O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Sun’iy intellekt - 
intellektual mashinalar, intellektual kompyuter dasturlar 
yaratish texnologiyasi va bu haqidagi fan. Intellektual sistema strukturasi 3 asosiy 
blokni o’z ichiga oladi: bilimlar bazasi, masalani yechuvchi tizim va intellektual 
interfeys. Sun’iy intellekt insondagi intellekt tushunchasining aynan immitatsiyasi 
emas, balki inson intellektual faoliyatining ko’plab qirralarini o’z ichiga olgan, 
modellashtirilgan tizimlar texnologiyasi demakdir. Ayni shu ma’noda 
“artificial 
intelligence”
terminini birinchi marta 
Jon Makkarti
1956 yilda Darmut 
universitetidagi konferensiyada qo’lladi.
Tobelik daraxti (shajara) - 
L.Tenyer g’oyalari ta’sirida shakllangan tobelik 
grammatikasi modeli bo’lib, u kompyuter lingvistikasining avtomatik analiz 
dasturlarida ishlatiladi. Bunda
 
gap asosan daraxt ko’rinishida
 
tasvirlanadi, jumla 
tarkibidagi so’zlar bir-biri bilan tobelik munosabatida bo’ladi (
bevosita 
dominatsiya munosabati
). Kesim daraxtning ildizida joylashgan bo’ladi va 
dominant bo’lak hisoblanadi, boshqa so’zlar (gap bo’laklari) unga bevosita yoki 
bilvosita (boshqa so’zlar yordamida) tobelangan bo’ladi. 
Translation Memory
(“Tarjimon xotirasi”) yoki 
Sentence Memory
(“Gap 
to’plagich”) – avtomatik tarjima samaradorligini oshirish maqsadida amerikalik 
olim Veb Layn tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya. Bu yondashuvga ko’ra 
muayyan matnni bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish uchun dastlab uni yuqori 
malakali tarjimonga ko’rsatiladi. So’ng asl matn va uning tarjimasi kompyuterga 
kiritiladi, matn fragmentlarga (alohida jumlalarga, birikmalarga) bo’linadi, ushbu 
elementlardan ma’lumotlar bazasi tayyorlanadi. Ma’lumotlar bazasi qidiruv 
tizimiga yuklanadi, u esa tarjimasi mavjud bo’lgan matn fragmentlarini va alohida 
jumlalarni sifatli tarjima qilishga imkon beradi. Matnning ayrim notanish 
fragmentlari (bazada tarjimasi mavjud bo’lmagan matn qismlari) inson qo’li bilan 
tarjima qilinadi. Bunda bazadagi bu fragmentlarga yaqin keladigan tarjimalardan 
foydalanish mumkin. Matnning inson tomonidan tarjima qilingan qismlari yana 
ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Mana shu yo’l bilan “tarjimon xotirasi” asta-
sekinlik bilan boyitib boriladi va tarjima samaradorligi yuksalib boradi. Lekin 


155 
ushbu yo’nalishning afzalliklari bilan birga ayrim kamchiliklari ham mavjud. 
Birinchidan, bu yo’l bilan har qanday turdagi matnni tarjima qilib bo’lmaydi. U 
asosan muayyan tor yo’nalishdagi bir turdagi matnlarga mo’ljallangan. 
Ikkinchidan, ma’lum matnning katta fragmenti ikkinchi bir matnning katta qismiga 
tarjimada mos kelishi yoki yaqin kelishi har doim ham kuzatilavermaydi. 
Uchinchidan, “tarjimon xotirasi” bazasini yaratish yoki ikki tilli matnlar (bilingv) 
massivini to’ldirib borish amaliy jihatdan ko’p qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə