O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar


 Avestoning tarixiy-ma’rifiy ahamiyati



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

 
4. Avestoning tarixiy-ma’rifiy ahamiyati. 
«Avesto» qadimgi O`rta Osiyo, Eron va Ozarbayjonning tarixi, siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, goegrafiyasi va tabiati, ilm-fani, etnografiyasi va hokazolar 
bilan tanishtiruvchi manba sifatida ham juda qimmatlidir. 
«Avesto»da tasvirlangan jamiyat chorvachilar va dehqonlarning qadimgi 
jamiyatidir. Unda o`z davrida emirila borgan ibtidoiy jamoa tuzumi ham, quldorlik va 
tug`ilib kelayotgan feodal munosabatlari ham qisman bayon etiladi. Kishilar 
xudolarga murojaat qilib, ulardan ko`p chorva, katta yaylovlar va sug`oriladigan keng 
ekin maydonlarini tilaganlar. «Avesto» chorvasi, yaylovi va ekin maydoni ko`p 
bo`lgan kishilar ham, tobe bo`lgan yo`qsillarni ham ko`z o`ngimizda gavdalantiradi. 
Zodagonlar mol- mulklarini ko`paytirish uchun qo`l ostilaridagi dehqonlarni va 
chorvadorlarni eksplutasiya qilish bilan qanoatlanmay, bosqinchilik urushlari olib 
borib, chorva mollarini, yangi yaylovlarni va qullarni qo`lga kiritadilar. 
Zardushtiylikning sinfiy mohiyati Axura Mazdaning so`zlarida ham ravshan 
ifodalanadi, u xudo qiyofasidan chiqib, tobora shoh qiyofasiga yaqinlashib boradi. 
«Avesto» madaniy hayotning turli sohalariga doir, chunonchi , qadimgi 
medisina, astronomiya, kosmogoniya va falsafaga doir material va ma’lumotlar ham 
beradi. 
«Avesto» ma’lum darajada adabiy yodgorlik hamdir. Unda badiiy til vositasi
obrazli 
so`zlar 
xiyla 
ishlatilgan 
bo`lishidan 
tashqari 
og`zaki 
adabiyot 
yodgorliklarining to`plagan bir manba hamdir. Unda Kayumars, Yima, Gershasp, 
Arjasp va boshqa mif hamda afsonalar hikoya qilinadi. Uning ancha qismi (asosan 
«Gotlar» va «Yashi» ) she’r bilan bitilgan. She’riy misralar hijolarning miqdori 
prinsipi asosida tuzilgan. Yasht ko`pincha 8 (ba’zan 10-12) hijoli misralardan tarkib 
topgan. 


16
«Avesto» kitobi mukammal suratda nashr etildi. Ellik bosma taboqdan iborat 
bu tarixiy-adabiy obida bugungi kungacha er yuzida saqlanib qolgan «Avesto» 
matnlarini tugal o`z ichiga oladi. 
Kitob so`zboshi, so`nggi so`z, olti daftar, avestoyi tushunchalar va islohotlar 
mukammal sharhlangan izohlardan iborat. Nufuzli tahrir hay’ati nazorati ostida chop 
etilgan kitob shoir Asqar Mahkamning o`n yillik mashaqqatli va samarali mehnati 
tufayli tilimizga o`girildi. 
Qo`limizdagi «Avesto» kitobi Zardushtning «Gohlar»i bilan boshlanadi. 
Gohlar bu ulug` obidaning eng qadimiy bo`limlaridan, yoxud Zardushtning beklik 
qo`shiqlaridan tashkil topgan. Aslida avestoyi «Goso» bo`lgan bu istiloh keyincha 
tilimizda «goh» shaklida o`zlashdi, chunonchi, «Dugoh», «Segoh», «Chorgoh» va 
hokazo. 
Birinchi daftar olam va odamning yaralishi, hayot va yashashning mazmuni
ezgulik va yovuzlikning paydo bo`lishi ularning o`zaro kurashi xususida hikoya 
qiladi. «Ahunavad goh», «Ushtavad goh», «Spiantmada goh», «Vahuvxshtar goh», 
«Vahiyshtvaysht goh»dan iborat. Mazkur bo`limda oliy iloh Axuramazda dunyo, 
borliq, inson, ruh, koinot va zamin xususidagi o`z aqidalarini Zardushtga bayon 
qiladi. Zardusht bu ta’limotni qabul qilib, bashar farzandlariga etkazishiga so`z 
beradi. 
Ikkinchi daftar «Yasna» deb nomlanadi. «Toat va salobatga munosib» 
ma’nosini anglatuvchi Yasnalar bugungi «Avesto»ning muhim juz’i bo`lib, 72 
qismdan iborat Yasna «Ibtido» deb nomlanguvchi alohida alohida duolar, 
madhiyalar, munojotlardan tuzilgan. Zardushtiylarning kundalik turmushiga 
singdirilgan bu alqov va duolarda butun borliqqa yog`ilgan avestoyi ilohlar nom-
banom ulug`lanadi, ularga nazr-niyoz keltirish tartib-qoidalari zikr etiladi. Yasnalarda 
Axura Mazda yovuz kuchlarga qarata shunday xitob qiladi «Ey, devlar! Sizlarning 
barchangiz qabih niyatga qarindoshsiz. Sizlarni azaldan qo`llab-quvvatlab, asrab-
avaylab, kelayotgan kuch kazzoblik va xudbinlikdan boshqa hech narsa emas. Bu 
yolg`on va munofiqona amallaringiz bilan etti iqlimga nom taratdingiz va oxir-oqibat 
sharmanda bo`ldingiz ..» 
«Avesto»ning nisbatan salmoqli tarkibi Uchinchi daftar -«Vandidod»dir. Ba’zi 
avestoshunoslarning fikriga ko`ra, «Vandidod» yaxlit asar. U qadimiy mug`larning 
odat va rasm-rusumlarini o`z ichiga olib, «Devlarni uzoqlashtiruvchi nizom» yoxud 
«Devlarga qarshi nizom» ma’nosini anglatadi. «Vandidot» avestoyi «Vaydaivadota» 
istilohining ixchamlashgan shakli. Fargard - bo`limlardan iborat «Vandidod» 
boshdan-oyoq Zardushtning savollariga Ahura Mazdaning javoblaridan iborat. 
Zardusht o`z panohi bo`lmish Ahuradan mazdaparstlikning mohiyati, uning borliq-
olam, inson va uning ruhiyati, ong-tafakkuri, kundalik hayoti xususida yuzlab 
savollar bilan murojaat qiladi. Ahura esa bu savollarga atroflicha javob beradi: 
«- Ey, olamni yaratgan Zot! Ey, Haqiqat! Zamini hammadan ko`ra baxtliroq 
bo`lgan dunyodagi birinchi joy qaer? - deydi Zardusht. 
Ahura Mazda javob beradi: - Bunday joy, qo`lda pokiza o`tin, barsam, havona, yangi 
sog`ilgan sut tutugan, o`z amal-e’tiqodiga dilda ishonchi sobit, o`ktam ovoz, keng 


17
yaylovlar ishqi bilan masrur va bu yaylovlarni qo`shiqqa solgan bir ashavan oyoq 
bosgan zamindir. 
To`rtinchi daftar she’riy va mansur yashatlar (qasidalar)dan jamlangan bo`lib, 
unda zardushtiylikning Ahura Mazda, Ardvisura Anahita, Quyosh, Mitra. Vartragna, 
Asha, Huvarna kabi iloh va ma’budlari sharaflanadi. 
Kitobning beshinchi daftari - «Vispirad». «Vispirad» - jamiyki radlar (hakam 
madhi ma’nosini anglatib, 24 bo`limdan iborat. Zardushtiylar ta’limotiga ko`ra, butun 
borliq aslida jonli maxluqlar yashovchi bir fano manzili. Unda har bir unsur o`z 
qonunlari asosida, muayyan kuchlarning homiyligi ostida yashaydi. Chunonchi, 
«rad» istilohi «Avesto»da hakam ma’nosidan tashqari manzil makon kabi 
tushunchalarni ham ifoda etadi. 
Nihoyat, Oltinchi daftar - «Kichik Avesto» yoxud «Xurda Avesto»dir. «Kichik 
Avesto», asosan, zardushtiylarning kunduzgi toat-ibodatlari, duo va olqishlaridan 
tashkil topgan. Jumladan, «Surush boj» deb nomlanguvchi duo har kuni uyqudan 
so`ng o`qiladigan mazdaparstlarning mashhur duolaridan biri Uni «Qo`l yuvish 
duosi» ham deydilar. «Surush boj» tun qorong`uligi chekinib, tong yorisha 
boshlagach, butun kecha jahonni qo`riqlab turgan iloh Surush sha’niga bag`ishlangan. 
Zardushtiylarning barcha marosimlari, xususan, marhumlarni xotirlash marosimi 
«surush boj» duosi bilan boshlanadi: «Rad avashan», olamlarga kenglik 
bag`ishlaguvchi baxtiyor, cheksiz qudrat sohibi, porsa Surushni olqishlaymiz!» 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə