O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar


 “Avesto”ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

3. “Avesto”ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati. 
«Avesto» ning hozirgi ma`lum bo`lgan nusxalarini olimlar 21 nasx - kitob 
(qism) dan iborat demoqdalar.
Ulardan 7 kitob xudolar, koinotning paydo bo`lishi va 
insoniyat tarixiga doir; keyingi 7 kitob ibodat masalalari, din dasturlari, xalqning 
yashash tarzini ifoda etadi; oxirgi 7 kitobda tibbiyot, astronomiyaga doir ma`lumotlar 
jamlangan. 
Zardushtiylar dini va ta`limotidagi «Ezgu fikr», «Ezgu kalom», «Ezgu amal» 
birligi ularning falsafiy-axloqiy, umumiy dunyoqarashini ham belgilaydi. 
«Avesto»ning hozirgi bizga ma`lum bo`lgan eng qadimgi nusxasi 1324-yilda 
ko`chirilgan bo`lib, Kopengagen shahrida saqlanadi. 
1996-yilda Eronda chop etilgan 
ikki jildli «Avesto» ham mukammal nusxa hisoblanadi. 
«Avesto»ning to`rtdan bir 
qismi - 83000 ming so`zdan iborat alohida-alohida boblari, parchalari saqlanib 
qolgan. 
«Avesto» - mazdaparastlar diniga mansub barcha adabiyotlarning umumiy nomi. 
«Avesto» so`zi qadimiy mazdaparastlarning o`zagiga mansub bo` lib, «Avesto» 
artikuli va «vista» fe`lidan iborat. «Vista» so`zining o`zagi «vid», «vand» bo`lib, 
ma`nosi «tanimoq», «bilmoq», «topilmoq», «ko`rinmoq» kabidir.
«Avesto» ni «Ogohnoma», «Donishnoma» ma`nosida tushunish mumkin. 
Hozirgi ma`lumotlarga ko`ra, «Avesto» Yasna, Yasht, Visparad, Vandidod, 
Kichik 
Avesto 
qismlaridan 
iborat. 
Y.Bertels, 
I.Braginskiy, 
N.Mallaevlar 
«Avesto»ning bu qismlarini quyidagicha izohlaydilar: 
1. Yasna - hamdu sano, munojot va qurbonlik duolaridan tashkil topgan 72 bobli 
to`plam. 
Uning 17 bobi gotlar-gimnlar deb ataladi. Ular «Avesto»ning eng qadimgi 
boblari hisoblanadi. Gotlarning asosiy g`oyasi «ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu 
amal»larning birligini madh etishdan iborat. 
2. Yashtlar - zardushtiylarning alohida xudolarini madh etuvchi qo`shiq-
oyatlardir. Ularda qadimiy rivoyatlar ko`plab uchraydi. Bu rivoyatlarning ayrimlari 
Firdavsiyning «Shohnoma» sida o`z ifodasini topgan. Yashtlarning aksariyati she`riy 
shaklda bitilgan;
3. Visparad - yasnalarga qo`shimcha tarzda yozilgan, 24 bobdan iborat ibodatga 
doir qo`shiqlardir; 
4. «Vandidod» - «Viydaivadota» so`zining o`zgargan shakli bo`lib, devlarga 
qarshi qonun ma`nosini anglatadi.
U yomonlik, jaholat va razolat timsollari devlarga 
qarshi kurash qonunnomasi hisoblangan. Unda ibodat qilish tartibi, buni buzganlarni 
jazolash qonun- qoidalari ham aks etgan. «Vandidod» 22 bobdan tashkil topgan. 
«Vandidod»da, shuningdek, o`likni yerga ko`mib, uni harom qilgan yoki yolg`on 
va`da bergan odamni jazolash, tabiblar xususida, o`liklarni qo`yadigan dahmalar 
qurish, ko`mish marosimi va o`likdan yomon jinlarni quvish uchun yoniga it olib 
borish, it boqish va ularni ehtiyot qilish, ayollar bilan oyning qaysi kunlari 


15
munosabatda bo`lish, soch va tirnoqlarni qachon olish va ularni toza saqlash, o`z 
qichqirig`i bilan yomon narsalarni qochiruvchi xo`roz haqida, suvning shifobaxshligi, 
chaqaloqni parvarishlash, Axura Mazdaning odamlarni turli balo-qazolardan asrashi 
va hokazolar bayon etiladi. 
5. «Kichik Avesto» - u Quyosh, Oy, Ardivusura, Bahrom singari xudo hamda 
ma`budalar sharafiga aytilgan duo matnlarini o`z ichiga oladi. 
«Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo`lishi bilan bir qatorda 
Turonu Eron va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlarining tarixi, madaniyati, ijtimoiy-
iqtisodiy hayoti, tili, urf-odatlari, xalq og`zaki ijodi, umuman, turli sohalar haqida 
ma`lumot beruvchi noyob qomusiy manbadir. Undan o`rin olgan afsonalar, qo`shiqlar 
ma`lum ma`noda xalq og`zaki ijodining qadimiy janr namunalarini o`zida aks 
ettirgani bilan ham ahamiyatlidir. 
Respublikamiz 
mustaqillikka 
erishganidan 
so`ng, 
merosimizga, 
buyuk 
vatandoshlarimiz ijodiga munosabatda jiddiy o`zgarishlar yuz berdi. Davlat 
miqyosida e`tibor berilmoqda. Jumladan, 2001 yilda Xorazmda «Avesto» ga 
bag`ishlangan yirik tadbirlar, ilmiy anjumanlarning o`tkazilishi buning yorqin 
dalilidir. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə