Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


 O‘zbekiston SSRda arxivlarning markazlashuvi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

2. O‘zbekiston SSRda arxivlarning markazlashuvi.
50-yillarning oxiri va 
60-yillar ichida arxiv ishini yaxshilash maqsadida davlat arxivlari va arxiv 
idoralarida qator tashkiliy qayta qurish ishlari amalga oshirildi. 1958-yili O‘zSSR 
Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivi bilan 
birlashtirilib, yagona O‘zSSR Markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. Bir yildan keyin 
bu arxivga O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivi ham qo‘shildi. 
Shunday qilib, 50-yillar oxiriga borib respublikada arxiv tashkilotlarining 
tartibli tizimi vujudga keldi. Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha 
hujjatlarni ehtiyot qilnb saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkoniyatiga 
ega bo‘ldi. 
1960-yillar boshida arxivlar taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Arxiv 
tashkilotlarini 
bevosita 
O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirilishi 
respublikada arxiv ishini rivojlanishiga yordam qilgan muhim omil bo‘ldi. 
Ministrlar Sovetining 1961-yil 9-maydagi qarori bilan O‘zbekiston Ichki ishlar 
ministrligining arxiv boshqarmasi O‘zbekiston Ministrlar Soveti huzuridagi Arxiv 
boshqarmasi qilib qayta tashkil qilindi. Shu qaror asosida mahalliy arxiv tashkilotlari 
Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari arxiv 
bo‘limlari qilib qayta tashkil qilindi. Arxiv tashkilotlarini Ministrlar Soveti va 
viloyatlar ijroiya qo‘mitalari ixtiyoriga o‘tkazilishi ularni davlat apparati tizimidagi 
rolini orttirdi va arxiv ishi taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. 
Arxiv tashkilotlari respublika davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan 
teng huququli bo‘lib qoldi va ular arxiv ishi hamda ish yuritishni tashkil qilish 


72 
faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ldi. Arxiv tashkilotlarining asosiy vazifasi 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar 
saqlanishini ta’minlash hisoblanadi. Ular tarixiy hujjatlarni davlat saqloviga tanlab 
olish, saqlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun arxiv 
tashkilotlari hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilishga va ular bilan davlat 
arxivlarini butlashga katta e’tibor beradi. 
1960-1961-yillarda Ittifoq Bosh arxiv boshqarmasi ko‘rsatmasiga binoan 
respublikada arxivlarni butlash tamoyili tubdan qayta ko‘rib chiqildi. O‘z faoliyati 
natijasida ilmiy ahamiyatga ega hujjatlar vujudga kelmaydigan mayda, yordamchi 
va kommunal maishiy tashkilotlar (sartaroshxona, atele, oshxona, apteka, do‘konlar, 
hammomlar, ta’mirlash ustaxonalari, avtobazalar, mehmonxonalar va boshqalar)dan 
davlat saqloviga hujjatlar qabul qilish to‘xtatildi. Buning natijasida arxiv 
tashkilotlari o‘z faoliyatida asosiy e’tiborni hujjatlar saqlanishini nazorat qilishga,
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, muhim sanoat, qurilish hamda shunga 
o‘xshash korxonalar hujjatlarining qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 
Respublika davlat arxivlari hujjatlari qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan 
tashkilotlar, muassasalar, korxonalar ro‘yxatlarini tuzdilar va davlat arxivlari 
hujjatlarni qabul qilishda mana shu ro‘yxatga amal qiladigan bo‘ldilar. 
Arxivlarni butlash, ekspertiza qilish, idoraviy arxivlarni nazorat etish 
sohalaridagi qayta qurish ishlariga oid respublika Ministrlar Soveti xuzuridagi arxiv 
boshqarmasi qator metodik qo‘llanmalar tayyorladi. Arxivlarni butlash masalasi 
arxiv boshqarmasining ilmiy kengashida muhokama qilindi va uning qarori davlat 
arxivlariga ijro etish uchun yuborildi. 
1961 yildan boshlab davlat arxivlarining ekspert tekshiruv komissiya (ETK) 
lari vazifalari tubdan o‘zgardi. ETKning ekspertiza masalasida asosiy vazifasi davlat 
arxivlarini nazorat qiladigan tashkilotlar topshirgan doimiy saqlanadigan 
hujjatlarning ro‘yxati (opisi)ni ko‘rib chiqish va tasdiqlash bo‘lib qoldi. Shuningdek 
ETK 5 yildan ortiq saqlanadigan materiallar dalolatnomasini va hujjatlarni saqlash 
muddati ko‘rsatilgan ro‘yxat (perechen) da ETK belgisi bor materiallar ro‘yxatini 
muhokama qilib, tasdiqlaydigan bo‘ldi. 


73 
Saqlash muddati 5 yilgacha bo‘lgan materiallar dalolatnomasini nazorat 
qilinadigan idoraning rahbari ETKda ro‘yxat tasdiqlangandan keyin tasdiqlashi 
lozim edi. Davlat arxivlari tomonidan nazorat qilinmaydigan idoralar arxiv hujjatlari 
ro‘yxati va dalolatnomasini tasdiqlash ularning yuqori idoralari ixtiyoriga berildi. 
Arxivlarni butlash ishini qayta ko‘rib chiqilishi tufayli idoraviy arxivlarni 
nazorat qilishda ham muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.Yangi sharoitda davlat 
arxivlari idoraviy arxiv ishi va idoralarning ish yuritishini nazorat qiladigan bo‘ldi. 
Qayta qurishgacha esa, arxiv tashkilotlarining asosiy vaqti xaddan tashqari ko‘p, 
mayda, kam ahamiyatli tashkilotlarni nazorat qilishga ketar edi va muhim idoralar 
arxivlari e’tibordan chetda qolar edi. Buning natijasida qiymati kam ilmiy, tarixiy, 
amaliy ahamiyati yo‘q arxiv fondlari tartibga solinar edi va davlat arxivlariga qabul 
qilinar edi. Asosiy fondlar esa, odatda tartibga solinmasdan davlat arxiviga qabul 
qilinmasdan qolar edi. 
1966-yil 1-yanvariga respublika bo‘yicha davlat arxivlari nazorat qiladigan, 
kelajakda xujjatlari davlat arxivlariga qabul qilinadigan tashkilotlar 6489 ta bo‘lgan. 
1965-yilda 4930 ta tashkilot o‘z arxivlarini tartibga keltirishgan edi. Tartibga 
solingan yig‘majildlar soni tartibga solinishi kerak bo‘lgan yig‘majildlarning 70% 
ni tashkil qilar edi. 1966-1980-yillarda davlat arxivlariga tashkilot va korxonalardan 
580 ming boshqarish hujjatlari yig‘majildlari, 5939 ta ilmiy-texnik hujjatlar 
yig‘majildlari, 5048 ta kinohujjatlar saqlov birligi, 53987 fotohujjatlar saqlov birligi 
va 5345 ta fonohujjatlar saqlov birligi qabul qilingan. 
1986-1990-yillarda davlat arxivlarini butlash sohasida ancha ish amalga 
oshirildi. Davlat arxivlarini butlash manbai hisoblangan tashkilotlar ro‘yxatlariga 
aniqlik kiritildi va to‘ldirildi. 1990-yilda arxivlarni butlash manbalari soni 
respublika bo‘yicha 9576 taga etdi. 1986

1990-yillarda respublika davlat arxivlari 
saqloviga 635 ming doimiy saqlanadigan yig‘majildlar qabul qilindi. 
70-yillarda davlat arxivlari nazorat qilayotgan tashkilotlarning idoraviy 
arxivlari va ish yuritish xizmati birmuncha yaxshilandi. 1972-1980-yillarda bevosita 
arxiv tashkilotlarining ishtirokida respublikada 49 ta shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik 
hisobidagi arxivlar tashkil qilindi va ularga 850 mingga yaqin yig‘majildlar qabul 


74 
qilindi. Respublikada birinchi bunday arxiv Andijon viloyatida tashkil etilgan. 1972- 
yil 13-iyunda Andijon viloyati ijroiya qo‘mitasi «Viloyat davlat arxivining 
Qo‘rg‘ontepa filiali qoshida shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarning rayonlararo 
birlashgan arxivini tashkil qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Unga asosan 
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, kolxozlar, sovxozlarning shaxsiy tarkib 
bo‘yicha hujjatlari saqlanishini ta’minlash, hisobga olish, ularni jamlash va 
fuqarolarga biografik ma’lumotnomalar berish maqsadida shaxsiy tarkib bo‘yicha 
xo‘jalik hisobidagi Qo‘rg‘ontepa tumanlararo arxivi tashkil qilingan. Bu arxiv 
Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod tumanlari tashkilotlari, kolxoz va sovxozlari mablag‘i 
hisobidan shaxsiy tarkib hujjatlarini markazlashtirib saqlash va foydalanish uchun 
tuzilgan. Har bir tashkilot va xo‘jalik shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni 
markazlashtirib saqlagan xo‘jalik hisobidagi arxivga mablag‘ o‘tkazib turar, ana shu 
mablag‘ hisobidan arxiv ishchi va xizmatchilariga ish haqi berar edi. Ijroko‘m qarori 
bilan har bir yig‘majild uchun bir yilga 65 tiyin miqdorda haq to‘lash belgilangan 
edi. 
Qo‘rg‘ontepa arxivining tajribasi shaxsiy tarkib hujjatlarining saqlash va 
foydalanishni samarali va foydali shakli tuman, shahar idoralararo arxivlarda 
bunday hujjatlarni markazlashtirib saqlash ekanligini isbotladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Ministrlar Sovetining 1973-yil 16-fevraldagi «Respublikada arxiv 
ishini ahvoli va yanada yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida ijroqo‘mlar 
qoshida shaxsiy tarkib hujjatlarining idoralararo ho‘jalik hisobidagi arxivlarini 
tashkil qilish keng avj oldi. Bu arxivlar vazifasi ularga tashkilotlar shartnoma 
asosida topshirgan shaxsiy tarkib hujjatlarini markazlashtirib saqlash va fuqarolarga 
ular asosida ma’lumotnomalar berish edi. Bunday arxivlar respublikaning ko‘pchilik 
viloyatlarida tashkil qilindi. 
Davlat arxivlari tashkilotlarda ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan amaliy 
natija beradigan tadbirlar o‘tkazdi. Tashkilotda ish yuritishni tashkil qilinganligi 
darajasi to‘g‘risida fikr yurgizishga asos bo‘ladigan asosiy ko‘rsatkichlar bular ish 
yuritish bo‘yicha yo‘riqnomani, yig‘majildlar nomenklaturasini borligi hisoblanadi. 
1980-yilda respublikada davlat arxivlari nazoratidagi 8733 ta tashkilotdan 3472 


75 
(40%)tasida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, 85%da yig‘majildlar nomenklaturasi 
mavjud edi. 
1986-yildan boshlab respublika davlat arxivlari tashkilotlarda idoraviy arxiv va 
ish yuritishni tashkil qilinishini, tekshirishni odatda idoraviy tizimlar bo‘yicha 
kompleks tarzda amalga oshirdilar. 1986-yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jalik 
mashinasozlik vazirligi va O‘zbekiston kinematografiya davlat qo‘mitasi tizimlari, 
1987-yilda O‘zbekiston Maorif vazirligi tizimi, 1988-yilda O‘zbekiston 
teleko‘rsatuvlar, radioeshitirishlar davlat qo‘mitasi tizimi kompleks tekshirilgan. 
O‘zbekiston arxiv tashkilotlari tomonidan 1987-yil yanvar-mayda Maorif 
vazirligi tizimi tashkilotlari, muassasalarida idoraviy arxivlar va ish yuritishda 
hujjatlarni tashkil qilinishi ahvoli tekshirildi. Ushbu vazirlik tizimida 435 
muassasadan 221 tasida yig‘majildlar nomenklaturasi ishlab chiqilgan edi. Vazirlik 
muassasalarida saqlanayotgan 80687 ta doimiy muddatda saqlanadigan 
yig‘majildlardan 40447 ta yig‘majild arxiv ro‘yxati (opis)ga kiritilib, davlat arxivi 
ETKsi tomonidan tasdiqlangan. Ma’orif vazirligi tizimini markazda va viloyatlarda 
tekshirish natijasi bo‘yicha arxiv tashkilotlari yirik tashkilotlarda arxiv mudiri 
lavozimini joriy qilishni, idoraviy arxivlarni maxsus jihozlangan xonalar bilan 
ta’minlashni, ekspert komissiyasi ishini va arxiv hujjatlarini tartibga solishni 
faollashtirishni, ish yuritish yo‘riqnomasini va yig‘majildlar nomenklaturasini joriy 
qilishni taklif qildilar. 
70-80-yillarda arxiv hujjatlari ro‘yxatlarini takomillashtirishva kataloglashtirish
respublika davlat arxivlarining muhim vazifalaridan biri bo‘lgan. Ro‘yxatlarni 
ma’lumot berish darajasini ko‘tarish maqsadida davlat arxivlari 1975-yildan boshlab 
ro‘yxatlarni takomillashtirish va qayta ishlashni faol olib bordilar. 1976-1990-
yillarda 1,7 million yig‘majilddan iborat I va II kategoriyali fondlar ro‘yxatlari 
respublika davlat arxivlari tomonidan takomillashtirildi va qayta ishlandi.
Ro‘yxatlarni tuzatish, yaxshilash, yig‘majild sarlavhalarini qayta tuzish,
xatolarini tuzatish, boshqa fondlarga tegishli hujjatlarni ajratish, hujjatlar 
qimmatdorligini ekspertiza qilib, qiymati yo‘q hujjatlarni makulaturaga ajratish, 
yig‘majildlarni tartibga solish, yig‘majildlar shifrini qayta tuzish va zarur ilmiy-


76 
ma’lumot apparati (so‘zboshi, mundarija, yig‘majildlarning yangi arxivshifri 
jadvali, ko‘rsatgichlar)ni tuzish yo‘li bilan amalga oshirilgan.
Hujjat darajasida axborot olish maqsadida respublika markaziy va mahalliy 
arxivlarida tizimli, mavzuli, ism kataloglari yaratilgan.1991-yil 1-yanvarga qadar 
761 fonddan 489,5 ming yig‘majild o‘rganilib, ma’lumotlar kataloglarga kiritilgan. 
Kataloglarga olingan hujjatlar asosan I va II kategoriyali fondlar, hokimiyat va 
davlat boshqaruv organlari edi. Natijada boshqarma hujjatlariga va shaxsiy tarkibga 
oid hujjatlarga 970 ming mavzular bo‘yicha kartochka va 49 mingdan ortiqism
kartochkalari tuzilgan. Bu kartochkalar tizimli, mavzuli va ism kataloglariga 
kiritilgan. 
Kino-foto-fonohujjatlarini ham kataloglashtirish faol olib borildi. 1976-1980- 
yillarda kinohujjatlarga 9 mingdan ortiq, fotohujjatlarga 61 mingdan ortiq va 
fonohujjatlariga 8 ming dan ko‘p kartochkalar tuzilib, kataloglarga qo‘shilgan. 
Ko‘rib chiqilayotgan davrda O‘zbekiston arxiv tashkilotlarida hujjatlarni e’lon 
(nashr) qilish ishlari ancha avj olgan edi. Hujjatlar to‘plamlarining ilmiy 
salohiyatlarini ko‘tarishda arxiv tashkilotlarining ilmiy-tadqiqot institutlari bilan 
hamkorligi muhim ahamiyat kasb etdi. 1961-1965-yillarda respublika arxiv 
tashkilotlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Tarix instituti, Partiya tarixi 
instituti va Markaziy Osiyo respubliklarining shunga o‘xshash ilmiy tashkilotlari 
bilan birgalikda quyidagi hujjatlar to‘plamlari chop etilgan. “Подготовка условий 
сплошной коллективизации сельского хозяйства в Узбекистане (1927-1929-
гг.)». Сборник документов.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə