Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


 Ikkinchi jahon urushi (1941-1945) yillarida O‘zbekistonda arxiv ishi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

2. Ikkinchi jahon urushi (1941-1945) yillarida O‘zbekistonda arxiv ishi. 
1941-yili yozidan boshlab SSSR qatorida O‘zbekiston SSR ham ikkinchi jahon 
urushi girdobiga tortildi. Urush tufayli O‘zbekistonga frontga yaqin hududlardan 
zavod-fabrikalar bilan bir qatorda oliy o‘quv yurtlari ham evakuatsiya qilindi. 
Ikkinchi jahon urushi munosabati bilan Toshkentga juda ko‘p olimlar, 
sharqshunoslar, tarixchi, tilshunoslar va boshqalar kelishdi. Natijada Sovet Ittifoqi 
va O‘zbekiston SSR olimlari o‘rtasida juda yaxshi ilmiy aloqa o‘rnatildi. 1940-yil 
yanvar oyida sobiq SSSR Fanlar Akademiyasining O‘zbekistondagi filiali ochildi. 
Uning tarkibida Tilshunoslik instituti, adabiyot, tarix va ijtimoiy yo‘nalishlarni 
yorituvchi sohalar shu jumladan, arxivshunoslik sohasi ham yo‘lga qo‘yildi.
 
Ikkinchi jahon urushi yillari O‘zbekiston SSRda arxiv ishi tarixida eng og‘ir 
davrlardan 
biri 
bo‘ldi. Adolatsiz urushning boshlanishi respublikamiz 
mehnatkashlarining dushmanga nafratini va Vatanga mehrini, vatanparvarligini 
kuchaytirdi. Bir necha arxivchilar ixtiyoriy ravishda frontga jo‘nab ketdilar. Arxiv 
tashkilotlari xodimlari dushmanni tezda tor-mor etishga, g‘alabaga erishishga 
qaratilgan ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Toshkent shahar arxiv 
tashkilotlari jamoalari mudofaa jamg‘armasiga har oy o‘z maoshlarining 2 foizini 
o‘tkazib turdilar. Arxivchilar evakuatsiya qilingan gospital, bolalar uylarini otaliqqa 
oldilar. Ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatib bordilar. Bayramlarda 
sovg‘alar tashkil qilib, jangchilarga jo‘natib turdilar.
1941-yilda arxiv idoralarida 98 ta tashkilotning arxivlari tartibga keltirildi. 
Shu yili O‘zSSR Markaziy arxiv va Markaziy harbiy davlat arxivi 35 ming saqlov 
birligidagi hujjatlarni qabul qildi. 1942 yilda yuqorida tilga olingan arxiv va 
Toshkent viloyati davlat arxivlari tomonidan 65 mingga yaqin saqlov birligidagi 
hujjatlar qabul qilindi. O‘sha yillardagi arxiv sohasida olib borilgan ishlarning 
umumiy ma’lumoti quyidagicha edi. Ya’ni, 1940-yil respublika arxivlarida 
1.263.786, 1942-yilda esa 1.710.177 saqlov birligiga oshdi. Boshqacha qilib 
aytganda ikki yilda arxiv saqlanmalari 0,5 mlnga yaqin hujjatlar bilan to‘ldirilgan. 


65 
Lekin keyingi yillarda hujjatlarni davlat arxiviga qabul qilish kamaydi. Arxivlarda 
hujjatlarni qabul qilish va saqlashga joy yetishmas edi. 1944-1945-yillarda davlat 
arxivlariga bor-yo‘g‘i 48 ming saqlov birligi qabul qilindi. 
1942-yil noyabrda Toshkent shahrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston 
respublikalari arxiv xodimlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Qabul qilingan qarorda bu 
respublikalar arxiv idoralarining hujjatlarni ehtiyot qilishni ta’minlash, tartibga 
solish va ulardan urush manfaatlari yo‘lida foydalanishda katta yutuqlarga erishgani 
etirof etildi. Shu bilan birga O‘zbekiston SSR arxiv idoralari ishida ayrim 
kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, tuman davlat arxivlari 
inqirozga uchraganligi, zaiflashganligi, markaziy arxivlarda ishchilarning, 
arxivchilarning etishmasligi, O‘zSSRda kino-foto-fonohujjatlar davlat arxivi tashkil 
etilmaganligi ko‘rsatib o‘tildi. Kengash arxiv hujjatlarini ehtiyot qilish choralarini 
ko‘rish, ilmiy va tashviqot maqsadlariga hujjatlardan keng foydalanishni tashkil 
etish zarurligi ta’kidlandi. 
1941-yili O‘zSSR tarkibida Andijon, Namangan, Surxandaryo va keyinroq, 
1943-yili Qashqadaryo viloyatlari tashkil etilishi munosabati bilan viloyat Ichki 
Ishlar Xalq Komissarligi (IIXK) boshqarmasida arxiv bo‘linmalari va viloyat davlat 
arxivlari tashkil qilindi. 
Urush davrining qiyinchiliklariga qaramay, respublika hukumati arxiv ishini 
yaxshilash sohasida ancha ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston SSR XKSning 1943- 
yil 18-fevral qarori bilan O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar Markaziy arxivi tashkil 
qilindi. Yangi tashkil qilingan kino-foto-fonohujjatlar Markaziy davlat arxivi 1944

1945-yillarda 15 mingdan ortiq fotohujjatlarni qabul qildi. 
Urush sharoitida davlat arxivlari tartibga solinmagan arxivlarni, asosan 
frontga jo‘natilgan harbiy qismlar arxivlarini qabul qilishga majbur bo‘ldilar. Davlat 
arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv jamg‘armalarini 
tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlarida 1941-yili 100 ming, 1944-1945- 
yillarda esa 136 ming saqlov birligidagi hujjat tartibga solindi. 
Arxiv hujjatlaridan foydalanish sohasida ham bir qator ishlar qilindi. Xalq 
xo‘jaligi maqsadida foydalanish uchun ko‘p hujjatlar topilib, tegishli tashkilotlarga 


66 
yuborildi. Bu hujjatlardan foydalanish tashkilotlarga ancha iqtisodiy samara keltirdi. 
Arxiv tashkilotlari “Frontga xatlar” va boshqa bir necha hujjatlar to‘plamlarini 
tayyorlashga kirishdilar. Arxivchilar tomonidan arxiv hujjatlari asosida yozilgan 
maqolalar gazeta va jurnallarda e’lon qilinib turildi. Arxiv o‘qish xonalarida bir 
necha yuzlab tadqiqotchilar ilmish ishlari uchun arxiv hujjatlaridan foydalandilar. 
Shunday qilib, arxivchilar urush davrida ham faol mehnat qilishdi. Arxiv 
hujjatlarini ehtiyot qilib saqlash, hujjatlarni qabul qilish, tartibga solish, ulardan 
foydalanishni tashkil etish sohasida samarali ish olib borildi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə