qarashlarning xato ekanligi ko’rsatib 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
871


berilmasa, o’quvchilar o’z-o’zini tarbiyalashning qayta imkoniyatlarini borligiga 
ishontirilmasa, odam o’z-xatti-harakatlari uchun o’zi javobgar ekanligiga 
ishontirilmasa, ularni o’z-o’zini tarbiyalashga undash qiyin narsa, u natija ham 
bermaydi. 
Katta maktab yoshidagi ahloqiy rivojlanishda e’tiqodning, ahloqiy ongning roli 
kuchayib borishi bilan ajralib turadi. Katta maktab yoshidagi o’quvchilarning xulq-
atvori o’smirlar xulq-atvoriga qaraganda ko’p darajada ularning ahloqiy tasavvurlari 
va tushunchalari bilan ahloqiy ustanovkalar hamda e’tiqod bilan belgilanadi. Huddi 
ana shu yoshda turli sharoit va vaziyatlarda kishining o’zini to’g’ri tuta bilishi tarkib 
topadi. Katta maktab yoshidagi o’quvchilarning ahloqiy ongi ularning jamiyatdagi 
hayoti va faoliyati ta’siri ostida, jamoaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishi ta’siri 
ostida rivojlanadi, odatda o’quvchilar ahloqiy kategoriyalarning mazmuni va 
moxiyatini ancha chuqur tushuna boshlaydilar. Katta maktab yoshidagi bolalar 
ko’pgina ahloqiy tushunchalarning ijtimoiy jihatdan ko’p ma’noli ekanligi bilan 
bog’liq bo’lgan eng nozik tomonlarini ham sevishga qodirdirlar. Burch, vijdon, shaxsiy 
g’ururlik va o’zining qadr-qimmatini bilish tuyg’ulari haqidagi eng murakkab 
tushunchalar yuqori sinf o’quvchilarini chuqur va har tomonlama tushunib olish 
etarlidir. 
Katta maktab yoshidagi balog’atga etganlik tuyg’usi o’ziga xos o’zgarishga 
uchraydi. Bu tuyg’u chuqurroq va jiddiyroq bo’lib qoladi. Katta maktab yoshidagi 
o’quvchilar o’zlariningg balog’atga etganligini erga urishlariga, o’zlariga bolalar kabi 
munosabatda bo’lishlariga, o’smirlarga qaraganda xali kamroq murosa qilishga 
moyildirlar. Katta maktab yoshidagi bolalar katta bo’lib qolganlik tuyg’usi o’ziga xos 
harakterga ega bo’ladi. Katta maktab yoshida o’quvchilarning kattalar bilan teng 
huquqli ekanligini haqiqiy ravishda yoki soxtalik bilan tan olmaslik tufayli kelib 
chiqadigan nizolarning keskinligi biroz yo’qoladi. 16 yoshda o’quvchi pasport oladi, 
uning kino va teatrga borishidagi cheklashlar kamayadi. Katta maktab yoshidagi 
o’quvchi ko’p o’tmay 18 yoshga to’lib, saylash huquqiga, nikohdan o’tish huquqiga 
ega bo’ladi. Bu yigit va qizlarning katta bo’lib qolganligini e’tirof qilishning ob’ektiv 
belgilaridir. 
Keyingi vaqtlarda psixologlar qiziqarli faktni aniqladilar. Birinchidan, yuqori 
sinfdagi o’quvchi qizlar, o’smir qizlar singari, o’g’il bolalar va o’spirinlarga qaraganda 
kattalarning ta’siriga ko’proq berilishiga moyildirlar. Katta maktab yoshidagi o’quvchi 
shaxsining tarkib topishiga tengdosh jamoasi ta’sir ko’rsatadi. Jamoa umumiy 
maqsadni, jamoa o’zaro munosabatlarini, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar o’rtasidagi 
ahloqiy munosabatlarni, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar o’rtasida ahloqiy 
munosabatlarni rivojlantirishda muayyan ta’sir o’tkazadi. 
Mustaqil mehnat faoliyatiga o’tish istiqbolning ta’siri ostida katta maktab 
yoshidagilar uchun harakterli bo’lgan kelajak maqsadlar sari yo’nalish tarkib topadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
872


Katta maktab yoshi hayotda o’z-o’zini aniqlab olish yoshi bo’lib, bu vaqtda o’quvchi 
o’zining mehnatdagi iste’dodini jiddiy ravishda izlay boshlaydi, unda o’zining 
kelajakdagi kasbini belgilab olish intilishi paydo bo’ladi. 
Oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali amalga oshirish 
uchun talabalar bilan o’qituvchilar o’rtasida uzluksiz ta’sir ko’rsatish hukm surishi 
lozim. O’qituvchi bilan talabaning hamkorligidagi faoliyati negizida tarbiya ishlarini 
to’g’ri yo’lga qo’yish muammosi yotadi. Bu muammo oliy maktab psixologiyasida 
juda kam tadqiq qilingani sababli huddi ana shu muammo yuzasidan kengroq muloxaza 
yuritish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotlarda talabalar deganda moddiy va ma’naviy 
ishlab chiqarishdagi ijtimoiy hayotga va mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida 
va maxsus dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoy guruh tushuniladi. 
Talabalik davri o’smirlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo’lib 17-22 (25) 
yoshni o’z ichiga oladi va o’zining qator betakror xususiyatlari va qarama- qarshiliklari 
bilan harakterlanadi. Shu boisdan o’spirinlik davri shaxsining ijtimoiy va kasbiy 
mavqeini anglashdan boshlanadi. Mazkur pallada o’spirin o’ziga xos ruxiy inqiroz 
tanglikni boshidan kechiradi, jumladan kattalarning har-xil ko’rinishdagi (unga yoqish 
yoki yoqmasligidan qayotiy nazar) rollarni tez suratlar bilan bajarib ko’rishga intiladi, 
turmush tarzining yangi jixatlariga ko’nika boshlaydi katta odamlarning turmush 
tarziga o’tish jarayoni shaxsning kamol topish xususiyatlariga bog’liq ichki qarama-
qarshiliklarni keltirib chiqaradi. 
Talabalarga mustaqil bilim olish, o’z faoliyatini o’zi tashkil qilish, o’zini-o’zi 
boshqarish, yangi g’oyalarni ishlab chiqish va xokazolarni o’rgatish muhim 
ahamiyatga ega. Bu vazifalarni amalga oshirishning asosiy omili monologik ma’ruza 
shaklidan diologik (talaba va o’qituvchining muloqotiga asoslangan) ma’ruza shakliga 
o’tish zarur. 
Psixologlardan B.G.Anan’ev, N.V.Kuzimina, N.F.Talizina, V.YA.Lyaudis, 
I.S.Kon, 
V.T.Lisoveskiy, 
A.A.Bodolev, 
A.V.Petrovskiy, 
M.G.Davletshin, 
I.I.Ilg’yasov, 
A.V.Dimitreva, 
Z.F.Esarova, 
A.A.Verbitskiy, 
V.A.Tokareva, 
E.G’.G’oziev va boshqalarning tadqiqotlariga ko’ra, oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish 
talabalar uchun juda og’ir kechadi, chunki bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari, 
hislatlari, sifatlari, takomillashish bosqichida bo’ladi. Mazkur yosh davridagi ijtimoiy-
psixologik o’sishning xususiyatlaridan biri o’qish faoliyatining ongli motivlari 
kuchayishidir. Talabalarda ahloqiy jarayonlarning o’sishi sust amalga oshsa-da lekin 
xulqning eng muhim sifatlari mustaqillik, tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik va 
xokazolar takomillashib boradi. Shuningdek, ularda ijtimoiy hollarga, voqelikka 
ahloqiy qoidalarga qiziqish, ularni angalshga intilish tobora kuchayadi. 
Psixologlarimizning tadqiqotlari shaxs hayoti tajribasini egallashida unda 
o’zligini anglash vujudga kelishini, jumladan, shaxsiy hayotining mazmunini anglashi, 
aniq turmush rejalarini tuzish, kelajak hayot yo’lini belgilashi va xokazolar amalaga 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
873


oshishini ko’rsatadi. Talaba asta-sekin mikroguruxning notanish sharoitlariga ko’nikib 
boradi, o’zining haq-huquqlari va majburiyatlarini bila boshlaydi, shaxslararo 
munosabatining yangicha ko’rinishini o’rnatadi, turmushdagi ijtimoiy rollarni amalda 
sinab ko’rishga intiladi. Ulardagi romantik his-tyg’ular voqelikka muayyan 
yondoshishiga birmuncha halaqit beradi. Chunki ular turmushdagi yutuqlar va 
muvaffaqiyatsizlikning ijtimoiy-psixologik ildizlari nimadan iborat ekanligi to’g’risida 
aniq tasavvurga ega bo’lmaydilar. 
Yosh fiziologiyasi va psixologiyasi fanlarida to’plangan materiallar tahlilidan 
ko’rinadiki, talaba 17-19 yoshda ham o’z xulqi va bilish faoliyatini ongli boshqarish 
imkoniyatiga ega bo’lmaydi va shunga ko’ra xulq motivlarining asoslanmaganligi, 
uzoqni ko’ra olmaslik, extiyotsizlik kabi holatlar ruy beradi. V.T.Listovskiyning 
fikricha, 19-20 yoshlarda ayrim salbiy xatti harakatlar ko’zga tashlanadi. Mazkur 
yoshda xohish va intilish iroda va harakterdan ancha ilgarilab ketadi. Bunda odamning 
hayotiy tajribasi alohida rol o’ynaydi, chunki talaba shu tajriba etishmasligi natijasida 
nazariya bilan amaliyotni, fantaziya bilan reallikni, romantika bilan ekzotikani, haqiqat 
bilan illyuziyani, orzu bilan xohishni, optimizm bilan qattiylikni aralashtrib yuboradi. 
Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida o’zini o’zi kamolatga 
etkazish jarayoni muhim rol uynaydi, lekin o’zini boshqarishning tarkibiy qismlari 
(o’zini-o’zi taxlil qilish, nazorat etish, baxolash, tekshirish va boshqalar) ham alohida 
ahamiyat kasb etadi. Ideal (yuksak, barqaror, barkamol) ‘men’ni real ‘men’ bilan 
taqqoslash orqali o’zini-o’zi boshqarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega 
bo’ladi. Talabaning nuqtai-nazaricha, ideal ‘Men’ ham muayyan mezon asosida etarli 
darajada tekshirib ko’rilmagan, shuning uchun ular goho tasodifiy, g’ayritabiiy his 
etilishi muqarrar, binobarin, real ‘men’ ham shaxsning haqiqiy bahosidan ancha 
yiroqdir. Talaba shaxsning takomillashuvida bunday ob’ektiv qarama-qarshiliklar o’z 
shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonchsizlikni, o’qishga nisbatan esa salbiy munosabatni 
vujudga keltiradi. Jumladan o’quv yili boshida talabada ko’tarinki kayfiyat, oliy o’quv 
yurtiga kirganida zavqu-shavq tuyg’usi kuzatilsa, ta’limning shart-sharoitlari, 
mazmuni, moxiyati, kun tartibi, muayyan qonun va qoidalari bilan yaqindan tanishish 
natijasida uning ruxiyatida keskin tushkunlik ro’y beradi.
Xulosa.
Yuqorida aytilgan ichki va tashqi vositalar, omillar ta’siri oqibatida uning 
ruhiy dunyosida umidsizlik, ruxiy parokandalik kayfiyati, ya’ni istiqbolga 
ishonchsizlik, ikkilanish, xadiksirash, kabi salbiy his-tuyg’ular namoyon bo’ladi. 
Bizningcha oliy maktabda tarbiya ishlarini rejalashtirishda ta’lim jarayonida talabaga 
o’ziga xos munosabatda bo’lish mazkur davrning muhim shartlaridan biridir. 

Yüklə 209,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə