Oz komplektlangan maktablarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkillashtirishning o'ziga xosligi reja


Oz komplektli maktablarda o`quv ishini rejalashtirish



Yüklə 67,15 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü67,15 Kb.
#158831
1   2   3   4   5
2 M

Oz komplektli maktablarda o`quv ishini rejalashtirish.Darslarni rejalashtirish ham oz komplektli maktabda ish tashkil qilishni aniqlab beruvchi omillardan biridir. Tematik–rejalar namunalari «Boshlang`ich ta'lim» oynomasi sahifalarida berib boriladi. O`qituvchi rejani tuzishda o`z sinfining xususiyatlariga asoslangan holda ishlab chiqadi. Reja hamma sinf uchun birga tuziladi. Bunda katta darsda kichik - kichik darslar hosil bo`ladi.
O`qituvchi reja tuzishda bu kichik darslarning mazmunini aniqlashdan tashqarii, bu ish darsning qaysi bosqichida, qancha vaqt, qaysi metodlardan foydalanishni ham o`ylashi kerak.
Oz komplektli maktabda tabiatshunoslik darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish xususiyatlari.
Mustaqil ish darsning asosiy qismini o`z ichiga oladi. Demak, o`quvchilarni mustaqil ish usullari bilan tanishtirish, unda tabiatshunoslikni o’qitishda turli metodlardan foydalanish maqsadga muofiqdir.
Agar mustaqil ish maqsadi va bajarish usullari o`quvchilarga ravshan bo`lsa, ish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Shu sababli ishni bajarishga oid yo`l - yo`riqlar muhimdir. Ular qisqa, aniq bo`lishi lozim.
Ishni mustaqil bajarishda o`quvchilarga yordam berishda kartochkalardan foydalanish kerak.
Sinf o`quvchilari individual topshiriqni bajarishda tayyorlaydi: a) o`quvchilar tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabatlarni anglaydi. b) o’quvchilar o’z fikr mulohazalarini daftarlariga yozadi..
Tarqatma material hosil qilishda o`quvchilar tuzgan ma’lumotlardan ham foydalanish mumkin.
Oz komplektli maktab sharoitida o`quv jarayonini ta'minlash xususiyatlari.
Oz komplektli maktablarda ham asosan umumta'lim maktablardagi kabi jihozlari qo`llaniladi.
Ammo ayrim hollarda maxsus qo`llanmalar qo`llaniladi. Masalan, bunday maktablarda sinf doskasi o`lchami kattaroq bo`lish kerak. Buning sababi, bir necha sinf bilan ishlash sharoitda doskaga topshiriqlar har bir sinf uchun alohida yoziladi.
Katakli taxtacha zarur jihozdir, chunki undan foydalanish vaqtni sarfini tejaydi. Har xil yig`ma kartochkalar bo`lsa, ularni taxtachaga qo`yib qisqa yozuvlarni, ifodalarni, tenglamalarni tez tuziladi. Bir necha sekund ichida yangi topshiriq berilishi mumkin.
Topshiriqlar berishda magnitli doska, har xil (ma'lumotlar, instruktiv, o`rgatuvchi jadvallar) ham katta foyda beradi. Bu maktablarda diafilm, diapoztiv, magnitofondan foydalanish qulay emas.

Yüklə 67,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə