O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

3.
 
Kayumars va Jamshid obrazlari. 
Kayumars – Gaya Martan. Beruniy Kayumars haqidagi afsonani bayon qilgan. 
Mifologiyaga ko`ra, Gaya Martan (Kayumars) er yuzida paydo bo`lgan birinchi odam 
bo`lib, go`yo u Axura Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: 
ho`kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning ashaddiy dushmani bo`lgan 
Axriman Kayumarsni o`ldiradi. Kayumars jasadining ho`kiz qismidan 55 xil don, 12 
xil o`simlik, sigir va ho`kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo`ladi; 
odam qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi. Shunday 
qilib, Kayumars birinchi inson va insoniyat hayotining ibtidosi sifatida tasvirlanadi. 
Kayumars yozma adabiyotda ham qayta-qayta ishlandi. Jumladan, u 
Firdavsiyning «Shohnoma»sida kishilarni zulmatdan, g`orlarda yashashdan qutqarib, 
uy-joy va shaharlar bino qilgan qahramon shoh sifatida gavdalantiriladi. Kayumars 
obrazi tasviriy san’atda ham ma’lum iz qoldirgan. 1932 yilda Tali Barzuda 
(Samarqand yaqinida) topilgan sopolga ishlangan surat shuni ko`rsatadi. Bu suratda 
gavdasining pastki qismi ho`kiz, yuqori qismi odam bo`lgan bir shakl tasvirlangan. 
Yima (Jamshid) ham Kayumars kabi najotkor qahramon sifatida tasvirlanadi. 
«Avesta»da bayon etilishicha, u adolatli hukmron bo`lib, uning davrida qahraton 
sovuq va jazirama issiq ham, qarish va o`lish ham bo`lmagan ekan. Jamshid er yuzini 
3 baravar kengaytiradi, chorvani va turli xil qushlarni nihoyatda ko`paytiradi... Biroq 
qahraton qish boshlanib, kishilarga ofat keltiradi. 
Jamshid to`g`risidagi afsona. Jamshid «Avesto»da Yima. U adolatli, yer yuzini 
kengaytirgan, chorvani, turli qushlarni ko`paytirgan, kishilarni balolardan saqlagan
uy-joylar qurib, ariqlar chiqargan hukmdor sifatida tilga olinadi. 
Firdavsiy, Beruniy, 
Navoiylar Jamshid to`g`risida qiziqarli ma`lumotlar beradilar. Prof. N.Mallaev 
«Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti» kitobida (T., 1974) Jamshid haqida mulohazalar 
yuritadi.
Xalqimizning sevimli bayrami Navro`z ham Jamshid nomi bilan bog`lanadi. 
N.Mallaevning fikricha, yetti yuz yil hukmronlik qilgan Jamshid zamonasida kishilar 
Ahrimanning zulmidan qutiladilar, muhtojlik, kasallik va o`lim yo`qolib ketadi. 
Jamshid er yuzini uch barobar kengaytiradi, chorva mollari va turli qushlarni 
ko`paytiradi. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə