O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar


MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

 
MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR: 
1.
Zardushtiylikning mohiyatini tushuntiring. 
2.
Zardusht kim? 
3.
«Avesto»ning adabiy qimmatini gapiring. 
 
Adabiyotlar: 
1.
Darsliklar. 
2.
«Avesto». Asqar Mahkam tarjimasi. T., 2001. 
3.
H.Homidiy, B.Do`stchonov. «Avesto» va tibbiyot. T., 2001. 
4.
I.Stebleva. Poeziya tyurkov VII-VIII vekov. M.,1965. 
5.
A.Qayumov. Qadimiyat obidalari. T.,1972. 
6.
Qadimiy hikmatlar. T.,1987. 
7.
N.Rahmon. Turk xoqonligi. T.,1993. 
8.
T.Mahmudov. «Avesto» haqida. So`ng so`z. Avesto. T.,2001. 
R.Vohidov, H.Eshonqulov. Mumtoz adabiyot-hikmat xazinasi. Buxoro, 2001.
 
 
 
 
 
 


18
 
4-mavzu: O‘RXUN-ENASOY YODGORLIKLARI 
Reja: 
1.
«O`rxun-Enasoy» yodgorliklari. 
2.
Kultegin va Bilga xoqon bitigtoshlari. 
3.
O`rxo`n-Enisey yodgorliklarining ahamiyati 
 
Mavzuga oid tayanch so`z va tushunchalar: Topilishi va o`rganilishi, 
Remezov, Iogann Strallenberg, olim Messershmidt, To`nyuquq Kultegin Bilga xoqon 
Eltarish Yo`llug` tigin Irq bitigi, Vilgelm Tomson, rus olimi V.Radlov, Mo`g`uliston, 
«Ungin bitigi», «Moyun Chur bitigi».
 
 
1.
 
O`rxun-Enasoy yodgorliklari 
Mazkur obidalarning topilishi O`rxun hamda Enasoy daryolarining havzalari 
bilan bog`liq. Keyinchalik bu obidalar Sibir va Mo`g`ulistonning boshqa joylaridan, 
Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga bo`yi va boshqa joylardan 
topilgan bo`lsa ham, shu nom bilan ataladigan bo`lib qoldi. 
Bu yodgorliklarning 
topilishi va o`rganilishi XVIII asrdan boshlanadi.
Rus xizmatchisi Remezov bu 
haqdagi dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim 
Messershmidt yodgorliklarni evropa ilm ahliga ilk marta taqdim qiladilar.
1893 yilda 
daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V.Radlovlar yodgorliklardagi harflarni 
o`qidilar. Bu yodgorliklar «tosh bitiklari» deb ham yuritiladi. 
Ular Mo`g`uliston, 
Germaniya, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Shvetsiya, O`zbekiston, 
Qozog`iston, Qirg`izistonda saqlanadi.
Yodgorliklar asosan VI-VIII asr voqealarini 
aks ettiradi. 545-yilda Turk xoqonligi yuzaga keladi. V-VIII asrgacha hukmronlik 
qiladi. Tosh bitiklarining katta qismi ana shu xoqonlikning tarixini tasvirlaydi.
«To`nyuquq» bitigtoshi ikkita ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 
160 sm. dan iborat. 
Bu yodgorlikni 1897-yili Elezaveta Klements Shimoliy 
Mo`g`ulistonda eri Dmitriy Klements bilan birgalikda izlab topgan. «Kultegin» 
bitiktoshi marmardan ishlangan. Balandligi 3 m 15 sm, qalinligi 41 sm, tub qismi 1 m 
24 sm bo`lib, yuqoriga tomon torayib borgan. Yodgorlikni rus ziyolisi N.Yadrintsev 
1889 yili Mo`g`ulistonning Ko`kshin O`rxun daryosi qirg`og`idan topgan.
To`nyuquq - Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi. Unga qo`yilgan 
toshda To`nyuquqning xalq oldidagi xizmatlari, turkiylarning bir qancha dushman 
qabilalariga qarshi kurashi, To`nyuquqning donoligi, tadbirkorligi, vatanparvarligi, 
turk xalqiga sadoqati ko`rsatilgan. Mana bu tasvir shundan dalolat beradi: «Nega 
chekinamiz, dushmanni ko`p deb, nega qo`rqamiz, o`zimizni oz deb, qani bosaylik, 
hujum qilaylik, dedim. Hujum qildik, dushmanni tor-mor qildik. Ikkinchi kun keldi. 
Urushdik. Ularning qo`shini biznikidan ikki qanoti yarmicha ortiq edi. Tangri 
yorlaqagani uchun, dushman ko`p deb biz qo`rqmadik, jang qildik. Ularni ham tor-
mor qildik...» (Qadimiy obidalar. 21-bet). 
Bulardan tashqari, 
«Ungin bitigi», «Moyun Chur bitigi» borki, bular O`rxun 
bitiglariga kiradi.
Enisey bitiglari hozirgi Tuva, Xakasiya hududidan topilgan. Bu 
bitiglar turli shakldagi-yumaloq, to`g`ri burchakli granit toshlariga bitilgan. Ayrim 


19
lari qoyalarga, metallarga, oltin va kumush idishlariga yozilgan. 
Hozirgacha hammasi 
bo`lib 250 ga yaqin bitigtoshlar topilgan.
Enisey bitiglari «Eletmish bilga xoqon 
yodnomasi», «Uyuq Tarlak yodnomasi», «Uyuq Turan yodnomasi», «Begra 
yodnomasi», «Chakul yodnomasi» kabi yodgorliklardan iborat. Ularda ham mardlik, 
qahramonlik, dushmanga qarshi kurash tasvirlangan.
Bu yodgorliklarni nasr namunasi deb qarovchi olimlarimiz bo`lganidek, 
Stebleva ularni turkiy xalqlar she`riy ijodining namunalari sifatida beradi
Bitiglarda «Edguti eshid, qatug`du tungla» «Yaxshi eshit, qattiq tingla», «Ichra 
oshso`z, tashra jonso`z» «Ichda oshsiz, toshida to`nsiz» kabi maqolga o`xshash 
jumlalar mavjud. 
Yodgorliklarning tili quyidagicha: 
Qog`on ulurup yo`q jig`ay budunug Qoon bo`lgach kambag`al xalqni ko`p 
ko`portdum Yuksakka ko`tardim. 
Jig`oy budunug bay qiltim Kambag`al xalqni boy qildim. 
Umuman, O`rxun-Enasoy yodgorliklari V-VIII asrlarda yashagan turkiy 
xalqlarning madaniy merosi sifatida ajdodlarimizning ma`naviy -badiiy , ilmiy-tarixiy 
salohiyatining balandligi, qadimiy va boyligidan yorqin nishonadir. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə