O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

O`zbek adabiyoti tarixi nozik ruhiy holatlarni mahorat bilan aks ettiradigan 
durdonalarga boydir. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg`ota 
oladi, ularning ma`naviy boyishlariga tegishli hissa qo`sha oladi. Ular ma`naviy 
kamolotga xizmat qiladi. 
Adabiyot tarixi fani badiiy adabiyotning tarixiy taraqqiyot jarayonini o`rganadi va 
o`rgatadi.
Har bir xalqning o`z tarixi, madaniyati, san`ati va adabiyoti bor. Shunga 
ko`ra, adabiyot tarixi ma`lum bir xalqning, shu adabiyotni yaratgan xalqning nomi 
bilan ataladi.
O`zbek xalqi ma`naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o`zbek 
adabiyotidir.
O`zbek adabiyoti tarixi o`zbek xalqining qadim zamonlaridan boshlab hozirgi 
kunga qadar yaratgan badiiy adabiyotini o`z ichiga oladi. Adabiyotshunoslikda 
o`zbek adabiyoti tarixi ikki nom asosida tilga olinadi:


3
1. O`zbek mumtoz adabiyoti. Bunda eng qadimgi davrlardan boshlab, XX asr 
boshlarigacha bo`lgan davr nazarga olinadi. 
2. Hozirgi zamon o`zbek adabiyoti yoki XX-XXI asrlar o`zbek adabiyoti. 
O`zbek adabiyoti tarixi xilma-xil tur va janrdagi badiiy asarlarni o`z ichiga oladi. 
Lirika va epos o`tmish o`zbek adabiyotining asosiy turlaridir. G‘azal, muxammas
musaddas, noma, ruboiy, doston, hikoyat va boshqalar keng tarqalgan adabiy 
janrlardir. O`zbek adabiyoti tarixi xilma-xil adabiy tur va janrlarning shakllanishi va 
rivojlanishi tarixi hamdir. 
O`tmish o`zbek adabiyoti bir qator memuar va tarixiy asarlarni ham o`z ichiga 
oladi. «Boburnoma», «Shajarai turk», «Shajarai tarokima», «Firdavs ul-iqbol» va 
boshqalar shular jumlasidandir. 
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng, o`tmish adabiyotimizga e`tibor 
kuchaygani bois Yassaviy, Sulaymon Boqirg`oniy, Imom Fazzoliy, Bahouddin 
Naqshband, So`fi Olloyor, Haziniy, Husayniy, Amiriy, Feruz kabilarning nomlari 
xalqqa keng ma`lum qilindi.
Asarlari chop etildi. Buyuk hurmat va ehtirom 
ko`rsatildi. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə