Ov. Bkkiston kkspl blikasi


Ularning erlariga musulmonlar ко’chib kelib joylashadi. Bu vaqtdan keyin musulmonlar bilan yahudiylar murosasi yomonlashadi



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə35/53
tarix22.12.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#153984
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
Dinshunoslik. Maxkamov Q (2) (3)

Ularning erlariga musulmonlar ко’chib kelib joylashadi. Bu vaqtdan keyin musulmonlar bilan yahudiylar murosasi yomonlashadi.
Banu Nazir qabilasi bilan urush bo’lib turgan vaqtda bir necha musulmon qaerdandir ichkilik topib ichishadi va kayf qilib, o’zaro janjallashadilar. Shu munosabat bilan Qur’onning 5-Moida surasidagi 90-oyatda aroq va boshqa kayf qiladigan ichkilik harom, deb ko’rsatilgan. Shuni ham aytib o’tish kerakki, ichkilikni Qur’onda birdaniga harom deyilgan emas. Avval, Makka davrida kayf qiladigan ichimlik Xudo bergan rizq (musallas uchun) kunjut, zaytun yog’ini siqib olish kabi Allohning ne’matlaridan deyilgan (12-sura 49-oyat). Madinaga xijrat qilingach, oradan ko’p o’tmay, maydan ma’lum foyda ham bor, lekin uning foydasidan zarari ko’proq deyilgan (2-sura 219- oyat). Payg’ambaming yaqin safdosh-laridan biri Amir Ibn Avf (Uhud jangidan so’ng) kayf bilan namozga kirib, Qur’on surasini buzib o’qiydi. 4-sura 43-oyatdagi “kayf holatingizda namozga yaqinlashmangiz”, degan ko’rsatma ana shu hodisa bilan bog’liq hisoblanadi. Ichkilikbozlikning musulmonchilikka zid, ahloq-odobga xilof, jamiyatga zararli ekanligini yodda saqlamoq darkor, buni bizga Rasulullohimiz aytib ketganlar.
Uhud jangidan keyin Muhammad payg’ambar rahbarligida atroflardagi badaviy arablari musulmonlikka dohil qilindi, jamoa mustahkamlandi. Payg’ambarimiz diniy rahbar, bosh imom ham harbiy qo’mondon (lashkarboshi), ham ma’muriy rahbar sifatida hamma tan olgan buyuk shaxsga aylandi.
Hijratdan keyingi o’tgan 3 yil ichida huquqiy va ahloqiy munosabatlami takomillashtirishga qator karor va qonunlar kiritiladi va

85

ular keyinchalik islom shariatida mustahkam o’rin egallaydi.625 yilning oxiri 626 yilning boshlarida vahiy qilingan 4-surada oila, nikoh, vorislik, etim-esirlar huquqi kabi 2-suradagi (Uhud, jangidan keyin) masalalar yanada batafsilroq aytib o ’tilgan. Mukammal yangi qonun-qoidalar (4- suraning 1-39, 127-130-oyatlar), shuningdek jihod urushlarida ishtirok etish, shahidlar va ulaming oilalari haqidagi qoidalar vahiy etilgan (4- suraning 71-104-oyatlari).


Shuningdek, Badr va Uhud janglarida, oraliqdagi 10 dan ortiq mayda to’qnashuvlarda, jami 180 dan ortiq kishi halok bo’lgan edi. Ulardan qolgan tul xotinlaru etim bolalaming turmushi va ta’minoti masalasi paydo bo’lgandi. Etimlar va bevalami boqish, tarbiyalash maqsadida to’rttagacha xotin olishga ruxsat etilgan. Lekin ularga teng qaray olmagan kishi bo’lsa bitta xotin olsin, hatto o’z cho’risiga uylansin, deyishning mohiyatida shahvatparastlik emas, balki vujudga kelgan murakkab ijtimoiy, huquqiy va ahloqiy muammolami hal qilish zaruriyati yotadi.
Bu masalada musulmonlarga ibrat bo’lish uchun payg’am-baming o’zi Uhud jangida yaralanib, keyin vafot etgan yaqin safdoshi Abu Salama ibn Abdul Asadning xotini Ulima Salamaga 626 yilning mart oyida uylanadi va uning etim qolgan ikki o’g’ilchasini o ’z tarbiyasiga oladi.
Feodalizm sharoitida o ’rta asrlar musulmon mamlakat-larida diniy mutaassiblik kuchayadi, ilk islomga xos demok-ratik va insonparvarlik g’oyalarining mazmuni unutiladi, boylar va hokimlar uchun etimlarga g’amxo’rlik emas, balki shuhratparastlik va shahvatparastlik tuyg’ulari hamda oilaning mol-mulkini ko’paytirish, o’z manfaat, huquqlarini kuchaytirish kerak edi. Lekin bu mohiyatan ilk islomga xos ahloqiy tamoyillami qo’pol buzish bo’ldi.
Xandak jangi va Xudaybiya ahdnomasi. 627 yilning mart-aprel oylarida yuz bergan “Xandak jangi” islom tarixida muhim rol o ’ynadi.
Makkada Abu Sufyon 10000 kishidan iborat askar to’pladi, Muhammad payg’ambar esa 3000 askar to’play oldi. U Madina atrofiga xandak, ya’ni suv bilan to’ldirilgan chuqurlik qazdirdi. Abu Sufyon qo’shini 627 yilning 31 martida Madinaga etib kelib, mudofaa

86
inshootlarini ko’rib hayratga tushadi. U o ’z qo’shini bilan Madinani qamaiga oladi, lekin na piyodalar, na otliq askarlar xandak himoyachilarini yorib o ’ta olmaydilar. Chunki Madina ahli mudofaachilami o ’q-yoy, oziq-ovqat, suv bilan muntazam ta’minlab turdilar, kamonchilar yaxshi mergan bo’lib dushmanga talofat etkazardi. Qamal 15 kun davom etdi. Makka armiyasi oziq-ovqat, suvsizlikdan juda qiynaladi, norozilik va ruhiy tushkunlik kuchayadi. Natijada Abu Sufyon 14 aprelda qamalni bekor qilib chekinishga majbur bo’ladi. Madinaliklar jangda g’alaba qiladi.


Makkaliklar qaytib ketgach, ahdnomani buzganligi uchun Quraysh
qabilasiga hujum boshlanadi va tor-mor etiladi. Oqibatda ko ’plab askarlar asir olinadi. 1500 ta qilich, 300 ta sovut, 100 ta nayza, 1500 ta qalqon, bir qancha tuya va boshqa hayvonlar o ’lja olinadi, qabila erlari, mol-mulki musulmonlar ixtiyoriga o ’tadi va ular ersiz kishilarga bo’lib beriladi.
629 yil haj vaqtida Muhammad payg’ambar va 2000 kishidan iborat boshqa hojilar ehrom kiyib Makkaga hajga keladilar. Makkaliklar uch kun payg’ambar va uning safdoshlariga Makka va Ka’bani bo’shatib beradilar. Makka ahli payg’ambaming obro’si naqadar balandligi va uning kuch-qudratini ko’rib tan beradilar, unga xayrixohlik qiladilar. Mashhur harbiy sarkarda Xalid ibn Valid birinchi bo’lib islomni qabul qiladi, uning orqasidan Amr ibn al-Os ham islomni qabul qiladi. Abu Sufyon o ’zini yakkalanib qolganini his qiladi. 629 yilda Abu Sufyon Madinaga Muhammad payg’ambar bilan muzokara olib borish maqsadida keladi. Muzokarada m a’lum bo’ladiki, Makka zaiflashgan. U Madina bilan ko’p qon to’kil-masligi uchun sulh tuzishga kelganiigini aytadi.
Muhammad payg’ambar 10 minglik qo’shin to’plab 630 yil yanvar oyining boshida Makkaga yurish boshlaydi. Payg’ambaming yagona tirik qolgan amakisi Al-Abbos yo’lga chiqib uni kutib oladi va islomni qabul qiladi. Makka deyarli jangsiz olinadi. G ’alabadan so’ng payg’ambar Makkani tomosha qiladi. K a’bani ziyorat etadi, u erdagi qabila xudolarining sanamlarini olib chiqib, uloqtirishni buyuradi, devorlardagi rasmlami o ’chirtiradi, keyin u erda namoz o ’qiydi. Ka’ba

87
oldidagi baland zinaga chiqib, umumiy avf-kechirish e’lon qiladi va Ka’bani Islom ibodatxonasiga aylanganligini aytadi. U bundan buyon Ka’baga mushrikiylar kiritilmas-Iigini ta’kidlab o’tadi.


Avf - gunohkor gunohidan o’tmoqlik hamda ularga uqubatu siyosat qilmoqdan voz kechmoqlik.
632-yilning yanvarida Muhammad payg’ambar o ’zi hajga boradi. U 100 ta tuyani qurbonlik qiladi. O’zi bilan olib kelgan Ka’ba yopig’i (arabcha «kisva»)ni Ka’ba ustiga yopadi. Bu an’ana hozir ham saqlanib qolgan. Har yili haj boshlanish oldidan Ka’ba ustiga yangi kisva yopiladi, eskisini hojilarga, parchalab, tarqatiladi.
Muhammad payg’ambar qurbonlikdan so’ng barcha hojilami to’plab ularga xutba aytgan, haj marosimini ado etish bilan bog’liq juda ko’p masalalarga anikqlik kiritgan. Bu payg’am-baming oxirgi haj safari bo’lganligi uchun u islom tarixida “haj-al-vido”’ (vidolashuv haji) deyiladi.
Muhammad payg’ambar hajdan qaytgach bir necha oydan keyin salomatligi yomonlashadi, boshi qattiq og’riydi va dar-monsizlanib yotib qoladi. Bir necha hafta kasal bo’lib yotgandan keyin Rasululloh 632 yil 8 iyunda o ’z uyida vafot etadi. Abu Bakr ba’zi yaqin safdoshlari bilan birga uni yuvib va kafanlab, o ’sha uy ichiga kovlangan qabrga qo’yadilar.
Muhammad vafotidan keyin uning o’rinbosarlari yoki noiblari (arabcha xalifalar) davlatni boshqara boshlaganlar va shu munosabat bilan musulmonlar davlati “arab xalifaligi” deb nom olgan.
Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning “Mendan keyin xalifalik 30 yil davom etadi. Undan so’ng podshohliklar paydo bo’ladi”, degan hadislari bor. (Imom at-Termiziy). Haqiqatdan ham, payg’ambarimiz bashoratlarini tarix tasdiqladi. 30 yil xulofoyi Rashidiylar, Abu Bakr as- Siddiq, Umar bin al-Hattob, Usmon bin Affon, Ali bin Abu Tolib 632- 661 yillar davomida islomni asl holida saqlagan holda xalifalik qildilar. Undan keyingi davrlarda xalifalar emas, balki ummaviylar, abbosiylar sulolalariga mansub bo’lgan podshohlik va amirliklar hukmronlik qildilar9.

9 Динлар какида маълумот. Тошкенг-2000, Буклет. 3-буклам.


88
Dastlab Muhammad payg’ambarning ilk safdoshlaridan biri (Qaynotasi) bo’lgan Abu Bakr Siddiq (hukmronlik davri 632-634 yillar) xalifa deb e’lon qilingan. Shu vaqtda bir qancha arab qabilalari o ’rtasida Madina hukmronligiga qarshi, o ’z mustaqilligi uchun harakatlar ham bo’lgan. Lekin ular tezda bostirilgan. Abu Bakr davrida shimoliy hududlarga hujum boshlangan. Vizantiyaning kuchsiz qo’shinlari jiddiy qarshilik ko’rsatishga ojiz edilar. Abu Bakr vafot qilgach Muhammadga uzoq qarindosh, unga sodiq safdosh bo’lgan Umar ibn-ul-Hattob xalifa etib saylanadi. Uning xalifalik davri (634-644 yillar) 10 yilga cho’zilgan, U ikkinchi xalifa edi. Umar davrida Arabistondagi barcha qabilalar bo’sundirildi va ulami Madina hokimiyati qo’l ostida birlashtirish oxiriga etkazildi. Iqtisodiy, siyosiy hamda mafkuraviy jihatlardan mustahkamlanib olgan arab xalifaligining qo’shni mamlakatlarni bosib olish uchun yurishlarining birinchi bosqichi Umar davrida boshlandi. Bu davrda, ya’ni 638 yili Damashq, 640-yili Quddus (Ierusalim) olindi. Falastin va Suriya erlari to’la ravishda xalifalik qo’liga o’tdi. Shu vaqtning o’zida Mesopatamiya va Eronga ham yurishlar boshlandi. 637 yili arab qo’shinlari Eron poytaxti Tehronga bostirib kirdilar. 644-645 yillarda Hindiston chegaralariga yaqinlashdilar. Shimol va shimoliy-sharq tomonga yurish boshlagan arab qo’shinlari 640 yili Armanistonni bosib oldilar. 639-yilda Misrga hujurp boshlandi va 647 yilgacha arablar shimoliy Afrika sohillarini Tunisgacha egallab oldilar.
Umar zaharlab o ’ldirilgach xalifalik taxtiga Muhammad-ning yaqin do’stlaridan bo’lgan Usmon ibn Affon (uchinchi xalifa) o’tirdi. Uning xalifalik yillari (644-656 yillar) 12 yil davom etgan. U vafot etgach o’miga payg’ambaming kuyovi va amakisining o ’g ’li Ali ibn Tolib o ’tdi va (656-661-yillar) 5 yilgina xalifalik qildi. Usmon va Ali xalifaligi davrida ham istilolar davom etdi. Ayniqsa, Kavkaz va Markaziy Osiyo tomonlarga yurishlar kuchaydi. Qisqa vaqt ichida Gruziya, Ozarbayjon, Eronning shimoliy qismi, Xuroson erlari arablar qo’l ostiga o’tdi va ulaming qo’shinlari Amudaryo sohillariga chiqdi.
VH-asr oxiri va VUI-asr boshlarida (xalifalikda ummaviylar xonadoni hukmron bo’lgan 661-750 yillarda) arablar istilosining ikkinchi davri boshlandi. Shimoliy Afrikada istiloni davom ettirib, u

89
joylar va Ispaniya bosib olindi va uni Al-Andaius nomi bilan xalifalik tarkibiga kiritdilar.


Arab istilochilari VH-asr 70-yillarida Eron hududini bosib olishni tugallab, Markaziy Osiyo erlariga (arablar Movoraunnahr - daryo ortidagi erlar deb ataganlar) avval bosqinchilik hujumlari qildilar, keyinchalik VUI-asr boshlaridan VIH-asr (705-715) o’rtalarigacha bu erlami lashkarboshi Abu Muslim ibn Qutayba to’la bosib oldi. Mahalliy xalqlar arablarga qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Mavorounnahrda ularga qarshi Muqanna, Sumbob, Mug’, Gurak, Divashti boshchiligida yirik xalq qo’zg’olonlari bo’ldi. Arablar mahalliy xalqlar sig’inadigan otashparastlik ibodatxonalarini buzib tashladilar. Kitoblami ma’jusiy kitoblar deb yoqib yubordilar. Mahalliy olimlami, savodli kishilami o ’ldirdilar yoki qul qilib olib ketdilar. Bular to’g’risida 10-asrda yashagan Muhammad Narshahiy o’zining “Buxoro tarixi” degan 2 jildli kitobida va Abu Rayhon Beruniy o ’zining «O’tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar» degan kitobida ma’lumotlar qoldirganlar.
Bosib olingan erlarda islom dinini kiritish uchun hamma vositalar (qurolli kuchlar ham, da’vat, targ’ibot, soliq siyosati ham, pora, imtiyozlar berishlar ham) ishlatildi.
Islom dini IX-X-asrlarda Tataristonda, X-XII-asrlarda Boshqirdistonda tarqaldi.
Qozog’iston va Qirqg’izistonda islomning kiritilishi XlX-asrda ham davom etdi. Shimoliy Kavkaz xalqlari o ’rtasida Islom, XlV-asrda kabardinlar va balkarlar, XlX-asrgacha chechenlar va ingushlar orasida yoyildi.Nisbatan qisqa tarixiy muddat ichida arab xalifaligi o’sha zamondagi eng katta imperiya bo’lgan Vizantiyaning juda katta hududlarini bosib oldi. Eronda Sosoniylar imperiyasi butunlay tugadi. Buning natijasida Amudaryo sohillaridan Shimoliy Afrikagacha, Tbilisi va Darbanddan Yaman va Ummongacha, Ispaniyagacha cho’zilgan yangi davlat - xalifalik vujudga keldi.
Qisqa davrda arab qo’shinlari bunday engil g’alaba qozonishining sababi: bu davrda ularga jiddiy qarshilik ko’rsatadigan kuchning yo’qligi edi. Qadimgi imperiyalar Vizantiya bilan Eron o’zaro urushlarda holdan toygan, xalqlar qattiq jabr-zulmdan bezigan edi. Shimoliy Hindiston, Kavkaz, Markaziy Osiyda ham kuchli yirik davlatlar yo’q edi. Masalan, Markaziy Osiyoda VIII-asr boshlarida 19 ta mayda davlatlar bo’lib, ular
90
o’zaro urush olib borardi. Buxoro Samarqandga, Samarqand Toshkentga yordam ko’rsatmadi. O ’zaro qirg’inbarot urushlar xalqning joniga tekkanligi, islom dinining mahalliy dinlarga yaqinligi va o ’xshashligi, yangi dinning moslashuvchanligi, uni qabul qilish shartlarining engilligi islom tantanasini ta’minlagan omillardan biridir.
Xorazm esa chetda turardi. Bu arablarga engil g’alaba qilishga vaziyatni paydo qilgan edi.
Bosib olingan barcha hududlarda xalifalikka bo’ysunuvchi hokimliklar tashkil topdi, xalqlardan davlat hisobiga va mahalliy hokimiyat uchun o ’nlab soliqlar, o’lponlar yig’ib olinardi. Ko’p shahar va qishloqlarda masjid, madrasalar, diniy maktablar, katta ruhoniylar maqbaralari, ko’plab qalandarxonalar vujudga kelib, islom urf-odatlari va shariat dasturlari turmushga chuqur singib ketdi.
Xalifalikka bo’ysundirilgan xalqlar o’rtasida sadvo-sotiq kuchaydi. “ Ipak yo’li” orqali o’zaro aloqalar olib borildi.
Hozirgi zamonda islom jahon dinidan biri sifatida 125 davlatda tarqalgan, dunyoda 1 milliarddan ko’proq musulmon-lar mavjud. Arabiston yarim orolida, Kichik Osiyoda, Shimoliy Afrikada, Osiyo qit’asida, Evropa, Amerika qit’alarida ham musulmonlar yashaydilar. 28 davlatda islom dini rasman davlat dini hisoblanadi. (Eron, Pokiston. Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Amirliklar, Quvayt va boshqalar). Eng ko’p musulmonlar arablar (136 mln kishi). Indoneziya - musulmon davlatlari orasida aholisi eng ko ’p (153 mln. kishi) mamlakatdir.
O’zbekiston musulmonlari idorasi boshqaruvi ostida rasmiy ro’yxatdan o ’tgan, barcha qulayliklar yaratilgan 2066 masjid, 9 ta madrasa va Ikkiti Islom instituti, bitta Halqaro Islom akademiyasi va 5 ta ilmiy maktablar faoliyat olib bormoqda.
Qur’on VII asrga oid qadimiy yodgorlik bo’lgani sababli ichki tuzilishi, yozilish uslubi, mazmuni, iboralari jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan kitobdir.
U 114 ta sura(tizim, qator), 6236 oyat(ilohiy belgi, m o’jiza)dan iborat. Qur’on matni sura va oyatlardan tashqari yana 30 ta “juz” (o’zbekcha “pora”) ga bo’lingan. Juz’ - keyinchalik Qur’on matnini o’qishga oson bo’lishi uchun teppa-teng 30 ga bo’linganligidan paydo bo’lgan.

VI
Masalan. Qur’ondagi eng katta 2-al-Baqara surasi ikki poradan ko’proq, keyingi 37 ta kichik suralar jamlanib bir poraga kiritilgan.


Suralar Qur’onda o ’z mazmuniy izchilligiga yoki nozil bo’lgan vaqtiga, ya’ni muddatlar tartibiga qarab emas, balki hajmiga qarab joylashtirilgan. Bundan faqat bir necha sura mustasno. Masalan, faqat 7 ta oyatdan iborat 1-sura («Fotiha») oldinga joylashtirilgan, chunki bu sura mazmuni iymon uchun juda muhim hisoblanadi.
Suralardan 90 tasi Makka davrida va 24 tasi Madina davrida nozil bo’lgan. Qur’onda diniy-falsafiy tasawurlar va rivoyatlar: qabila- urag’chilik hayot tarziga xos an’ana, urf-odat va marosimlar, ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlami tartibga soluvchi huquqiy va ahloqiy qonun va qoidalar, jumladan, oila-nikoh, ajdodlar va avlodlarga munosabat, mulkchilik va vorisilik, savdo-sotiq va qarz muammolariga xos ko’rsatmalar o’z ifodasini topgan. Qur’onning insof, vijdon, halollik kabi ahloqiy ta’limotlari umumbashariy qadriyat hisoblanadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə