O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Semiotika
yoki 
semiologiya
(yunoncha semiotike, ya’ni "belgilash", 
"tasvirlash", "ifodalash" degan ma’nolarni anglatadi) belgilar sistemasi haqidagi 
fan bo'lib, unda axborotni saqlovchi, uzatuvchi turli xil belgi va belgilar 
tizimlarining yaratilishi, vazifalarini, belgilar sistemasiga kiruvchi hodisalarni, 
ularning tabiati, mohiyati, turlari, ko’rinishlari, amal qilishi kabilarni tekshiradi. 
Semiotika tilshunoslikda, xususan, kompyuter lingvistikasida ham muhim 
metodologik ahamiyat kasb etadi. Chunki til ham belgi sanaladi, semiotikada tabiiy 
tillar ham, sun'iy tillar ham, hatto yo'l belgilari, audio va videosignallar ham tadqiq 
etiladi. Semiotika fani XIX asrning oxirlarida vujudga keldi, uning asoschisi 
amerikalik olim Charlz Sanders Pirs (1839 – 1914 y.) hisoblanadi. Semiotikada 
belgilar tizimi to’rt aspekt asosida o'rganiladi: 1) 
sintaktika
- belgilar strukturasini 
tekshiradi; 2) 
semantika
- belgilarning mazmuniy tomonini tekshiradi; 3) 
sigmatika
– belgi va uni aks ettiruvchi obyekt o’rtasidagi munosabatni o’rganadi; 4) 
pragmatika
- belgilarning insonga bo'lgan munosabati, foydaliligi, amaliy 
jihatlarini tadqiq etadi.
 


154 
Semantik tarmoq
- borliqni so’zlar va ularning semantik munosabatlari 
yordamida modellashtirishga yo’naltirilgan tizim hisoblanadi. 
Semantik tarmoq
aniq belgilangan uzellar (obyektlar kesishadigan joy) va dugalar (semantik 
munosabatlarning biri ikkinchisiga ta’sir ko’rsatadigan nuqta) munosabatdorligi 
asosida modellashtiriladi. Semantik tarmoq g’oyasi kompyuter texnologiyalaridagi 
lokal va global tarmoq nazariyasi ta’sirida kelib chiqqan. Uzellar muayyan 
obyektlarga, muayyan sohaga oid tushunchalarga, dugalar obyektlar o’rtasidagi 
semantik munosabatlarga aloqador tushunchalardir.

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə