O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar


MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR: 
1.
Haydar Xorazmiy qaysi davrda yashagan? 
2.
Shoir merosi haqida gapiring. 
3.
Haydar Xorazmiyning tarjimonlik faoliyatini gapiring. 
4.
«Bo`z to`quvchi kampir va bazzoz» hikoyatini tahlil qiling. 
5.
«Gul va Navro`z» haqida qanday bahslar bo`ldi? 
6.
Uning Haydar Xorazmiy asari ekanligini qaysi manbalar asoslaydi? 
7.
Sharq adabiyotida bu syujetning ishlanishi qanday? 
8.
Dostondagi obrazlarning ramziyligi nimada? 
9.
«Gul va Navro`z» dostonida xalq og`zaki ijodining ta`siri nimalarda ko`rinadi? 
MAVZUGA OID TAYaNCh SO`Z VA TUShUNChALAR: 
1.
Haydar Xorazmiy.
11. Bazzoz. 
2.
«Maxzanul asror». 
12. Kufa. 
3.
Iskandar Sheroziy. 
13. Haqparast darvesh. 
4.
«Fununul balog`a». 
14. Kampir. 
5.
«Gul va Navro`z».
15. Savsan. 
6.
Farrux. 
16. Navshod. 
7.
Mushkin. 
17. Yaldo. 
8.
Farxor. 
18. Shayx Najdiy. 
9.
Bulbul. 
19. Adan. 
10.
Yaman.


60
15-mavzu: ATOIY HAYOTI VA IJODI 
R e j a: 
1.
Kirish. 
2.
Atoiy haqida . 
3.
Atoiy merosini o`rganish tarixidan. 
4.
Atoiy lirikasi. 
5.
Atoiy she`riyatida badiiy tasvir vositalari. 
6.
Atoiy lirikasi va xalq og`zaki ijodi. 
7.
Xulosa. 
Adabiyotlar: 
1.
Darsliklar. 
2.
Otoyi. Tanlangan asarlar. T., 1960. 
3.
Hayot vasfi. T.,1988. 
4.
Navoiyning nigohi tushgan. T., 1986. 
5.
Hodi Zarif. Fozillar fazilati. T.,1979. 
6.
E. Rustamov. Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XV veka. M., 1963. 
7.
Hayitmetov. Navoiy lirikasi. T., 1961. 
8.
Hayitmetov. Meros va ixlos. T., 1985. 
9.
Haqqulov. She`riyat-ruhiy munosabat. T., 1990. 
10.
S. Rafiddinov. Majoz va haqiqat. T.,. 1995 
11.
Tohir Rashid Xo`ja .Atoiy lirikasi va xalq og`zaki ijodi .Til va adabiyot 
masalalari to`plami. T., 1993. 
Atoiy XV asr birinchi yarmiga mansub shoirlarimizdan biridir.U bu davrda 
yashab ijod qilgan Haydar Xorazmiy, Gadoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Durbek, Hofiz 
Xorazmiy va boshqa shoirlar qatori turkiy adabiyotning rivojlanishiga, keyinchalik 
Navoiydek buyuk zotning yetishib chiqishiga zamin hozirlaydi. Atoiy haqida 
Navoiyning»Majolis-un nafois» va «Muhokamat-ul lug`atayn» asarida, Yaqiniyning 
«O`q va yoy» munozarasida ma`lumotlar berilgan.
1921 yil rus sharqshunos olimi Samoylovich Atoiy devonini topib , u haqda bir 
maqola chop ettirdi. U shoir g`azallaridan 17 tasini birinchi bo`lib chop ettiradi. 
Keyinchalik Atoiy merosi bo`yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. A. Fitrat, 
H.Zarif, A. Hayitmetov, E. Rustamov, Oybek , N. Mallayev, E. Ahmadxo`jaev, 
N.Davronov, I.Haqqul, X.Rasulov, S. Rafiddinov va boshqalarning ishlari shular 
jumlasidandir. Shuningdek, Ko`prilizoda, Ekman, Rosse, Bombachi kabi chet el 
olimlari asarlarida ham Atoiy haqida ma`lumotlar berilgan.Bu ishlarda Atoiy ning 
diniy va tasavvufiy g`azallari tadqiqiga yetarlicha e`tibor berilmagan.(Izoh: Ma`ruza 
matnini tayyorlashda asosan S. Rafiddinovning»Majoz va haqiqat» nomli kandidat. 
diss. asosida nashr etilgan kitobiga suyanildi). 
Mavlono Atoiy dan bizgacha 260 ta turkiy g`azallarini o`z ichiga olgan devon 
yetib kelgan. U Sankt-Peterburgdagi Sharqshunoslik institutining qo`lyozmalar 
fondida saqlanadi. 


61
Atoiy ning hayoti va ijodi haqida yetarlicha ma`lumot saqlanib qolmagan. 
Navoiyning «Majolis-un nafois» asarida Atoiy haqida quyidagi ma`lumotlar 
yozilgan. «Mavlono Atoiy Balxda bo`lur erdi. Ismoil ota farzandlaridandir, darvesh, 
va xushxulq va munbasit (ochiq ko`ngil, xushhol, shod-xandon) kishi erdi. Turkigo`y 
erdi. O`z zamonida she`ri atrok (turklar) orasida ko`b shuhrat tutti va bu matla` 
aningdurkim: 
Ul sanamkim suv qirog`inda paridek o`lturur, 
Foyati nozukligidin suv bila yutsa bo`lur. 
Qofiyasida aybg`inasi bor. Ammo mavlono ko`b turkona (sodda va xalqona)
aytur erdi. Qabri Balx navohisidadur». 
Navoiyning bu ma`lumotidan aniqlanadiki, Atoiy naslu nasab jihatidan bir-
ikki avlod orqali Ahmad Yassaviyga yaqin turgan. Mashhur shayxlar-otalar 
avlodidan bo`lgani uchun o`ziga «Atoiy » taxallusini tanlagan. Ma`lumotlarga ko`ra, 
Atoiy Balx, shuningdek, Hirot va Samarqandda uch temuriy shahzodalar-Mirzo 
Shohruhning o`g`li Muhammad Jo`qiy, Ulug`bekning o`g`li Abdullatif, Boysunqur 
Mirzoning o`g`li Alouddavlalar davrida yashagan. Umuman, Atoiy ning, tarjimai holi 
xususida quyidagilarni xulosa tarzida bayon etish mumkin: 
Atoiy qaerda va qachon tug`ilganligi, asl ismi noma`lum.
Uning nasl-nasabi mashhur shayxlar-Ismoil ota, Ibrohim ota, Ahmad 
Yassaviylarga borib taqaladi. 
Atoiy ning Samarqand, Toshkent, Turkiston shaharlarida yashaganligi, yashagan 
bo`lsa qancha muddat turganligi aniq emas. 
Atoiy ning taxallusi hozirda Atoiy , Atoiy, Otoyi, Otoiy tarzida har xil yozib 
kelinmoqda. Bularning qaysi to`g`ri ekanligi matbuotda jiddiy munozaralarga olib 
keldi. Ko`plab bahslar, munozaralarga bu so`zning o`zagi, qo`shimchalari haqida fikr 
yuritildi. Olimlarimiz Atoiy shaklida tadbiq etish va atash haqiqatga muvofiq deb 
hisoblamoqdalar.
Atoiy g`azallari devonda tartib bilan joylashtirilgan. Shoir lirik merosining 
umumiy hajmi 1718 bayt-3436 misrani tashkil etadi.
5 baytli g`azallar -58 ta, olti baytli g`azallar -6 ta, yetti baytli g`azallar -187 ta, 9 
baytli g`azallar -8 ta, 11 baytli g`azallar -1 ta. Atoiy g`azallarining 109 tasi ramali 
musammani maqsur vaznida yozilgan. 
XV asr birinchi yarmida ko`plab shoirlar qatori Atoiy ham turkiy 
g`azalchilikning rivojlanishiga munosib ulush qo`shdi. Bu davrda ham g`azal janri 
yetakchilik qildi. Shoir g`azallari mavzu jihatdan rang-barang. Ularni quyidagicha 
tasniflash mumkin: 
Oshiqona g`azallar. 
Diniy-tasavvufiy g`azallar. 
Peyzaj xarakteridagi g`azallar. 
Sharq lirikasida ishq-muhabbatni kuylash asosiy mavzulardan bo`lib kelgan. Atoiy
g`azallarining ham bosh g`oyasi va asosiy ohanglarini ishq va u bilan bog`liq 
kechinmalar tashkil etadi. Shoir ta`biricha, ishq «gavhari qimmatbaho», «azaliy 
hidoyat»dir. Atoiy g`azallarida faqat dunyoviy ishq va u bilan bog`liq 


62
kechinmalargina kuylangan emas. Haqiqiy ishq kuylangan g`azallar ham bor. Shoir 
haqiqiy ishqni kuylaganda go`zallik, hayot, koinot, inson haqida fikr yuritib, ularni 
ta`riflaydi va ulug`laydi. Shoir hayo, umrning o`tkinchi, g`animatligini ta`kidlaydi. 
Atoiy g`azallarida majoz va haqiqat o`ziga xos tarzda uyg`unlashadi. Majozda oshiq 
va ma`shuqlar haqiqiy insonlar bo`lib, ularning bir-biriga muhabbat izhori, oshiq 
iztiroblari, ma`shuqning tashqi va ichki go`zalligi, xarakter hususiyatlari hayotiy 
tarzda gavdalanadi. Ishqi haqiqiyda esa, oshiqning ilohiy visolga intilishi, murshid va 
muridlik munosabatlari, faqru fanolik, oshiqni kamolga etkaradigan turli vositalar
so`fiyona axloq kuylanadi. Atoiy ni ba`zi g`azallarida ma`joziy ishq, ba`zilarida sof 
ilohiy ishq, ayrim g`azallarda majoziy ishq bilan haqiqiy ishq qorishib tasvirlanadi. 
Shoirning ilohiy ishq vasf etilgan g`azallari majoziy mazmundagi g`azallaridan 
ohangi, obrazlari, mazmuni bilan farq qiladi. Bunday g`azallardagi «xol», «zulf», 
«gul», «bulbul», «raqib», «may», «mayxona», «dilbar», «husn», «shohid», «oshiq», 
«ma`shuq» kabi obrazlar o`zgacha ma`no kasb etadi. 
Atoiy ning: 
Har necha bo`lsa yorda kibru anovu martabat, 
Bandadin olida hamin faqru niyozu maskanat... 
Ulki derlar jumlai olamda g`olib husn erur, 
Muntaxoyi vosili matlubu tolib husn erur... 
Ayoqing tuprog`i birla qasamkim, 
Manga sensiz pari qaysi, sanam kim?- 
deb boshlanuvchi uch g`azali tasavvufiy g`azallar sifatida talqin etiladi. Ayrim
g`azallarning esa ba`zi baytlari shu ruhda. 
Jannatda gar tajallii husningni ko`rmasam 
Kavsar suvi sug`olsinu ham hur bo`lmasin. 
Oshiq ma`shuqasi sifatini beradi. Uning go`zalligini ulug`laydi. Go`zal nozu 
ishvasi bilan go`zal: 
Diloromeki nozu sheva bilmas, 
Daraxtedurki, hech bargu bari yo`q. 
Vafo haqida Atoiy ko`p yozadi: 
Vafosiz dilrabodin Tengri bezor 
Agar husn ichra jannat huri bo`lsa. 
Atoiy g`oyaviy-badiiy niyati, falsafiy mushohadalari va ishqiy kechinmalari 
tabiat tasviri, bahor va uning jozibakorligi bilan bog`lab tasvirlaydi. Bahorning 
so`limligi, gul, bulbul, g`uncha, bo`ston, soqiy, sarv bodi sabo, mayi gulgun, bog`, 
rayhon, sunbul, savsan, qizil gul, nargis kabi poetik obrazlar shoir maqsadini 
ifodalashga xizmat qiladi. 
Atoiy lirikasi badiiy tasvir vositalarining ko`p qo`llanganligi bilan ham 
xarakterlanadi. Bunda juda ko`p an`anaviy obrazlar, mifologik obrazlar, 
payg`ambarlar obrazlari ko`zga tashlanadi. Ma`shuqa, oshiq o`zlarining turli 
sifatlari bilan pariga, Xizrga, Yusuf, Ya`qub, Farhod, Shirin, Iso, Ayyub va boshqa 
obrazlarga qiyoslanadi. Atoiy juda ko`p ma`naviy va lafziy san`atlardan ham 
foydalangan. Iyhom, tajohuli orif, talmeh, tamsil, lafu nashr, mubolog`a, tashbeh, 


63
lug`z kabi ma`naviy san`atlar, takror, tardi aks, tarse, tajnis, ishtiqoq kabi lafziy 
san`atlar shular jumlasidandir. Iyhomga misol: 
Ne shirin o`g`ridur og`zing olib ko`nglumni to`yguncha, 
Yoshundi har necha so`rsam, topilmas infiolindin. 
Tajohuli orif: 
Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu? 
Og`iz yo g`unchai xandonmudur bu? 
Mubolag`a: 
Firoqingda ko`zum sarchashmasindin, 
Qilurman har qayon boqsam tengizlar. 
Umuman, Atoiy she`riyati xalqimiz tomonidan sevib o`qilaveradi. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə