Ov. Bkkiston kkspl blikasi


Navro’z bo’yicha arabcha “burjiy” oy kalendari



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə41/53
tarix22.12.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#153984
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
Dinshunoslik. Maxkamov Q (2) (3)

Navro’z bo’yicha arabcha “burjiy” oy kalendari


Arabcha nomi
Fors-oj'ikcha nomi
O’zbekcha nomi
qaysi oyga to’g’ri kelishi




1 Hamal

Barra

Qo’y

Mart-aprel

2 Savr

Gav

Buqa

Aprel-may

3 Javzo

Dunaykar

Egizak qiz

May-iyun

4 Saraton

Harchang

Qisqichbaqa

Iyun-iyul

5 Asad

Sher

Arslon

Iyul-avgust

6 Sumbula

Xushe

Boshoq

Avgust-sentyabr

7 Mezon

Tarozi

Torozi

Sentyabr-



8 Aqrab

Kajdum


Chayon


oktyabr
Oktyabr-noyabr

9 Qavs

Kamon

Yoy

Noyabr-dekabr

10 Jadiy

Buzg’ola

Tog’ echkisi

Dekabr-yanvar

11 Dalv

Dul

Qovg’a(chelak)

Yanvar-fevral

12 Hut

Mohi

Baliq

Fevral-mart



Munozara uchun savollar

  1. G’oyaviy siyosiy xarakat deganda nimiani tushunasiz?

  2. Islom ta’limotining mohiyati nimadan iborat?

  3. Islom dini qachon paydo bo’lgan?

  4. Nima sababdan Islomda sunniy va shia mazhablari paydo bo’lgan?



Adabiyotlar


  1. Radugin A.A. Vvedenie v religiovedeniya. Moskva. 1996.

  2. M o’minov A. Hammualliflikda. Dinshunoslik asoslari. Darslik. T„ 2004.

  3. A.E.Abdusamedov. Dinshunoslik asoslari. T. 1995 y.

  4. Yo’ldoshxo’jaev va boshqalar. Dinshunoslik. 2000-2004 y.

112
  1. MAVZU: XALQIMIZ MA’NAVIY YUKSALISHIDA DINLARNING 0 ‘RNI


Reja:

  1. Zardushtiylik dininng vujudga kelishi

  2. Avesto - xalqimiz diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bebaxo ma’naviy meros

  3. Musulmon renessansi” - Sharq uyg‘onish davri ma’naviyatining xususiyatlari.

Mavzuning o ’quv maqsadi: Ushbu mavzuda talabalar zardushtiylik dinining paydo bo’lishi O’rta Osiyo xalqlari tarixida tutgan o ’mi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladilar.
Tayanch iboralar: Zardusht, Avesto, Shoxnoma, renesans, qadriyat, meros, an’ana, ta’limot.
Sharq, xususan Turkiston bilan Eron xalqlarining falsafiy fikrlari tarixini zardo’shtiylik dini va uning yozma manbasi bo’lgan “Avesto” kitobisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Mazkur din va “Avesto” to’g’risida Sharq va G’arb olimlari juda ko’p yaxshi ma’lumotlar qoldirganlar. Masalan, marhum akademik Ibrohim M o’minov “Avesto” Turkiston, Eron, Ozarbayjon xalqlarining shu mamlakatlarni arablar tomo-nidan bosib olgunga qadar (VII-VIII asrlar) bo’lgan davrlari-da yaratilgan falsafiy, ruhiy, etnografik, tabiatshunoslik sohalaridagi bilimlarning yozma manbasi, deb hisoblaydi.
Sharq xalqlari orasida juda mashhur bo’lib kelayotgan “Shohnoma” dostonining muallifi Abdulqosim Firdavsiy dostondagi “Gushtop” alohida boblarini “Avesto”ga bag’ishlagan, Turkiston va Eron xalqlarining islom dini kirib kelgungacha bo’lgan dini zardo’shtiylik dini edi. Bu dinning asoschisi payg’ambar Zardo’sht degan xorazmlik olim edi. Zardo’sht Sharqning donishmandlar peshvosi, birinchi faylasufi, notig’i, shoiri, din qonunshunosi hisoblangan. Tadqiqotchi olimlaming ko’rsatishicha, Zardo’sht eramizdan oldingi VI asrda yashagan. U Xorazm hokimligiga qarashli chorvadorlik bilan shug’ullangan Spitama urug’idan bo’lgan. Otasining Paurushaspa, onasini esa Dugdava deb atashgan. Bolaligidanoq ot va tuya boqish bilan shug’ullangan. Zardo’sht chorvador qavmlari orasida yurib,

113
ulaming urf-odatlari, diniy rasm-rusumlarini o’rgangach, har xil e’tiqoddagi kishilar bilan suhbatlashgan.


Zardo’sht ilgari surgan g’oyaning asosini ikki bosqich tashkil qiladi: mutloq g ’oya - Axuramaz-daning yakkayu-yagonaligini tan olish. Yaxshilik bilan yomonlik, rostgo’ylik bilan yolg’onchilik, zulmat bilan nur o ’rtasidagi doimiy kurash haqidagi ta’limot. Zardo’sht ta’limoti tobora xalqqa kuchli ta’sir o ’tkazayotganini sezgan muxoliflari unga qarshi qat’iy kurashga kirishadilar. Hayoti xavf ostida qolgan Zardo’sht bir guruh tarafdorlari bilan Eronga qochib o’tadi va o’z ta’limotini uzil- kesil shakllantiradi.
“Avesto” zardo’shtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lib, uning dastlabki 1300 bobi Zardo’sht tomonidan eramizdan avvalgi 548-529 yillarda yozilgan. Keyinchalik Eronda otash-parastlik dini ulamo- kohinlar tomonidan to’ldirilib, tako-millashtirildi. Bu kitob 12 ming ho’kiz terisidan ishlangan teriga yozilgan. Makedoniyalik Aleksandr Makedonskiy sharqni zabt etganda “Avesto”ning nodir nusxasini Elladaga (Gretsiya-ning shimoliy qismi) olib ketgan, kerakli boblarini grek tiliga tarjima qildirgan, qolgan boblarini esa kuydirib tashlagan. Eramizning birinchi asrida ashkoniylar hukmdori Valages Arshakid va III asrda Husrav Parviz, shopuri Xurmuzd davrlarida «Avesto» bir necha bor ko’chirilgan, qayta tiklan-gan(bir qismi xolos).
VH-asrda arablar Eronni bosib olgan vaqtda zardo’shtiylikka sadoqatli bir necha ming mahalliy aholi janubiy Hindistonga qochib ketadilar. Ular o ’zlari bilan “Avesto”ning to’rtdan bir qismining eng nodir nusxalarini, madaniyat, e’tiqodga doir yodgorliklarini ham olib ketganlar. 1723 yili ingliz olimi Jorj Bouja “Avesto”ning bir nusxasini Oksford kolledjining kutubxonasiga olib borib topshiradi. Bir necha yil otashparastlar orasida yurib, ulaming qadimgi tili va odatlarini o’rgangan frantsuz olimi Anketil Dyupperan 1711 yili “Avesto”ning bir qismini so’z boshi, asl matn va tarjimasi bilan nashr etadi. Bu ishlar oqibatida G ’arbiy Evropada “Avesto”ga qiziqish va uni o ’rganish avj olib ketadi.
Hozirgi davrda “Avesto”ning qo’lyozmasi Hindistondagi Bombey shahrida Koma sharqshunoslik ilmgohida saqlanmoqda. Bu ilmgoh zardo’shtiylaming madaniy markazi bo’lib, shu jamoa mablag’iga ishlaydi. “Avesto” 1615 yilda Parfiyona yozuvida ko’chirilgan bo’lib,
114
672 betdan iborat, Bizga etib kelgan “Avesto” quyidagi qismlardan iborat:

  1. Yasna - ibodat paytida ijro etiladigan matnlar. 72 bobdan iborat bo’lgan bu qismning 17 bobi Zardo’sht qo’shiqlari - Got madhiyalaridan iborat.

  2. Yasht - otashparastlaming xudoni tavsif etadigan maxsus ohanglar asosiga qurilgan madhiyalari.

  3. Vendidod - devlarga, zulmat timsoliga qarshi qonunlar majmuasi. Mazkur bo’limda diniy qonunlaming matni, qadimgi dostonlar, afsonalaming mazmuni, parchalar saqlangan afsonaviy qahramonlaming ismlari zikr etilgan.

  4. Vis parad - Butun borliq xudoniki. Ibodatlar to’plami, ibodat qoida-tartiblari.

Unda chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan bog’liq juda ko’p lavhalar, mulohazalar bayon etilgan. Xalqiga hamisha g’amxo’r bo’lgan payg’ambar Zardo’sht qurg’oqchilik kelib, ko’plab chorva mollari qirilib ketayotga-nidan tashvishga tushgan holda, bu ofatdan qutqarishni iltijo qilib xudo Axuramazdaga yolvoradi.
«Avesto»da eramizdan avvalgi 2 ming yildan yangi eraning VII asrigacha bo’lgan davrdagi Turon va Eron xalqlari tarixiga doir, Sirdaryo va Amudaryo sohillarida yashaydigan xalqlaming ijtimoiy turmushiga oid ma’lumotlar berilgan. Chunonchi, kitobda ajdod- avlodlarimizning kasb-kori, savdo-sotig’i, qo’shni xalqlar bilan siyosiy va madaniy aloqalari, tijoratlari bayon qilingan. Har bir kasb, hunar egasining jamiyatda tutgan o’mi alohida qayd etilgan. Dehqonlar bilan chorvadorlar jamiyat moddiy boyliklarini yaratuvchi kuchlar sifatida ta’riflangan.
Musulmon adabiyotida ustuvorlik qilgan she’riyatni rivojlanishida sufiylik katta rol o’ynadi. Sufiylar o ’zlarining chuqur hissiy-rahiy holatlari, yaratuvchiga bo’lgan e’tiqodini tinglovchilariga etkazish, individual ta’sir etish mahoratini namoyish etganlar. Islom tadqiqotchilardan bo’lgan. G.Gryunbaumning ta’kidlashicha, tahliliy, ma’joziy boy ifoda vositalariga ega bo’lgan mukammal ifoda shakli, chuqur mazmun uyg’unligini o’zida mujassam etgan takbir imkoniyatlarini musulmon madaniyati doirasidan tashqarida topish mumkin emas. Sharqning barcha yirik allomalari-Sanoiy, Jomiy, Rumiy,
115
Sa’diy, Hofiz, Nizomiy, Navoiy singari ijodkorlari suflylikka u yoki bu tarzda aloqador bo’lganlar.
Shuningdek, musulmon Sharqida ham islom e’tiqodidagilar va sufizm vakillari o ’rtasida murosasiz to’qnashuvlar sodir bo’ldi. Haqiqatni bilishni inkor qiluvchilar va haqiqatga muroqaba yo’li bilan yaqinlashish mumkin deyuvchilar (Al-Ashiriy, G’azzoliy, Junaydiy, Bistomiy) hamda aqliy bilishni ustun qo’yuvchi mashhur faylasuflar Forobiy, Ibn Sino, Beruniy) ta’limoti vujudga keldi. Evropa madaniyatida bu munozaralar natijasida idrok va e’tiqodning ajralishi sodir bo’ldi. Musulmon Sharqida boshqacharoq yo’nalish ustunligi qildi. Bunda ilm va idrok har doim faqat ma’naviy yuksalish yo’lidagi bosqich sifatida qaralgan, idrok va ilm boshqa maqsadiga qaratilishi mumkin emas. Shuning uchun ham 9-16 asrlardagi arab tiliga asoslangan tajriba fanlari va falsafa taraqqiyotidagi katta yutuqlaming barchasi dindan ajralmagan holda sodir bo’ldi, ilmning bosh vazifasi hayot uchun zarur hisoblangan ma’naviy asosni qidirishda davom etgan.
Islomiy an’analaming asosiy o ’ziga xosligi shundaki, uning negizi diniy va dunyoviy, ilohiy va oddiy tafovut asosiga qurilmasdan, mutloq
«sof diniy» mazmunga egadir. Islomda hech qachon xristianlikdagi singari diniy aqidalami qonunlashtiruvchi Vselensk sobori kabi institutlar bo’lmagan. Islomdagi teokratik ideal davlat bilan bir qatorda turuvchi alohida diniy institut (cherkov) g ’oyalari bilan muvofiq kelmagan. Islomda e’tiqod aqidalarini ishlab chiqish va sharhlash davlat yoki diniy muassasaning, xalifalarning sud qilish ishlariga kirmagan. Jamoatchilik flkrining shakllanishi xususiy shaxslar, diniy arboblar (ulamolar) zimmasida bo’lib, ularning obro’yi diniy bilimlarga asoslangan. Har bir musulmon Qur’on va hadisga zid bo’lmagan diniy masalalari bo’yicha o ’z fikrini bildirish huquqiga ega bo’lgan.
Musulmon Sharqida bu jarayon bir oz boshqacha kechdi. Har bir e ’tiqodli mo’min-musulmon arab tilini bilishi va Qur’onni o ’qiy olishi farz bo’lgan. Qur’onning yozilishi jarayonida arab tilining ham taraqqiyoti boshlanadi. 8 asrda As-Sibavayxiy arab grammatikasiga oid asar yozadi, XIII asrda arab tilining ikkinchi lug’ati yaratildi, bu As- Sag’aniyning lug’ati va Ibn-Manzuriyning «Arablar tili» lug’atlaridir. VIII-XV asrlarda qadimgi Yunon olimlarining deyarli barcha asarlari, shuningdek hind, shorn va fors mualliflari asarlari ham arab tiliga
116
tarjima qilingan. Falsafa, astronomiya, matematika, tibbiyotga oid ilmiy atamalar deyarli ishlab chiqildi. Arab tili o’rta asrlardagi eng taraqqiy etgan tillardan biri bo’lishi bilan birga, Hindistondan to Ispaniyagacha bo’lgan xalqlami birlashtiruvchi xalqaro til bo’lib hisoblangan.
Musulmon madaniyatining o ’ziga xos xususiyatlaridan biri ilm va kitobga muhabbatdir. Yangi arabiy janr-adabning shakllanishi bilan ilmga bo’lgan ishtiyoqni qondirib, turli fanlaming mazmunini ommabop shaklda ifodalash imkoni yaratildi. Ta’lim olish xuddi qadimgi Xitoydagi kabi nufiizga ega bo’ldi. Musulmon Sharqida ma’lumotli kishi hokimiyatning eng yuqori pog’onasiga chiqishida oqsuyaklar bilan teng turgan. Ko’pincha Sharq hukmdorlari saroyida shoirlar, faylasuflar, ilohiyotchilar, tarixchilar, qonunshunoslar, tabiblar, mirzolar, munajjimlar saroy xizmatchisi sifatida ma’lumotli kishilarga katta ehtiyoj bo’lgan. M a’lumotli kishi grammatikani, ritorikani, geografiyani, tarixni yaxshi bilishi, kiyinishni farqlash, she’r yozish qobiliyatiga ega bo’lishi, o ’z joyida askiya, hikoya ayta bilishi zarur bo’lgan. Turli xil ta’lim tizimi: diniy ta’lim beruvchi maktab va madrasalar, shuningdek, dunyoviy ta’lim-xususiy maktablar rivojlandi.
Diniy madaniyat umuminsoniy madaniyat taraqqiyotining eng muhim davri hisoblanadi. O’rta asrlar davrida davlatchilik, millatlaming yangi shakllari vujudga keldi, hozirda muomalada bo’lgan tillar shakllanib, ta’lim va fan tizimi yanada taraqqiy etdi. Fanning turlari va uslublari zamonaviylik kasb etib bordi. A.Gumbold aytgani kabi, arablar
«tabiiy fanlar ijodkori» bo’lib, ular tajriba va mezon yo’Iiga asos soldilar. IX asrda musulmon Sharqida rasadxona qurildi; yulduzlaming aniq joyi belgilangan katalog tuzildi; geometriya, triganometriya, optika, alximiya, mexanika, tibbiyot, jug’rofiya sohalari bo’yicha ko’plab asarlar yozildi. Ulug’ alloma Al-Xorazmiy matematikaning yangi tarmog’i bo’lgan algebraga asos soldi. Buyuk Sharq olimlari Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdiy kabi ko’plab allomalar VIII-XIII asrlarda badiiy qadriyati yuksak yodgorliklar yaratildi: Al-Hamrodagi Saroy, Qurdoba, Jazoir, Sammadra, Dehlidagi masjidlar, Reyms, Parijdagi gotika uslubidagi soborlar, Istambuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi; ajoyib ikona va haykaltaroshlik asarlari, kalligrafiya va kitob miniatyurasi, ayniqsa Sharqda she’riyat yuksak darajada taraqqiy etadi. Bu sohalarda asosiy g’oya yaratuvchilik, hayotbaxshlik bo’lib,
117
Muhabbat va Idrok ijtimoiy taraqqiyotning bosh harakatlantiruvchi kuchi sifatida e’tirof qilinadi. Ilohiy ishq, she’riy san’at shoirlaming asosiy mavzui bo’lib qoldi. Bu janrlar aniq badiiy shakl kasb etib, keyingi asrlar badiiy madaniyatining mazmunini boyitdi.
O’rta asr Sharqi madaniyatida tabaqaviy submadaniyatlar emas, balki ikki yirik madaniyat-shahar va ko’chmanchilar madaniyati ajralib turadi. Shahar sharoitida “Yusuf va Zulayxo”, “Layli va Majnun”, “Lubna va Qays” singari dostonlar turli poetik shakl va janrdagi adabiy asarlar (qasida, masnaviy, g’azal, madxiya, ruboiy makorn), hikoya va ertaklar (1001 kecha ertaklari, Kalila va Dimna), latifa va rivoyatlar yaratildi. Miniatyura bezagiga boy kitoblar, musiqa san’ati va raqs janrlari xalq orasida keng tarqaldi.
Uyg’onish davri tadqiqotchilar asarlarida turlicha baholanib, turlicha yondashuvlarga sabab bo’ldi. Xususan, Uyg’onish yo’nalishi umumjahon jarayoni sifatida Xitoyda VII-VIII asrlarda boshlanib, IX- XII asrlarda Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqni qamrab oldi, XIV-XVI asrlarda Evropada takomiliga etdi. Shuningdeek, tadqiqotchilar Uyg’onish davrining bosh maslakdoshi haqiqiy gumanizm bo’lganligini bir ovozdan e’tirof qiladilar. Uyg’onish davri madaniyati - diniy madaniyat taraqqiyotining va yangi texnika madaniyati rivojining bog’lovchisidir.



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə