O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar


MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR: 
1.
Yusuf Xos Hojib kim? 
2.
U haqda qaysi manbalarda ma`lumot bor? 
3.
«Qutadg`u bilig» qanday asar? 
4.
Uning topilishi, o`rganilishi, nusxalari haqida gapiring. 
5.
Dostonda qanday masalalar qo`yilgan? 
6.
Asardagi obrazlarga tahlil bering. 
7.
Dostondagi xalq og`zaki ijodining ta`sirini belgilang. 
 
MAVZUGA OID TAYaNCh SO`Z VA TUShUNChALAR: 
1.
Yusuf Xos Hojib.
6. O`gdulmish. 
2.
«Qutadg`u bilig».
7. O`zg`urmish. 
3.
Tavg`achxon. 
8. Ofiyat. 
4.
Oyto`ldi. 
9. Majoziy obraz. 


32
5.
Kuntug`di. 
7-mavzu: AHMAD YASSAVIY VA UNING HIKMATLAR TO‘PLAMI 
R e j a: 
1.
Kirish. 
2.
Ahmad Yassaviy haqida. 
3.
Sobiq Sho`rolar davrida Ahmad Yassaviy merosiga bo`lgan munosabat. 
4.
Ahmad Yassaviyning hayoti va ijodi. 
5.
«Devoni hikmat»ning mavzulari. 
6.
Xulosa. 
ADABIYoTLAR: 
1.
Darsliklar. 
2.
Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. T.,1991. 
3.
Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. T.,1992. 
4.
I.Haqqul. Tasavvuf va she`riyat. T.,1991. 
5.
I.Haqqul. O`zbek tasavvuf she`riyatining shakllanishi va taraqqiyoti. 
Dok.diss.avtor. T.,1995. 
6.
Orif Usmon. Ahmad Yassaviy. Buyuk siymolar, allomalar. 1-kitob. T.,1995.
7.
Foyiblar xaylidan yongan chiroqlar. T., 1994. 
8.
Yassaviy kim edi. T.,1994. 
9.
B.To`xliev. O`zbek adabiyoti. Darslik. 9-sinf. T.,2000. 
Ahmad Yassaviy Sharq olamining ulug` siymolaridan biri. 
Alisher Navoiy 
ta`kidlaganidek, «Xoja Ahmad Yassaviy-Turkiston mulkining shayxul mashoyixidur. 
Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy hayratlanarli va nomaxsur chegarasiz 
ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning ashobidindur suhbatdoshi».
Ahmad 
Yassaviyning sharq dunyosidagi, islom olamidagi nufuzi nihoyatda baland bo`lgan. 
Shuning uchun ham «Makkada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad» degan gaplar 
paydo bo`lgan. 
Ahmad Yassaviy merosini o`rganish borasida chet mamlakatlarda, ayniqsa, 
Turkiyada ko`p ishlar amalga oshirilgan
. Uning merosi bilan bog`liq tadqiqotlar turk 
olimi F.Ko`prilizoda, Likoshin, Bertels kabi chet el olimlari faoliyatida ko`zga 
tashlanadi. O`zbek adabiyotshunosligida 20-yillarda Fitrat, A.Sa`diy tadqiqotlarida 
Yassaviy merosiga munosabat ko`rinadi. Keyingi yillarda N.Mallaev, V.Zohidov, 
1974-yilda «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, «Toshkent oqshomi» gazetida 
f.f.doktori E.Rustamovning Yassaviy haqidagi maqolalari chop etildi. Hozirgi kunda 
o`ziga xos yassaviyshunoslik yuzaga keldi. N.Komilov, I.Haqqul, Orif Usmon, bir 
qator yosh olimlar Yassaviy merosiga doir u yoki bu darajadagi tadqiqotlar yaratdilar 
va yaratmoqdalar. 
Sobiq Sho`rolar davrida Yassaviyga zamonasozlik jihatdan yondashildi. Uning 
merosi din nuqtai nazaridan talqin etilib, asosan, bir yoqlama mulohaza yuritildi. U 
«klerikal adabiyot vakili», «reaktsion diniy adabiyot vakili», «diniy-mistik adabiyot 
namoyondasi», «tarkidunyochi» nomlari bilan tilga olinadi. Uning merosidan 


33
xalqimiz bebahra qoldirildi. «Hikmat»lari chop etilmadi. O`zbekiston mustaqillikka 
erishgandan so`ng ko`pgina shoirlar qatori Yassaviy merosi ham xalqimizga 
qaytarildi. Mamlakatimizda 
1993 yil-Yassaviy yili deb e`lon qilinishi bu boradagi 
eng ulug` harakat bo`ldi.
Shoir kitoblari nashr etildi. O`rta maktab darsliklaridan o`rin 
oldi. Yassaviyga munosib ehtirom ko`rsatilmoqda. 
XII asrda Markaziy Osiyoda paydo bo`lgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisi 
Xoja Ahmad Yassaviyning tug`ilgan yili bahslidir. Orif Usmon uni 1041-yilda 
Sayramda Shayx Ibrohim oilasida dunyoga kelgan deb ko`rsatadi. Ko`pchilik uning 
tug`ilgan yili noma`lum deb ko`rsatishadi. Tug`ilgan joyi Turkistonning Yassi shahri, 
ba`zi o`rinlarda esa Sayramda deb ko`rsatiladi. Uning vafot yili ko`pgina qo`lyozma 
manbalarda hijriy 562 1166-67 deb yozilgan. Ahmad yoshligida onasidan, yetti 
yoshda otasidan ajraladi. Uni bobosi Arslonbob ba`zi manbalarda qarindoshligi 
yozilmay, yirik mutasavvuf olim ekanligi qayd etiladi tarbiyalab voyaga yetkazadi. 
So`ngra Buxoroga borib Yusuf Hamadoniydan ta`lim oladi. Dastlabki ta`limotni esa 
Yassida mashhur olim Shahobiddin Isfijobiydan oladi. 
Ahmad Yassaviyning o`zi 
«Ustoz Yusuf Hamadoniyning huzuriga 23 yoshda borganini va ul Hazratning 
tarbiyasiga noil bo`lg`onligini»
aytadi. U yerda tasavvufdan ta`lim olib, o`z yurti 
Turkistonga qaytadi. O`z ta`limotini targ`ib etib, shogird, muridlar tayyorlay 
boshlaydi. Rivoyatlarga ko`ra, Yassaviy 63 yoshga yetkach, yer ostida hujra yasatib, 
«chilla»ga kirgan, qolgan umrini toat-ibodat bilan, hikmatlar yozib, riyozatlar chekib, 
yer ostida o`tkazgan. Bir rivoyatga ko`ra u 125 yil, boshqa rivoyatga qaraganda, 133 
yil umr ko`rgan. 
Ahmad Yassaviyning shuhrati vafotidan keyin ham pasaymaydi. 
Amir Temur 
unga alohida e`tiqod bilan qaragani ma`lum. U 1395-97 yillarda Turkistonda Ahmad 
Yassaviyning eski qabri o`rnida yangidan muhtasham maqbara qurdirgan.
Bu 
maqbara hozir ham mavjud. 
Ahmad Yassaviydan bizgacha «Devoni hikmat»i yetib kelgan. Olimlarning 
ta`kidicha, bu nom XVI asrdan keyin berilgan. Turk olimi Ko`prilizoda diniy-
tasavvufiy manzumalar X asrdan e`tiboran hikmat deb atalganini yozadi. Mutasavvuf 
shoirlar, jumladan, Ahmad Yassaviy uchun ham ilmi laduniy, ya`ni ilmi g`ayb 
haqqoyiq va ilohiy sirlarni kashf etmoq va ifodalamoq hikmat mazmuniga teng. 
«Devoni hikmat»da prof. Orif Usmonning ta`kidicha, Yassaviy tariqatining muayyan 
qoidalari o`z ifodasini topgan. «Hikmatlar»da Ahmad Yassaviy merosi jamlangan. 
«Hikmat» XII asr turkiy tasavvufiy she`riyatning yuksak namunasidir. Yassaviy turk-
islom tasavvufiy she`riyatining asoschisi sifatida dunyoga tanildi. Yassaviy 
hikmatlari keyingi davr turkiy adabiyotning rivojlanishga ham katta ta`sir ko`rsatdi. 
Hikmatlarga «Qul Xoja Ahmad», «Xoja Ahmad Yassaviy», «Ahmad ibn Ibrohim», 
«Sulton Xoja Ahmad Yassaviy», «Yassaviy miskin Ahmad», «Miskin Yassaviy», 
«Ahmadiy», «Qul Ahmad», «Miskin Ahmad» kabi taxalluslar qo`llangan. Ayrim
manbalarda Ahmad Yassaviy «Hikmat»larining soni 240 ga yaqin she`rdan iborat (9-
sinf darslik. 164.) Boshqa bir xillarida 4400 ta, ay rimlarida esa 9900 ta deb 
ko`rsatiladi. Yassaviy ijodining asosiy qismini islom dini, Alloh, Muhammad 
payg`ambar, turli piru mashoyixlar, tasavvuf bilan bog`liq tafsilotlar tashkil etadi. 
Ammo ana shular asosida inson ma`naviyati, poklik, jamiyat, hayot haqidagi chuqur 


34
mulohazalar yuritiladi. Hikmatlarda yaxshilik, mehr-oqibat, beva-bechoralarga 
muruvvat ko`rsatish, sabr-qanoat, shaxs kamoloti, vatan tuyg`usi, iymon va e`tiqod 
xususida, nafs va nodonlik, ilmsizlik va johillikning oqibatlari kabilar borasida bahs 
yuritiladi. Shoir ishq, haqiqat, adolat, qanoat, diyonat singari masalalarga o`zgacha 
yondashadi. Qiyinchilik, musibat, mehrsizlik, yo`ldan adashishni qoralaydi: 
Na onoda rahm qoldi, na otoda, 
Og`o, ini bir-biriga mojaroda. 
Musulmonlar da`vo qilur, ichar boda, 
Mastlig` bilan qarindoshdin tondi, ko`rung.
Yassaviy «Ko`ngli qatig` xaloyiq»ni shafqatga, g`arib, etim, mazlumlarga ozor 
yetkazmaslikka chaqiradi: 
Fariblarni ko`rgan erda og`ritmangiz, 
Fariblarga ochig`lanib so`z qotmangiz. 
Zaif ko`rub g`ariblarg`a tosh otmangiz, 
Bu dunyoda g`aribliktek balo bo`lmas. 
Yassaviy hikmatlaridagi markaziy obraz-Olloh. U xudo ishqi, ya`ni ishqi ilohiyni 
tan oladi. Navoiy «Mahbubul qulub» asarida ishqni uch qismga ajratgan. 
Uchinchisini «Haqgo`ylar ishqi bo`lib, ular haqning ishqi bilan atilibdirlar»,-deydi: 
Ishq yo`lida kecha-kunduz yig`lag`onlar, 
Jondin kechib belin mahkam bog`lag`onlar. 
Xizmat qilib haq sirini anglag`onlar 
Tun uyquni harom qilib nolon bo`lur. 
Bu misralarda Ollohni tanish va uning ishqini idrok qilish ehtiroslarida o`rgangan 
oshiqlar nazarda tutilgan. 
Ahmad Yassaviy hikmatlarining katta bir qismi nafs masalasiga qaratilgan. Shoir 
ta`kidicha, «nafs yabon qushdek qo`lga qo`nmas» bir narsa. Bu qush o`z xohishicha 
parvoz etaversa, odamni kundan kunga to`g`rilikdan ozdiraveradi. Oqibatda esa: 
Nafs yo`liga kirg`on kishi rasvo bo`lur, 
Yo`ldin ozib, to`zib, toyib gumroh bo`lur. 
Yotsa-tursa shayton bila hamroh bo`lur... 
Shoir nafs bandalariga qarata, «Nafsni tebgil, nafsni tebgil, ey badkirdor», deb 
murojaat etadi. 
Yassaviy «olloh dardi»ni ishq o`tlarida dilni yoqmoq, poklanish iztiroblari, tama, 
yolg`on, makr, mansab va boylik hirslariga qul bo`lmaslik deb tushungan. Ba`zan 
imkonsizlik kayfiyati ifodalanadi: 
Ko`zum namlik, dilim g`amlik, men alamlik, 
Nechuk iloj aylarimni bilmom, do`stlar. 
Bu hasratda, nadomatda yoshim oqib,
Qayu taraf kyetarimni bilmom, do`stlar. 
Yassaviy «Xalqda saxovat», «podsho, vazirlarda adolat» yo`qligidan afsuslanadi. 
«Turluk balo xalq ustiga yog`»qanidan achinadi: 
Ahli dunyo xalqimizda saxovat yo`q, 
Podsholarda, vazirlarda adolat yo`q. 
Darveshlarni duosida ijobat yo`q, 


35
Turluk balo xalq ustiga yog`di, do`stlar. 
Yassaviy hikmatlarida asosiy o`rinlardan birini nodonlik egallaydi: shoir 
nodonlikni qoralaydi. Undan ranjiydi. Shoir «Duo qiling nodonlarni yuzin ko`rmay», 
deydi. O`nlab hikmatlarida uni qoralaydi: 
Duo qiling nodonlarni yuzin ko`rmay, 
Haq taolo rafiq bo`lsa birdam turmay. 
Bemor bo`lsa nodonlarni holin so`rmay, 
Nodonlardin yuz ming jafo ko`rdum mano. 
Ayo do`stlar, nodon birla ulfat bo`lib, 
Bag`rim kuyub, jondin to`yub, o`ldim mano. 
To`g`ri aytsam egri yo`lga bo`yin to`lg`ar, 
Qonlar yutub g`am zahriga to`ydim mano. 
er ostig`a qochib kirdim nodonlardin 
Ilkim ochib duo tilab mardonlardin. 
Farib jonim yuz tasadduq donolardin, 
Dono topmay er ostig`a kirdim mano. 
Ahmad Yassaviy she`riyatidagi obrazlar tizimi ham tasavvuf ta`limoti bilan 
bog`liq. Pir, darvesh, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, ummat, rasul, shayton, 
iymon kabi obrazlar tasavvuf bilan bog`liq. Yo`l, rabot, karvon, o`q kabilar og`zaki 
ijod an`analari bilan bog`liq. 
Beshak biling, bu dunyo borcha xalqdin o`taro, 
Ishonmag`il molingga, bir kun qo`ldan kyetaro. 
Oto-ono, qarindosh qayon ketdi-fikr qil, 
To`rt oyog`lig` cho`bin ot bir kun sang`a yetaro... 
Umuman, Yassaviy merosini chuqur o`rganish har birimizning burchimizdir. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə