O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar


MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR: 
1.
Atoiy kim? 
2.
Atoiy haqida qaysi manbalarda ma`lumot bor? 
3.
Atoiy so`zining yozilish bahslari nima bilan bog`liq? 
4.
Atoiy merosining o`rganilishi haqida gapiring. 
5.
Atoiy devonining o`ziga xosligi nimada? 
6.
Shoir she`riyati mavzularini gapiring. 
7.
Atoiy badiiy mahorati haqida tushuncha bering. 
8.
Shoir merosi maktabda o`rganiladimi? 
9.
Atoiy merosini o`rgangan olimlardan kimlarni bilasiz? 
10.
Shoir g`azallaridan uchta, beshta yoddan ayta olasizmi? 
MAVZUGA OID TAYaNCh SO`Z VA TUShUNChALAR: 
1.
Atoiy. 
7.Oshiqona g`azallar. 
2.
Otoiy. 
8.Diniy-tasavvufiy g`azallar. 
3.
Balx.
9. Badiiy vosita. 
4.
Ismoil ota.
10.She`riy san`atlar. 
5.
Turkona. 
11. She`riyat va xalq og`zaki ijodi. 
6.
Ramali musammani maqsur. 


64
16-mavzu: S A K KO K I Y 
Re j a : 
1.
Kirish. 
2.
Sakkokiy haqida. 
3.
Sakkokiy she`riyati. 
4.
Shoir qasidalari. 
5.
Xulosa. 
Adabiyotlar: 
1.
Darsliklar. 
2.
Sakkokiy. Tanlangan asarlar. T.,1960. 
3.
Hayot vasfi. T.,1988. 
4.
Navoiyning nigohi tushgan. T.,1986. 
5.
E.Rustamov. Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XV veka. M.,1963. 
6.
Navoiy zamondoshlari. T.,1948. 
7.
Hodi Zarif. Fozillar fazilati. T.,1979. 
8.
Ahmad Taroziy. Fununul balog`a. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali. 2002 yil 

2-6. 
Ulug` shoirimiz Alisher Navoiygacha bo`lgan davrda turkiy tilda ijod etgan bir 
qancha shoirlar yetishib chiqdi. Ana shulardan biri Sakkokiydir.
Sakkokiy XIV asrning oxirgi choragi va XV asrning birinchi yarmida 
Movarounnahrda yashab ijod etgan. Bu haqda Navoiy shunday yozgan edi: «... 
Uyg`ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag`osidin Mavlono Sakkokiy va 
Mavlono Lutfiy... kim, birining shirin bayoti ishtihori Turkistonda bag`oyat va 
birining latif g`azaliyoti intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur, ham devonlari 
mavjud bo`lg`oy». Demak, Sakkokiyning shuhrati Turkistonda ancha mashhur 
bo`lgan. Shoirning yashagan davri, asosan, Movarounnahrda Xalil Sulton va 
Ulug`bek hukmronligi yillariga to`g`ri keladi. 
Sakkokiyning hayoti va ijodi haqidagi ma`lumotlar juda oz. Bu haqda uning o`z 
qo`lyozma devoni va boshqa mualliflar asarlarida ma`lumotlar uchraydi. Navoiy 
o`zining «Majolis un-nafois» asarida Sakkokiy haqida quyidagilarni yozadi: 
«Mavlono Sakkokiy Movarounnahrdandir. Samarqand ahli anga ko`p mu`taqiddurlar 
va bag`oyat ta`rifin qilurlar». Yaqiniy o`zining «O`q va yoy» munozarasida Sakkokiy 
nomini tilga oladi. U shunday yozadi: «... yana Sakkokiykim, turk shoirlarining 
mujtahididir (g`ayratlisi). Mening munosib holimga aytur:. Nazm: 
Jonim fido bo`lsin saning g`amzang o`qiga nechakim, 
Har necha qoshing egmasi o`qtek bo`yimni yo qilur.» 
Sakkokiyning 1407-1408 yillarda Xalil Sultonga qasida yozganligini e`tiborga 
olsak, u XIV asr oxirgi choraklarida tug`ilgan deb taxmin qilish mumkin. Xalil 
Sulton davlat tepasidan chetlashtirilgandan so`ng, Sakkokiy Ulug`bek saroyida ijod 


65
qiladi. Shoir ijodi Ulug`bek davrida kamolga etadi. Sakkokiy Ulug`bekka atab 
qasidalar yozadi. Uni adolatli, ilm-ma`rifatli hukmdor sifatida ulug`laydi. Uning 
xalqparvarligini alohida ta`kidlaydi: 
Raiyyat qo`y erur, sulton anga cho`ponu yo bo`ri, 
Bo`ri o`lg`oyu, qo`y tingoy, chu Musotek shubon keldi. 
Sakkokiy XV asr o`rtalarida vafot etgan. Navoiy Samarqandda bo`lganida uning 
muxlislari bilan uchrashadi. Tirik bo`lganda ularning uchrashishi ehtimoldan xoli 
emas edi. Sakkokiy asarlari Xalil Sulton, Arslon Xo`ja Tarxon, Xo`ja Muhammad 
Porso va Ulug`beklarning tiriklik chog`larida yozilgan. Sakkokiy she`rlari orasida 
Ulug`bekning o`limi haqida hech narsa uchramaydi. Bu esa Sakkokiy Ulug`bek 
fojiasidan oldin vafot etgan degan taxminga olib keladi. 
Sakkokiy lirik shoirdir. U o`zidan oldin o`tgan o`zbek, fors-tojik shoirlari 
asarlarini puxta o`rgangan. Ulardan ijodiy foydalangan. Sakkokiyning to`liq devoni 
bizgacha yetib kelmagan. Bizgacha yetib kelgan she`rlari uning iste`dodli shoir 
bo`lganidan dalolat beradi. 
Sakkokiy devonining bir necha qo`lyozma nusxalari mavjud. Londonda, 
Britaniya muzeyida uning taxminan XVI asr o`rtalarida ko`chirilgan bir nusxasi, 
Toshkentda Sharqshunoslik institutida 1937 yilda Shoislom kotib tomonidan 
qandaydir nusxa asosida ko`chirilgan nusxasi saqlanadi. Ular shoir asarlarining bir 
qismi. Sakkokiy devoni o`z davrining an`analariga muvofiq, xudoga bag`ishlangan 
hamd, na`t bilan boshlanadi. Keyin 10 qasida beriladi. Bir qasida naqshbandiy 
shayxlaridan Xoja Muhammad Porsoga, bir qasida Xalil Sultonga, to`rt qasida 
Arslonxo`ja Tarxonga, to`rt qasida Mirzo Ulug`bekka bag`ishlanadi. Qasidalardan 
keyin g`azallar boshlanadi. 
Sakkokiy merosining asosiy qismini g`azallar tashkil etadi. Fazallarining asosiy 
mavzui muhabbatdir. Ba`zi o`rinlarda ilohiy ishqni, tasavvufiy g`oyalarni ham 
tasvirlaydi. Insonning dard alamlari, orzu tilaklarini, tabiat tasvirini beradi. Shoir yor 
va unga sadoqat, hayot lazzatlaridan bahramand bo`lish, oshiqdagi hijron va ayriliq 
azoblari, visol nashidasini ta`sirchan tarzda, sodda va ohangdor holatda ifodalaydi: 
Jon hajr o`tina tushdi, yana bizni unutma, 
Zulfing kabi qad bo`ldi duto, bizni unutma. 
Yo`q erdi rizo ketgali bir lahza qoshingdin, 
Sendin chu yiroq soldi qazo bizni unutma... 
Sakkokiy ul oy manzilina xud eta bilmas, 
Sen etsang agar anda, sabo bizni unutma. 
Lirik qahramon ma`shuqa zolimligidan, vafosizligidan shikoyat qiladi: 
Ko`zlaring qattol erur, kipriklaring qon to`kkuchi, 
O`zga ne o`rgansun ul jallodning hamsoyasi? 
Qildi Sakkokiy qaro zulfing bila savdo base 
Ilkida holi parishonlik erur sarmoyasi... 
Yoki: 
Tosh bag`irlik dilbarim Sakkokiy ko`ngli ka`basin 
Yiqti yolg`on va`da birla ham imorat qilmadi. 


66
Sakkokiy g`azallarida uch obraz: oshiq, yor va raqib obrazlari ko`zga tashlanadi. 
Oshiq shoirning o`zi. U yorning visoliga oshiqadi. Oshiqlik iztirob va mashaqqat 
ekanligini tan oladi: 
Ishq ishin Sakkokiy avval bilmayin oson ko`rib, 
Oxiri o`z jonining ishini dushvor ayladi. 
Farhod - oshiq inson. U Shirin yo`lida tog` qazishga majbur bo`ldi. Sakkokiy lirik 
qahramoni esa yori uchun jondan kechishga, «jonkan» bo`lishga rozi: 
Agar Shirin uchun Farhod ishqi ko`hkan bo`lsa, 
Netong Sakkokiy ham, jono, yo`lungda jonkan bo`ldi. 
Oshiq ma`shuqasi yonida bo`lsa, har qancha mashaqqat bo`lsa, chidashga qodir. 
Yori bilan birga bo`lsa u har qanday g`amdan qutiladi: 
Agar qoshimda o`shal gul uzor bo`lsa edi, 
Fame yo`q erdi, g`amim gar hazor bo`lsa edi. 
Lirik qahramon ma`shuqasidan jafo qilmaslikni, va`daga vafo qilishini istaydi: 
Bilursankim kechar dunyoyi foniy 
Qulunga qilmagil javru jafoni. 
Base ko`p va`dalar qildingu bording 
Kel emdi va`daga qilgil vafoni... 
Sakkokiy oshiq va ma`shuqaga xos ichki va tashqi sifatlarni yoritishda turli 
an`anaviy obrazlar, xalq maqollari, hikmatli so`zlar, iboralardan keng foydalangan: 
Ko`zung karashma birla, ey yoruqli Sakkokiy, 
Seni o`ltirurman teb, etti turkona. 
Yoki: 
Yuzi qaro bo`lsun ko`zum, ondin ko`rarmen bu balo 
Yo`q bo`lsun ul ko`nglum mening, hech kirmadi farmonima. 
«Devorning ham qulog`i bor», «devor orqasida odam bor» maqoli mana bu 
baytda singdirilgan: 
Nedin bilur el meni «ul oy oshiqidur teb», 
Chun so`zlamadim hech daru devor qoshida. 
Shoir g`azallarining ko`pi 7 baytlidir. 
Sakkokiy devonining muhim bir qismini qasidalar tashkil etadi. Qasida 
elementlari o`zbek adabiyotida ancha ilgari paydo bo`lgan bo`lsada, maxsus adabiy 
janr sifatida XIV-XV asrda vujudga keldi. Sakkokiy o`zbek qasidachiligining 
asoschilaridan biri bo`ldi. Manbalarda uning 10, ba`zi manbalarda esa 11 qasidasi 
yetib kelganligi ta`kidlanadi. Shoir qasidalarining hajmi 11 baytdan 54 baytga qadar. 
Shoirning Ulug`bekka bag`ishlangan qasidasi e`tiborlidir. Shoir Ulug`bekni ilm, 
hunar va she`riyatni sevgan olim, adolatli shoh sifatida tasvirlaydi. Uni Aristotel, 
Platon, Ptolemey, Galen, Ibn Sino va boshqalarga qiyos qiladi. Sulaymon
No`shiravon, Muso va boshqalarga o`xshatadi: 
Jahondin kyetti tashvishu mabodiyi amon keldi, 
Xaloyiq, aysh eting bu kun sururu jovidon keldi... 
Raiyyat qo`y erur, sulton anga cho`ponu yo bo`ri, 
Bo`ri o`lg`oyu qo`y tingay, chu Musotek shubon keldi... 


67
Sakkokiyning Arslon Xo`ja Tarxonga bag`ishlangan qasidasi ham xarakterli. 
Ulug`bekning Amiri kabiri bo`lmish bu kishi Turkistonning Shimoli Sharqiy 
tomonida joylashgan Sabron shahrida hukmronlik qilardi. U ilmli, shoirtabiat kishi 
bo`lgan. She`r yozgan. Sakkokiy uni mohir qilichboz, so`z bilimdoni, shoir sifatida 
ulug`laydi.
Umuman, Sakkokiy g`azallari ham, qasidalari ham sodda yozilgan. Xalq 
og`zaki ijodining ta`siri aniq seziladi. Shoir asarlari o`zbek adabiyotini yanada 
boyitdi. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə