Oz komplektlangan maktablarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkillashtirishning o'ziga xosligi reja



Yüklə 67,15 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü67,15 Kb.
#158831
  1   2   3   4   5
2 M


OZ KOMPLEKTLANGAN MAKTABLARDA O‘QUV-TARBIYA JARAYONINI TASHKILLASHTIRISHNING O'ZIGA XOSLIGI


Reja:
1. Oz komplektlangan maktablarda tashkil etish turlari.
2.Oz komplektli maktablardatabiatshunoslik darsining mazmuni.
3.Oz komplektli maktablarda o`quv ishini rejalashtirish.
4.Oz komplektlangan maktablarda integratsiyalangan darslar


Tayanch iboralar: Oz komplektli maktab, bir komplektli maktab, ikki komplektli maktab.
Oz komplektlangan maktablarda tashkil etish turlari. O`zbekiston Respublikasida tog`li va cho`l joylarda kichik va uzoq aholi yashaydigan joylar mavjud bo`lib, bu joylarda bir sinfga belgilangan me'yordan ancha kam bo`lgan 6-7 yoshli bolalar bo`lganda oz kompletli maktablar ochiladi. Oz komplektli maktab shunday maktabki, unda bir o`qituvchi bir vaqtda bir necha sinf bilan ishlaydi. Bu sinfda o`quvchilar soni 3 tadan 30 tagacha bo`lishi mumkin.
Bir o`qituvchi hamma (I-IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir komplektli maktab deyiladi.
Ikkita o`qituvchi 4 ta sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktabdeyiladi.
Ikki komplektli maktabda 4 ta sinfni birlashtirishning quyidagi variantlarini amalga oshirish mumkin:
1) I va II sinflar: III-IV sinflar.
2) I-III va II-IV sinflar.
Ikki komplektli maktabda bir o`qituvchi ikkita sinf bilan ishlaydi. Demak, o`quvchilar soni, tayyorligi, o`quv imkoniyatlarini hisobga olib birlashtirish ham mumkin.
Hozirgi paytda Respublikamizda asosan bir komplektli maktablar ko`pchilikni tashkil qiladi.
Oz komplektli maktabda ishlash o`qituvchi va o`quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va to`siqlar bilan bog`liq.
1. O`qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o`tishi kerak. Oz komplektli maktabda reja tuzish ancha murakkab, har kuni 8-16 ta reja ustida ishlash qiyin va ko`p vaqt talab qilishi bilan, pedagogik samara beradigan bir butun qilib birlashtirish zarurligi bilan farq qiladi. Bularning hammasi o`qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari, maksimal darajada kuch-g`ayrat, uyushqoqlik, sabr va qat'iylik talab qiladi.
2. O`qituvchining bir necha sinfga diqqat e'tiborini taqsimlashi qiyin.
3. O`qituvchi butun sinf bilan darsning yarmi yoki 1/4 qismi davomida shug`ullanishga, qolgan vaqtda o`quvchilar bilan mustaqil ishlashni tashkil qilishga to`g`ri keladi.
4. O`quvchilar mustaqil ish bajarishayotganda, darhol o`qituvchidan yordam olish imkoniyati yo`q, chunki bu vaqtda o`qituvchi boshqa sinf bilan band bo`ladi.
5. O`quvchilar, boshqa sinf o`quvchilariga xalaqit berishlariga qaramasdan, mustaqil ishlaverishi kerak.
Bu qiyinchiliklar bilan bir qatorda oz komplektli maktab o`quvchilari uchun bir qator afzalliklar ham mavjud:
1. Sinf o`quvchilari sonining kamligi (3-5).
Bu o`qituvchiga tez - tez so`rab turish, o`quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash va tuzatish imkoniyatlarini beradi.
2. Oz komplektli maktab o`qituvchisi daftar tekshirishga oz vaqt sarflaydi.
3. O`quvchilar darsning taxminan 1/4 qismida mustaqil ishlaydi. Buning o`quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, uyushqoqlik, ishchanlik, qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi, o`z - o`zini tekshirish malakalari tarbiyalanadi.
4. Katta sinf o`quvchilari kichik sinf o`quvchilariga yordam berishlari mumkin, chunki ular har kuni bitta sinf xonasida o`qishadi.

Yüklə 67,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə