Oz komplektlangan maktablarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkillashtirishning o'ziga xosligi reja


Oz komplektlangan maktablarda integratsiyalangan darslar



Yüklə 67,15 Kb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü67,15 Kb.
#158831
1   2   3   4   5
2 M

Oz komplektlangan maktablarda integratsiyalangan darslar. Mamlakatimiz ta’lim tizimida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktabda ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda pedagoglar diqqatini fanlar aro aloqadorlik masalalariga qaratishni talab qilmoqda. Buning boisi shuki, fan-texnikaning jadal rivojlanishi o’quvchilarda yuksak ma’naviyat, erkin fikrlash, g’oyaviy-siyosiy yetuklik, ilmiy dunyoqarashga asoslangan e’tiqodni shakllantirishni dolzarb muammoga aylantirdi. O’quvchilarda bu sifatlarni shakllantirishda fanlar aro aloqadorlik katta imkoniyatlarga ega.
Maktab ta’limidagi tabiiy fanlar o’quvchilarga dunyoning hozirgi ilmiy manzarasi niochib beradi. Shu bois tabiat haqidagi fanlar o’quvchi dunyoqarashining tabiiy-ilmiy asosini tashkil etadi. Fanlar aroaloqadorlik o’quvchilarning umumlashgani lmiy tushunchalarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bilimlar integratsiyasi ta’limga o’zgacha yondashishni taqozo qiladi. Chunonchi, o’quv materialini umumlashgan tizimda bayon qilish, ta’lim-tarbiya jarayonida muammoli, modulli, shaxsga yo’nalgan texnologiyalardan foydalanish zarurligini ko’rsatadi.
Darhaqiqat, boshlang’ich ta’limda fanlararo bog’lanishni to’g’ri yo’lga qo’yish va undan mohironalik bilan foydalanish o’quvchilarning bilish ehtiyojini orttiradi. O’quvchilarning o’quv faoliyatini faollashtiradi, dunyoqarashini kengaytiradi. Shuningdek, o’quvchilarning tabiatshunoslik va boshqa fanlarga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Geografiyani o’qitish jarayonida tabiiy hodisalar, jarayonlar va qonuniyatlardan foydalanish o’quvchilarda tabiiy fanlar yuzasidan olgan bilimlarining puxta bo’lishiga va ularning chuqur o’zlashtirilishiga olib keladi.
Keyingi yillarda fanlar o’rtasidagi fanlar aro bog’lanishni integratsiya atamasi bilan yuritish odat tusiga aylangan.
Integratsiya - lotincha “integratio” so’zidan olingan bo’lib, to’liq, yaxlit, bir butun degan ma’nolarni bildiradi.Fanlar aro o’qitishda ichki va tashqi bog’lanishlar bo’lib, ichki bog’lanish deganda shu sohaga oid o’quv fanlari mavzularining o’zaro bog’lanishi tushuniladi. Tashqi bog’lanishda esa, mazkur soha fanlari bilan boshqa o’quv fanlari mavzularining o’zaro bog’lanishi tushiniladi.
Boshlang’ich ta’limda tabiatshunoslik o’quv fanlari dasturlarini mazmunan maqsadga muvofiq tahlil qilish, ularni fanlar aro o’qitishda uzviylik, ya’ni gorizontal va vertikal bog’lanishlarni aniqlash, ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash o’quvchilarning bilish faoliyatini faolllashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Integrativ ta’lim jarayonida o’quvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat qonunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning ozaro munosabatlari haqida har tomonlama bilimlarga ega bo’lib kamol topadi. Tabiat go’zalligini his eta olish, undan zavqlanish, e’zozlash ko’nikmalariga ega bo’ladi.
Ta’limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qo’llash ayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoiliga tayanish ta’lim muassasalari o’quv jarayoni uchun tadbiqiy tus olishi lozim.
Fanlararo uzviylik tamoyili turdosh o’quv fanlararo munosabatlarning murakkab jihatlari to’liq o’zlashtirilishini ta’minlab, bilimlarning ichki mohiyatiga kirib borilishini ta’minlaydi, natijada turli tizimlar ichki aloqadorlik, integrati yaxlidlik vujutga keladi.
O’quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta’lim sifatiga kuchli ta’sir ko’rsatib:

  • ta’limni modernizatsiyalash, innnovatsiyon o’qitish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.

Fanlararo aloqadorlik ta’minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o’qituvchi oquvchilarda o’zining faniga bo’lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o’zlashtirishga yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarizda amalga oshirish natijasida o’quv tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi.
Maktabning asosiy fazifalaridan biri o’quvchilarda dunyoga yaxlid, o’zaro aloqador bo’lgan birlik sifatida qarashni, uning global muammolari hamda bu muammolar yechimini ko’ra va tushina bilishni shallantirishdan iborat.
Ta’lim mazmunida inson va uning dunyoga bo’lgan munosabati: “inson va tabiat”, “inson va jamiyat”, “inson va texnika”, “tabiat-inson-texnika-atrof-muhit” muammosi tobora markaziy o’rin egallamoqda.
Tabiatni o’rganuvchi fanlarni bir sinfda bir marta o’rganib bo’lmaydi. Uni bog’cha, maktab, tizimida uzluksiz va uzviylik asosida o’rganmoq zarur.
Tabiiy fanlar ta’limi mazmuni inson va tabiat aloqadorligi atrofdagi muammolarni o’rganuvchi turli o’quv fanlariga oid bilimlar uzviyligi va integratsiyani aks ettirmog’i lozim, bu esa tabiiy fanlarga oid bilimlarni sifat jihatdan yangi o’zgarishlarga olib keladi. Bu bilimlar o’ziga xos sintez, tabiiy fanlarga oid bilimlar va insonparvar yo’nalishlar majmui sifatida namoyon bo’ladi. Ular tafakkurning tizimli va ehtimolli uslubi sifatida tafsiflanishi tabiiy bilimlarning ajralib turadigan xususiyatlari sirasiga kiradi.
Ayni uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya biosferani ilmiy bilish, inson faoliyatini o’rganish, tinchlik uchun kurash bo’yicha global masalalarning yechimini topishda tabiiy fanlarning o’rnini samarali tarzda belgilab berish mumkin. Provard natijada, bu barcha maktab o’quv jarayonlaridagi maxsus bilimlar bilan umumiy-madaniy bilimlar o’rtasidagi o’zaro nisbatning uzviylik asosida o’zgarishiga (keyingilarining foydasiga) olib keladi.
Ilmiylik mezonlarida zamonaviy ilmiy uslubda fikrlashning bilimlar oldidagi shubhasiz ustunligi hisobga olinadi.
“Geografiya” integrativ kursi oz komplektlangan maktablarda o’quvchilar dunyoning hozirgi tabiiy-ilmiy ko’rinishiga muvofiq keluvchi fikrlash uslubi (tizimli tafakkur) ni shakllantirishga yo’naltirilgan, bu hozirgi dunyoning insonparvar yo’l bilan hal etilishini kutayotgan dolzarb muammolarni anglab yetishga imkon yaratadi. Kurs tabiiy fanlar ta’limini mazmunini insonparvarlashtirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan bo’lib, u bilimlarni yagona metodalagik negizida integratsiyalashni: tabiatshunoslik obektlarini “tabiat-fan-texnika-jamiyat-inson” tizimida o’rganish lozimligini asoslab beradi.
Gorizontal bog’lanish deganda, o’quv fanlari mavzulari dastur va o’quv rejasi asosida sinflar aro parallel bog’lanish tushuniladi. U quyidagicha ifodalaniladi: 2-sinf “Tabiiy fanlar ” darsligidagi “Men izlanuvchiman”, “Tirik organizmlar va jonsiz tabiat”, “O‘simliklarning xilma-xilligi”. “Hayvonlarning xilma-xilligi” “Bahorda kishilarning mehnati” mavzularini 2-sinf “ Ona tili va o’qish savodxonligi” darsligidagi “Kuz ne’matlari”, “Chumoli bilan Chigirtka”. (O’zbek xalq ertagi), “Qish manzarasi” “Bahor keldi”.(She’r. Otayor) “Dono dehqonbobo”(ertak) “Yoz”. (She’r. Habib Rahmat) mavzularini fanlar aro o’zaro bog’lab tushuntirish misol bo’ladi. Bu bog’lanish turi asosan, dars jarayonida sinflar aro parallel ravishda shakllantiriladi.

Yüklə 67,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə