Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

 
 
5- Mavzu: Rossiya imperiyasi davrida Turkistonda arxiv ishi 
Reja: 
1. Rossiyasi imperiyasi boshqaruvi davrida Turkistonda arxiv ishi. 
2. Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasining tashkil etilishi.
1. Rossiyasi imperiyasi boshqaruvi davrida Turkistonda arxiv ishi.
1867- 
yida Turkiston general – gubernatorligi tashkil topgan bo‘lsa, 1886-yilda Turkiston 
o‘lkasi deb qayta nomlandi. U o‘z ichiga Xiva xonligi va Buxoro amirligining bir 
qismini, Qo‘qon va qirg‘iz xonliklari, Katta O‘rda (Janubiy Qozog‘iston) 
hududlarini qamrab olgan. 
1882-yilda Rossiya imperiyasining Orenburg va G‘arbiy Sibir hududlari 
Steppe general – gubernatorligiga ko‘chirildi va Qozog‘istonning shimoliy va 
markaziy hududlarini ham o‘z tarkibiga kiritdi. Podsho hokimiyati tomonidan 
tayinlangan harbiy boshliqlar mahalliy boshqaruvni rad yetib, viloyatlarni boshqarib 
keldilar. 
Rossiya hukmronligida g‘arbiy Turkistonning mahalliy aholisi vakillari 
boshqaruvda eng past mavqe’ga ega edi. Bilimli mahalliy aholining soni haligacha 


43 
noma’lum edi. Chunki, Rossiya statistiklari ona tilida yozishni biladigan, maktab va 
madrasalarda ta’lim olgan musulmonlarni butunlay e’tiborsiz qoldirib, faqatgina 
krill yozuvini o‘qiy oladiganlarni savodli hisoblagan. 
Turkiston o‘lkasida mustamlaka boshqaruvi davrida turli xil idoralar faoliyat 
ko‘rsatib, ularning hujjatlari joylarda saqlangan. Chunki maxsus arxivlar tashkil 
etilmagan edi. Aksariyat idoralarda hujjatlarni saqlash uchun yetarli sharoit va hatto 
maxsus xona ham ajratilmagan. 1908 – 1909-yillarda o‘lkada taftish o‘tkazgan 
senator graf K.K. Palen o‘z hisobotida Turkiston general – gubernatorligi 
kanselyariyasi (devonxona) uchun yangi bino qurulishida arxiv uchun ajratilgan 
xonaning kichkinagina ekanligini qayd etadi. Bundan tashqari hujjatlarni saqlash 
ishiga muassasa rahbarlarining o‘zboshimchalik bilan yig‘majildlarni yo‘q qilishga 
qaratilgan buyruqlari ham salbiy ta’sir o‘tkazar edi.
Mahalliy yozma manbalar asosida Markaziy Osiyoda yangi ilmiy bilimlarning 
rivojlanish davri bo‘ldi. Podsho Rossiyasining oxirgi o‘n yilligida qo‘lyozma va 
kitoblar savdo maxsulotlari aylantirilgan. Qimmatbaho qo‘lyozmalar Markaziy 
Osiyoda sotildi, sotib olindi va o‘g‘irlandi. Shu bilan birgalikda deyarli har bir 
shaharda ayniqsa Buxoro va Qarshi shaharlarida XIX asrda savdo-sotiq gullab 
yashnadi va ushbu shaharlar bozorlarida qo‘lyozmalar va nashr qilingan kitoblar 
ochiq tarzda namoyishga qo‘yildi. XIX asr oxiri va XX asr 1-choragida Rossiya 
sharqshunoslari tomonidan namoyish etilgan kolleksiyalar bunga yorqin dalildir. 
1873-yilda Rossiya armiyasi tomonidan poytaxt ishg‘ol qilingach, Xiva xonligi 
hujjatlarini ilk marotaba tartibga solingan A.L. Kunning kolleksiyasi buning 
misolidir. 
Osiyo muzeyi direktori tomonidan yuzaga keladigan har qanday imkoniyatni 
qo‘ldan boy bermaslik to‘g‘risida ko‘rsatma olgan V.V. Bartoldning bosh maqsadi 
qo‘lyozmalarni qo‘lga kiritish emas, balki, ularni turgan joyini aniqlab, o‘z o‘rnida 
o‘rganish bo‘lgan. 1915-yil Buxoroga savdo safari davomida V.A. Ivanov 1057 
tomga yaqin arab, fors, turk va yahudiy-fors qo‘lyozmalarni to‘plagan (Chahryar 
Adle. History of Civilizations of Central Asia.– Paris.UNESCO 2005. – P.72-73.). 


44 
Turkiston o‘lkasini yanada chuqurroq o‘rganish, uning tabiy boyliklari 
to‘g‘risida statistik va tarixiy ma’lumotlarni bir joyga yig‘ish maqsadida 1873-yil 
oktyabr oyida Turkiston general – gubernatori K. P. Kaufman Toshkent shahrida 
Markaziy arxiv tuzish loyihasini ilgari surdi. Markaziy arxivga barcha muassasa va 
idoralarning tugallangan yig‘majildlari kelib tushishi va shuerda tizimga solinib, 
tariflanishi ko‘zga tutilgan edi. Arxiv 4 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda 
Turkiston general – gubernatorligi kanselyariyasi hujjatlari; ikkinchi bo‘limda 
viloyat, shahar sud boshqarmalari va Toshkent yarmarka qo‘mitasi hujjatlari; 
uchinchi bo‘limda Turkiston harbiy okrugi shtabi, harbiy okrug kengashi, topografik 
va barcha harbiy bo‘linmalar hujjatlari; to‘rtinchi bo‘limda esa, Sirdaryo viloyat 
shtabi hujjatlari kelib tushishi rejalashtirilgan edi. Loyihada Toshkent va Sirdaryo 
viloyatidan tashqari boshqa hududlarda joylashgan muassasalar arxivlari 
hujjatlariga e’tibor qaratilmagan edi. Markaziy arxiv loyihasi fon Kaufman 
vafotidan so‘ng amalga oshirilmay unitildi. 
Turkiston o‘lkasida yetakchi muassasa bu Turkiston general – gubernatorlik 
devonxonasi edi. Rossiya imperiyasi apparatining oliy buyurokratik organi bo‘lmish 
mazkur devon ko‘p minglab kishilarning taqdirini hal qilgan. 1867- yilda tashkil 
etilgan va dastlabki vaqtlarda 4 ta, keyinchalik 9 ta bo‘limni o‘z ichiga olgan devon 
ma’muriy-fuqaroviy va nozirlik tartiblari, yer masalalari va majburiyatlar, yo‘l 
qurilishi, Xiva va Buxoroning Rossiya imperiyasiga tobeligi bilan bog‘liq hamda 
sharqning qo‘shni mamlakatlari bilan aloqalariga oid masalalar bilan shug‘ullangan. 
Devonxona tarkibida tuzilgan arxiv bo‘limida 1882-yilgacha 9968 ta 
yig‘majild mujassamlashgan bo‘lib, ular etarli darajada tartibga solinmagan edi. 
1904-yilda Turkiston general – gubernatorligi devoni arxivi faoliyatini tekshirgan 
maxsus komissiya arxivga bo‘limlardan hujjatlar tartibsiz ravishda sarlavha va 
ro‘yxatsiz topshirilayotganini qayd etgan. 
Viloyatlar boshqarmalari devonlarida ham arxiv ishi achinarli holatda edi. 
Xususan Sirdaryo viloyati devoni arxivi joylashgan xona umuman talabga javob 
bermasligi va 1899-yilgacha ushbu arxivning 2 mingdan ortiq yig‘majildi 


45 
boshqarma “komissiyasi” tomonidan yo‘q qilishga ajratilganligi taftish 
hisobotlarida qayd etilgan. 
Umuman olganda, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida 
arxiv muassasalari umumiy boshqaruv tizimiga ega emas edi. Idoraviy arxivlarda 
hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish uchun zaruriy shart-sharoitlar etishmas, 
muassasa boshliqlari esa arxiv hujjatlari to‘g‘risida tasavvurga ega emas edilar. 
O‘zbekistonda hozirgi ko‘rinishdagi arxiv muassasalari sovetlar hukmronligi 
davrida tashkil etila boshlangan. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə