|
O`ta xavfli infeksiyalarOldini olish. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, aholining sanitariya madaniyatini oshirish, ochiq suv manbalari suvini qaynatib ishlatish
|
səhifə | 2/6 | tarix | 17.06.2023 | ölçüsü | 3,17 Mb. | | #117605 |
| 1403278726 44398Oldini olish. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, aholining sanitariya madaniyatini oshirish, ochiq suv manbalari suvini qaynatib ishlatish. - Oldini olish. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, aholining sanitariya madaniyatini oshirish, ochiq suv manbalari suvini qaynatib ishlatish.
- O`lat (Chuma). Limfa tugunlari, o`pka, me`da-ichak va boshqa a`zolarning yallig`lanishi, og`ir intoksikatsiya bilan kechadigan o`ta xavfli yuqumli kasallikdir.
- Sababi. Kasallikni o`lat tayoqchasi deb ataluvchi mikrob qo`zg`atadi. Kemiruvchilar (ularning 200 ga yaqin turi mavjud) mikroblarni tashib yuruvchi manba bo`lib hisoblanadi. Infeksiya teri, nafas yo`llari, oziq-ovqat, idish-tovoq, suv orqali yuqadi.
- Belgilari. O `lat uch turda kechadi:
- l.O`latning bubon turida - qo`ltiq osti, bo`yin, chov sohasidagi limfa bezlari yallig`lanadi, kattalashadi, yiringlaydi, tana harorati yuqori bo`ladi.
- 2.O`latning o`pka turida - o`pka to`qimasi yallig`lanadi. Bemor yo`taladi, balg`am ajraladi, nafasi qisadi, tana harorati yuqori, umumiy ahvoli juda og`ir bo`ladi.
- 3.O`latning septik turida - limfa bezlari va o`pkadagi mikroblar qonga o`tib tananing hamma to`qima va a`zolarini zararlaydi. Tana harorati juda yuqori bo`ladi, og`iz, burun, ko`z shilliq pardalarida qon quyilishi nuqtalari paydo bo`ladi, bemor qon aralash qusadi, najas suyuq qon aralash bo`ladi, umumiy intoksikatsiya yuzaga keladi. Jigar, taloq kattalashadi, buyraklar, yurak muskuli yallig`lanadi.Qon aylanishi buziladi.
Tibbiy yordam. l.O`latga shubha qilingan bemor zudlik bilan tez yordam chaqirib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilishi kerak. - Tibbiy yordam. l.O`latga shubha qilingan bemor zudlik bilan tez yordam chaqirib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilishi kerak.
- 2.Bemorni parvarish qiluvchi va davolovchi tibbiy xodimlar maxsus kiyimda ishlashlari kerak (2 qavat xalat, qo`lqop, og`iz-burunga niqob, ko`zoynak, rezina yoki matodan tayyorlangan etik).
- 3.Bemorning kiyimlari, chiqindilari kuydiriladi. Uning xonasi har kuni 3 marta 0,5 % xloramin yoki xlorli ohak, 3 % lizol eritmalari bilan dezinfeksiya qilinadi.
- 4.Antibiotiklardan tetratsiklin, doksitsiklin, streptomitsin, refampitsin, xinoksidin kabilarning 1-2 tasi qo`llanishi mumkin.
- 5.Intoksikatsiyaga qarshi 5 % glukoza, gemodez, natriy xlor - 0,9 %, qon zardobi vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi.
- 6.Yurak-tomir faoliyatini yaxshilash uchun strofantin yoki korglyukon 0,5-1 ml, glyukoza - 20%-20ml bilan vena tomiriga sekinlik bilan yuboriladi.Shuningdek, kordiamin, kamfora, kofein (bittasi) teri ostiga yuborilishi mumkin.
- Oldini olish. 1.Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, aholining sanitariya madaniyatini oshirish bo`yicha muntazam ravishda sanitariya oqartuv tadbirlarini o`tkazish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|