Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

Sohaga oid nizomlar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1999-yil 30-oktyabrdagi (N482-sonli) “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori va unga 1-ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi 
Milliy arxiv fondi to‘g‘risida”gi Nizom; shuningdek, 2-ilova “O‘zbekiston 
Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi", 
hamda 482-sonli qarorga 4-ilova "O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasa va tashkilotlardagi idoraviy Arxiv 
to‘g‘risida” gi Nizom; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2001-yil 
29-yanvardagi 191-P-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekistondan chet elga olib 
ketilgan hamda xalq boyligi bo‘lgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi maxsus komissiya to‘g‘risidagi 
Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Nizom; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi 
to‘g‘risidagi Nizom; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-
apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini O‘zbekiston 
Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini O‘zbekiston 
Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlarni qayd etib o‘tish lozim.
3. O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomilashtirish borasida olib 
borilgan ishlar. 
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida ko‘plab 
xususiy, nodavlat tashkilotlar, korxonalar va ularning arxiv fondlari vujudga keldi. 


85 
Nodavlat tashkilotlar idoraviy arxivi ularning mulki hisoblanadi. Shuning bilan 
birga 1999-yil 30-oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan O‘zbekiston 
Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomda «Nodavlat yuridik va 
jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan 
arxivlarda yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning tarkibiy 
bo‘linmalarida doimiy saqlashni ta’minlaydilar. Doimiy muddatda saqlanadigan 
hujjatlar va shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar (mehnat staji, ish haqi, o‘qish, 
mukofotlash va boshqalar to‘g‘risidagi hujjatlar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi organlari va muassasalari roziligini 
olmasdan nodavlat va yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘q qilinishi 
mumkin emas», deb uqtirilgan. O‘zR MAF to‘g‘risidagi Nizomga binoan nodavlat 
yuridik, jismoniy shaxslar o‘z hujjatlarini davlat mulki qilib davlat arxivlari
muzeylar va kutubxonalarda saqlashga berishlari mumkin. Nodavlat tashkilotlar 
yoki shaxsiy arxiv egasi vafot etganda, vorislar va qonuniy merosxo‘rlar 
bo‘lmaganda, ularning hujjatlari davlat mulkiga o‘tkazilib, doimiy saqlash uchun 
davlat arxivlariga topshiriladi. Davlat arxivlari hujjatlarni butlash, saqlash, 
foydalanish ishlariga metodik yordam beradi va hujjatlarga ilmiy-texnik ishlov 
berish, ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, yig‘majildlarni 
ta’mirlash va muqovalash yuzasidan pullik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan
2008-yil 21-avgustda qabul qilingan “Koreya Respublikasi hukumatining grant 
mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlarini 
rekonstruktsiya qilish hamda ularni texnik modernizatsiyalash chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori ijrosi samarasida qisqa muddatda salmoqli natijalarga erishildi. 
Xususan, uchta davlat arxivi o‘rtasida yagona axborot tarmog‘i yaratildi. Arxivlarda 
server va boshqa jihozlarning o‘rnatilishi barcha davlat arxivlarida saqlanayotgan 
ma’lumotlarning yirik yagona bankini yaratish imkonini berdi. Kelajakda 
mamlakatimizning 
barcha 
arxivlarini 
yagona 
tarmoqqa 
birlashtirish 
mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, foydalanuvchilarga kerakli axborotni izlashda 
qulaylik yaratish maqsadida markaziy va poytaxtdagi davlat arxivlarida infokiosklar 


86 
o‘rnatilgan bo‘lib, ularga eng qimmatli hujjatlarning kataloglari hamda 
mamlakatimiz arxiv ishini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari kiritilgan. 
Bugungi kunda infokiosklarga 11248 tashkilotning ma’lumot bazalari, Toshkent 
shahar arxivlarida saqlanayotgan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar hamda idoraviy 
arxivlarda saqlanayotgan 2545 tashkilotning hujjatlari hakida axborot jamlangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 
194-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2011-yilgacha 
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish dasturiga” 
ko‘ra 18 ta yangi arxiv binosi qurilishi 1 ta arxiv binosi rekonstruksiya qilindi. 
2009-2013-yillar mobaynida markazlashtirilgan manbalar hisobiga (byudjet 
mablag‘lari) 19 ta yangi arxiv binosi qurildi va 5 ta arxiv binosi rekonstruksiya 
qilindi. Natijada arxivlar balansda bo‘lgan binolar 2006-yildagi 21 foizdan 2013-
yilda qariyb 95 foizga chiqishi ta’minlangan. Bu 2,7 mln saqlov birligidagi 
hujjatlarni saqlash imkoniyatlarini yaratgan. 
Mamlakatimiz dasturchilari tomonidan arxiv muassasalari uchun maxsus 
“Arxiv ma’lumotlarini rasmiylashtirish” kompyuter dasturi ishlab chiqilgan. Ilgari 
qo‘lda amalga oshiriladigan hisob-kitoblarning barchasi endi avtomatik ravishda 
bajariladi. Bu esa nafaqat vaqtni tejash hujjatlarni to‘ldirishda yo‘l qo‘yilishi 
mumkin bo‘lgan hatolarning oldini olish imkonini beradi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari inson faoliyatining barcha 
sohalariga, shu jumladan, arxiv muassalari ishiga ham kirib keldi. Arxiv va 
kutubxonalar faoliyatiga yangi aktlarning joriy etilishi hujjatli axborotdan, 
jumladan, masofadan turib foydalanish, arxivlar ma’lumotlarini tahlil qilish 
imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu o‘z navbatida arxivshunoslikning yangi 
vositalarini taqdim etadi, hujjatlar va ma’lumotlarni eng zamonaviy elektron 
shakllarda chop etish imkonini beradi. Arxivlardagi axborot resurslarining jaxon 
kibermakoniga integratsiyalashuviga xizmat qiladi. 
Arxiv ishini yanada rivojlantirish va unga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida mamlakatimizda tegishli 


87 
me’yoriy-huquqiy baza yaratilgan bo‘lib, u muntazam takomillashtirilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yilning 21-martida qabul qilingan 
“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori arxiv hujjatlarini saqlash, xavfsizligini ta’minlash, 
ulardan foydalanish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda muhim 
dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Bugungi kunda mamlakatimizda 102 ta davlat arxivi faoliyat yuritmoqda. 
Milliy arxiv fondida saqlanayotgan hujjatlar hajmi esa 8,4 million saqlash birligiga 
etdi, ularni saqlash va qo‘llash uchun etarli shart-sharoitlar yaratilgan, - deydi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “O‘zarxiv” agentligi bosh 
direktori o‘rinbosari D.Ko‘charova. Davlat arxivlari bilan bir qatorda shahar va 
tuman hokimliklari qoshida tashkil etilgan 115 shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik 
xisobidagi idoralararo arxivlar, shuningdek, 3 millionga yaqin saqlash birligiga ega 
17 nodavlat arxiv ham faoliyat ko‘rsatmoqda. 
“O‘zarxiv” agentligining Arxiv ishi bo‘yicha 2017- yil soha rivojining eng 
muhim ustuvor vazifalarini bajarilishiga katta ahamiyat berildi. Bu borada arxiv 
muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, Milliy arxiv fondining 
saqlovini ta’minlash va hujjatlarni saqlash usullarini yanada takomillashtirish 
yuzasidan samarali ishlar olib borildi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə