Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


 O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi bo‘yicha qabul qilingan qonun



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

2. O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi bo‘yicha qabul qilingan qonun 
va qonun osti me’yoriy hujjatlarning tasnifi. 
Istiqlolga erishganimizdan so‘ng 
arxiv sohasida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilib kelindi. O‘zbekiston 
Respublikasida arxiv sohasi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tartibga solish, arxiv 
hujjatlarni saqlash, elektronlashtirish, olib borayotgan xalqaro hamkorlik, bu borada 
grant mablag‘larini jalb qilish, arxivchi xodimlarni xorijga malakasini oshirish
davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish va texnik modernizatsiyalash bo‘yicha qator 
qonun hamda qonun osti huquqiy me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Respublikamizda 
arxiv ishi bo‘yicha qabul qilingan qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlariga qonun, 
qaror, nizom, yo‘riqnoma, qoida, buyruqlarni kiritishimiz mumkin. 
Sohaga oid qonunlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 
1999-yil 15-apreldagi “Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 
(N768-1-sonli) qabul qilindi. Bu qonun asosida arxiv tizimi borasida bir qator 
samarali ishlar olib borildi. Biroq, O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-
aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga 
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 621-II-sonli Qonuniga 


83 
asosan ushbu qonun o‘z kuchini yo‘qotdi hamda bu sohada yangi qonun qabul 
qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2010-yil 15-iyundagi 
“Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (N 252-sonli) ni 
qabul qilindi. “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 6 
bob, 36 moddadan iborat. Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2010-yil 16- 
iyundagi 119-soni orqali matbuotda e’lon qilindi. 
Sohaga oid qarorlar. 
O‘zbekistonda arxiv ishini takomillashtirish borasida 
bir qancha qarorlar qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining 
1999-yil 
15-apreldagi 
“Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida 769-1-sonli Qarori; O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktyabrdagi (N482-sonli) 
“Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 29-yanvardagi № 191-sonli 
“O‘zbekistondan chet elga olib ketilgan hamda xalq boyligi bo‘lgan arxiv 
hujjatlarini qaytarib olib kelish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
huzuridagi maxsus komissiya to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori; 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi № 49-
sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada 
takomillashtirish to‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2006-yil 6-iyundagi №131-sonli “Arxiv ishi bo‘yicha 
me’yoriyhujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999 yil 30 oktyabrdagi 482- son 
qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi tomonidan 2007-yil 2-iyunda № 1685-son bilan ro‘yxatga olingan 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boqaruvining 2007- yil 14- aprel № 11/3-
son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv 
ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” (2007 yil 12 
iyundan kuchga kirgan) gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan 2007-yil 13-avgustda № 1703- son bilan ro‘yxatga oligan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh 
direktorining 2007-yil 17-iyul № 18-sonli buyrug‘iga asosan “Axborot 


84 
resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish tartibi 
bo‘yicha Yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2008-yil 21-avgustdagi PQ-949-sonli “Koreya Respublikasi 
Hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish hamda ularni texnik 
modernizatsiyalash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi №194-sonli “O‘zbekiston 
Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi Qarorlarni ta’kidlab o‘tish joiz. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə