51
kelgan. Bunday lug’atlar, ayniqsa, til o’qitish jarayonida
leksik minimumlarni
aniqlashda muhim ahamiyatga ega. So’zlarning chastotasini aniqlash linvostatistik
tahlillar yordamida amalga oshiriladi. Chastotali lug’atlar
kompyuterning lingvistik
informatsion bazasi hisoblanadi. Masalan, chastotali lug’atdagi birinchi 10 va 50 eng
ko’p uchraydigan so’z formalarining miqdori umumiy so’z birliklariga nisbatan
agglyutinativ tillarda flektiv tillarga qaraganda kamroq foizni tashkil etadi.
Agglyutinativ tillarda dastlabki 1000 so’z formasi umumiy so’z birliklarining 50-60
foizini
tashkil etsa, bu ko’rsatkich flektiv tillarda 62-87 foiz atrofida bo’ladi. Flektiv
tillarda chastotali lug’atning dastlabki 1000 so’zi umumiy har xil so’zlar sonining 69-89
foizini tashkil etsa, bu ko’rsatkich agglyutinativ tillarda 64-89 foiz atrofidadir. Flektiv
tillarda dastlabki ko’p uchraydigan 100-200 so’z formasi (ko’pchiligi
yordamchi
so’zlar) jami har xil so’z formalarining 50 foizini tashkil etsa, bu ko’rsatkich
uchun
agglyutinativ konstruksiyali turkiy tillarda 600-1000 ko’p uchraydigan so’z formalari
zarur bo’lar ekan, buning asosiy sababi agglyutinativ va
flektiv tillar morfologik
strukturasi va so’z formalarining tuzilishidadir.
Alfavit chastotali lug’at yordamida muayyan old qo’shimchalarning
maxsuldorligini so’z turkumlari bo’yicha aniqlash mumkin. Masalan, rus tili chastotali
lug’atini olib qaraylik.
Dostları ilə paylaş: