O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Modellashtirish
- barcha fanlar uchun xos bo’lgan umumilmiy metod 
hisoblanadi va u quyidagi tamoyillarga amal qiladi: 
-
deduktivlik – mantiqiy xulosa chiqarishga asoslangan bo’ladi, 
xususiylikdan umumiylikka tamoyilida bo’ladi; 
-
tafakkur eksperimentidan foydalanish; 
-
evristik funksiyaga ega bo’lishi. Ya'ni u yangi g’oyalar bera olishi va 
uni amaliyotda sinab ko’rish imkoniyati bo’lishi zarur; 
-
eksplanatorlik xususiyatiga, ya’ni tushuntirish kuchiga ega bo’lishi 
kerak. Shundagina model eski nazariya tushuntirib bera olmagan muammoni hal 
qiladi, obyektning ilgari kuzatilmagan, ammo kelajakda amalga oshishi mumkin 
bo’lgan tomonini kashf qiladi.
-
modelni ideallashtirilgan obyekt sifatida talqin qilish. 
Modellashtirish jarayoni uchta unsurni o’z ichiga oladi:

Subyekt (tadqiqotchi) 

Tadqiqot obyekti 

O’rganuvchi subyekt va o’rganiluvchi obyekt munosabatini aks 
ettiruvchi model. 
Modellashtirish tilshunoslikda strukturalizm yo’nalishi ta’sirida faol tatbiq 
qilina boshlandi. Gap strukturasini modellashtirish g’oyasi XX asrning 50-yillarida 
amerikalik tilshunos Charlz Friz tomonidan olg’a surildi (1952 yilda “The 
Structure of English” nomli tadqiqotini yaratdi). Ch.Friz o’z konsepsiyasini 
distributiv model deb nomlagan. Bunga ko’ra gap muayyan so’z turkumlariga oid 
bo’lgan so’zlar zanjri hisoblanadi va tahlilda morfologiya bazasiga tayaniladi. 
Masalan, “
The young man painted the door yesterday” 
jumlasi distributiv model 
asosida quyidagicha tahlil etiladi: 
D 3 I
a
2-d D I
b
4. 
Bu yerda 
D
– otning 
aniqlovchisi (inglizcha determiner), 
3
– sifat, 
I
– birlikdagi ot, 
2-d 
– o’tgan zamon 
shaklidagi fe’l, 
4
– ravishni anglatadi. Demak, bu modelda turli so’z turkumlariga 
mansub so’z shakllarining nutq zanjiridagi distributsiyasi (tarqalishi, qurshovi) gap 
strukturasini modellashtirishning asosiy mezoni sanaladi. 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə