O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

«GUL VA NAVRO`Z» DOSTONI 
«Gul va Navro`z» dostoni 1411 yilda yozilgan. Bu asarning muallifi 
masalasi adabiyotshunoslarimiz orasida ko`plab bahslarga sabab bo`lmoqda. Ko`plab 
olimlarimiz bu asarni Lutfiy qalamiga mansub deb kelgan edi. Va u keng 
kitobxonlarga Lutfiy asari sifatida tanildi. 1970 yillarda yuqoridagi qayd etilgan va 
ko`plab boshqa olimlarimiz «Gul va Navro`z» muallifi xususida bahslar olib 
borishdi. Bu narsa ayniqsa 70- yillarda yana ham faollashdi. Keyingi yillarda chop 
etilgan o`rta maktab darsliklarida esa «Gul va Navro`z» muallifi noma`lum asarlar 
sifatida berildi. Bir guruh olimlarimiz esa (jumladan, professor A.Hayitmetov 1998 
yil 17 aprelda chop etilgan maqolasida ham) «Gul va Navro`z»ning muallifi sifatida 
H.Xorazmiyni ko`rsatishadi. Ahmad Taroziyning «Fununul balog`a», Boburning 
«Aruz risolasi»da «Gul va Navro`z»ning muallifi Haydar Xorazmiy ekanligi xususida 
qaydlar berilgan. (Bu haqda qarang: Ahmad Xudoydod Taroziy. «Fununul balog`a». 
«O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 2001, 1-6-son). «Gul va Navro`z» dostoni 
Temurning nabiralaridan bo`lgan Iskandar Mirzo topshirig`i bilan yozilgan. Dostonda 
u madh etiladi. «Gul va Navro`z» dostonining bosh mavzusi-ishq-muhabbatdir. Unda 
Gul va Navro`zning samimiy sevgisi, ishqdagi sadoqati, ularning sarguzashtlari orqali 
yoritilib beriladi. Asardagi Navro`z, gul, bulbul va boshqa obrazlar ma`lum bir 


58
ramzga ega. Bahor, Navro`z, go`zallik-sevimli bayram hisoblanadi. Navro`z 
madhiyasi xalq og`zaki ijodi asarlarida, yozma adabiyotda ham bayon etilgan. Umar 
Xayyomning «Navro`znoma», Hoju Kirmoniyning «Navro`z va Gul» asarlari shular 
jumlasidandir.
Turkiy adabiyotda Navro`z mavzusida bitilgan ilk doston «Gul va Navro`z»dir. 
Dostonda uning mavzusi, voqealar rivoji, obrazlarga xos sifatlar, xususiyatlar, badiiy
tasvir vositalarini berishda xalq og`zaki ijodining katta ta`siri seziladi. Navshod 
elining shohi Farrux «cheriki benihoyat», «adlu dodi mashhur», ammo bir farzandga 
orzumand kishi: 
Qamug` olamda adlu dodu mashhur, 
Cheriki benihoyat mulki ma`mur... 
Jahonda bir o`g`ilga orzumand, 
Mungi yo`q hech nimadan g`ayri farzand. 
Navro`z yoshligidan har jihatdan mukammal bo`lib o`sadi. Shoir ta`kidlaganidek: 
Kichik yoshdin qamug` fanlarni bildi, 
Ko`pin o`z aqli birla fahm qildi. 
Navro`z go`zal yigit edi. Xalq og`zaki ijodida bo`lganidek, u ham ko`zguda o`zini 
ko`rib o`z-o`ziga oshiq bo`ladi: 
Tiladi ko`zguyu, ko`rdi yuzini, 
O`zindin bordiyu, sevdi o`zini. 
Xalq og`zaki ijodida bo`lgani kabi «Gul va Navro`z»da ham tush muhim o`rin 
tutadi. Navro`z gulni tushida ko`radi, gaplashadi. Uning Farxor mamalakatidan 
ekanligini biladi. Gulni sevib, hajrida «o`zin erga urib ko`p yig`laydi»: 
O`zin erga urib ko`p yig`ladi zor, 
Yig`idin o`zga xud ne chorasi bor. 
Dostondagi Gul obrazi ham ko`proq folklorda ishlangan ijobiy xotin-qizlar 
obraziga o`xshaydi. Bu narsa, avvalo, uning aqlu-kamolotida va husnida ko`rinadi. 
Uning «Uzori aksidan oy xira bo`lgay». 
Uzori aksidin oy xira bo`lg`ay, 
Yuzi o`trusida kun tiyra bo`lg`ay. 
Kamolidin rivoyat qilsa bo`lmas, 
Jamolidin hikoyat qilsa bo`lmas. 
Sharq xotin-qizlarida hayo, iffat nihoyatda e`zozli tuyg`u hisoblanadi. Ko`pincha 
nozik tuyg`ular sir saqlanadi. Ayniqsa sevgisini ota-onasiga oshkora etish, ishq 
iztiroblarini boshqalarga sezdirish uyat sanaladi, hurmatsizlik sifatida talqin etiladi. 
«Gul va Navro`z» sifatini eshitib oshiq bo`lib qoladi. Uning esidan ozganini ko`rib, 
Savsan malomat qiladi: 
Gar andin fikr qilmassen sen oxir, 
Otang birla onangdin iyman oxir. 
Gul xalq ertaklaridagi qahramonlar singari shijoatliligi, botirligi, mardligi bilan 
ajralib turadi. Ular dengiz halokatiga yo`liqadi, qiyinchiliklarni engishadi.
Gul Adan yo`lidagi ikki xatar: arslonlar va ajdaholar makonidan o`tishi kerak 
edi. Gul arslonlar makon tutgan yo`lni tanlaydi, arslonlar bilan jang qiladi. Yaman 
bahodiri Bahrom bilan yakkama-yakka jangda uni engadi. Dengiz halokati tufayli 


59
Gul va Navro`z boshqa-boshqa joyga borib qoladilar. Gul Adanga, Navro`z Yamanga 
borib qoladilar. Yakkama-yakka olishuv jarayonida Gul va Navro`z bir-birini tanib 
qolishadi. Gul va Navro`z to`yiga izn beriladi. 4 podshoh: Navshod, Farxor, Adan, 
Yaman shohlari podsholikni Navro`zga topshirishadi, Navro`z yurtni odillik bilan 
boshqaradi. 
Dostonda Yaldoyi Zangi, Shayx Najdiy, odamxo`r dev kabi salbiy obrazlar 
bor. Yaldo-yovuz, xunxor, ichib qon qonmag`uchi, o`zi yaldo tunidek qop-qora. 
Mana uning portreti: 
Oti Yaldo, o`zi yaldo tunidek, 
Ko`zi do`zax, bo`yi mahshar kunidek. 
U ma`nan sayoz, maqtanchoq bir kimsa. O`zini er yuzining podshohidek tutadi: 
Tutub Yaldo o`zin xoqoni Chindek, 
Na xoqonkim, shahi ro`yi zamindek. 
Asardagi Shayx Najdiy riyokor, aldamchi, xoin insonlar obrazi sifatida yaratilgan. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə