O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar


MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR: 
1.
«Yusuf va Zulayho» dostoni haqida qanday bahslar mavjud? 
2.
Durbek haqida nimalarni bilasiz? 
3.
«Yusuf va Zulayho» syujetining manbalari haqida gapiring. 
4.
Yusuf qissasi bilan bog`liq qanday asarlar yozilgan? 
5.
«Yusuf va Zulayho» dostonida qanday masalalar yoritilgan? 
6.
Dostonning obrazlarini gapiring. 
MAVZUGA OID TAYaNCh SO`Z VA TUShUNChALAR: 
1.
Durbek. 
7. Taymus. 
2.
«Yusuf va Zulayho». 
8. Bashir. 
3.
Balx.
9. Misr Azizi. 
4.
Yusuf. 
10. Rayyon. 
5.
Ya`qub. 
11. Moliki tojir. 
6.
Misr. 


55
14-mavzu: HAYDAR XORAZMIY 
Reja
1.
Kirish. 
2.
Haydar Xorazmiy haqida. 
3.
Haydar Xorazmiy tarjimon sifatida. 
4.
«Maxzan ul-asror»ning mavzulari va unda qo`yilgan masalalar. 
5.
«Gul va Navro`z» dostoni xususidagi ba`zi bahslar. 
6.
«Gul va Navro`z» asarining yaratilishi. 
7.
«Gul va Navro`z»ning mavzusi va obrazlari. 
8.
Dostonning badiiy xususiyatlari. 
9.
Xulosa. 
Adabiyotlar: 
1.
A.Hayitmetov. Dilimizga juda yaqin. O`zAS gazetasi. 1998 y. 17-aprel. 
2.
A.Rustamov. «Gulu Navro`z»ning muallifi to`g`risida. «O`zbek tili va 
adabiyoti» jurnali. T.,1972. 3-son. 
3.
Ahmad Taroziy. Fununul balog`a. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali. 2002 yil. 

1-6. 
4.
B.Valixo`jayev. Yana «Gul va Navro`z» bahsiga doir. «O`zbek tili va 
adabiyoti» jurnali. T.,1979. 1-son. 
5.
Darsliklar. 
6.
E.Fozilov. Lutfiyning «Gul va Navro`z»i haqida. «O`zbek tili va adabiyoti» 
jurnali. T.,1972. 2-son 
7.
E.Rustamov. Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XV veka. Moskva, 1963. 
8.
Hodi Zarif. Navoiy zamondoshlari. T.,1948. 
9.
J.Sharipov. O`zbekistonda tarjima tarixidan. T.,1965. 
10.
Lutfiy. Devon. Gul va Navro`z. T.,1965. 
11.
Lutfiy. Sensan sevarim. T.,1987. 
12.
N.Abdullayev. Haydar Xorazmiy va uning «Maxzan ul-asror»i. T.,1974. 
13.
Navoiyning nigohi tushgan. T.,1986. 
14.
R.Vohidov, H.Eshonqulov. Mumtoz adabiyot-hikmat xazinasi. Buxoro-2001. 
15.
S.Erkinov. Yana «Gul va Navro`z»ning muallifi haqida. «O`zbek tili va 
adabiyoti» jurnali. T.,1972. 2-son. 
16.
X.Rasulov. «Gul va Navro`z» dostonining badiiy xususiyatlari va folklor. 
«Adabiy meros». T.,1972 y. 9-son. 
17.
Yo. Ishoqov. «Gul va Navro`z»ning muallifi masalalari. «O`zbek tili va 
adabiyoti» jurnali. T.,1972. 1-son. 
Haydar Xorazmiy XIV asr oxiri-XV asr boshlarida yashab ijod etgan shoirdir. U 
haqida ma`lumotlar ayrim tazkiralarda, adabiyotshunoslikka oid asarlarda uchraydi. 
Jumladan, 
D.Samarqandiyning 
«Tazkiratush-shuaro», 
Alisher 
Navoiyning 
«Majolisun-nafois» va «Muhokamatul lug`atayn» asarlarini ko`rsatish mumkin.


56
D.Samarqandiy shunday yozadi: «Sulton Iskandar hukmronligida fozil 
kishilardan Mavlono Natanziy va Mavlono Haydarlar bor ekan. Mavlono Haydarning 
turkiy va forsiy tillarda bitgan yaxshi she`rlari bor va u Nizomiyning «Maxzan-ul-
asror»iga o`zbek tiliga javob yozib shahzoda Iskandar otiga bag`ishladi». 
Ma`lumotlardan ko`rinadiki, H.Xorazmiy ikki tilda she`rlar yozgan. Ammo ular 
bizgacha noma`lum qolmoqda. Navoiyning «Majolis un-nafois» asarining 7- 
majlisida «Mavlono Haydar turkigo`y» deb ta`kidlanadi va misol tariqasida uning 
quyidagi bayti keltiriladi: 
Himmat elidur yadi bayzo degan, 
Er nafasidur dami Iso degan... 
Navoiy «Muhokamatul-lug`atayn» asarida ham mavlono Haydar haqida 
quyidagilarni yozadi: «Shohruh Sulton zamonining oxirigacha turk tili bilan shuaro 
paydo bo`ldilar va ul hazratning avlod va ahfodidin ham xushtab salotine zuhurga 
keldi. Shuaro Sakkokiy va H.Xorazmiy va Atoiy va Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy 
va Gadoyideklar». Demak, H.Xorazmiy temuriylardan Umarshayxning o`g`li 
Iskandar Mirzo hukmronligi davrida yashab ijod etadi. «Maxzan-ul-asror»ning 
«Musannifning vasfi holi» bobida shoirning ahvoli bayon qilinadi; 
Bir kecha g`am birla edim hamnafas, 
Munisu damsozim ul erdi-yu bas. 
Ko`z yoshidin boda, bag`irdin kabob, 
Dardu dilim nuqlu fig`onim rubob. 
Charxi falak tashna bo`lib qonima, 
Dunyayi dun qasd qilib jonima. 
Sabr binosini bakulliy buzub, 
Hosili yo`q umrdin umid uzub. 
H.Xorazmiy Ozarbayjon shoiri N.Ganjaviyning «Maxzan-ul-asror» asarini o`zbek 
tiliga erkin tarjima qildi. Shoir Nizomiyni bir necha bor hurmat bilan tilga oladi
uning asariga yuqori baho beradi. O`zini Nizomiyning shogirdi deb biladi. 
Ushbu doston axloqiy-falsafiy asardir. Ma`lumki, Nizomiyning ushbu asari 1170 
yilda yozilgan bo`lib, shoirning ijtimoiy, axloqiy, falsafiy qarashlarini ifodalaydi. 
H.Xorazmiy Nizomiy asarining umumiy ruhini saqlab qoldi. Ayni paytda unga 
o`zgartirishlar ham kiritdi. H.Xorazmiyning asari-«kirish», «kitob yozilish sababi», 
«musannifning vasful holi» kabi qismlardan boshlanadi. Nizomiyda voqealar ancha 
keng tasvirlansa, hajm kattaroq, maqolatlar soni 20 ta, payg`ambarlar ta`rifi kengroq 
berilib, oldin 20 ta maqolat va undan keyin hikoyatlar keltiriladi. H.Xorazmiyda esa 
biroz boshqacharoq. Asar hajmi Nizomiynikidan kichikroq bo`lib, 639 bayt atrofida. 
Oldin hikoyatlar keltirilib, keyin ularni xulosalovchi misralar beriladi. 
H.Xorazmiy o`z asarida so`z haqida, so`zning o`rni, ahamiyati, qalloblik, ularning 
oqibatlari va boshqalar xususida mulohazalar yuritiladi. Shoir kichik hikoyatlar orqali 
odob- axloq, olijanoblikni, mehnat ahlini ulug`laydi. Shoir tug`ilish va o`lish, 
eskirmoq va yangilanish haqida o`z qarashlarini bayon etadi. Asarda «Sulaymon 
shoh haqidagi hikoyat» «Pulini yo`qotgan kishi» hikoyati, «Savdogar va bo`z 
to`quvchi kampir» hikoyati g`oyatda ibratlidur. 
Oqil agar so`z bila so`zni yopar,


57
Orif o`shul so`zda o`zini topar. 
Ulki bilur so`z guhari qiymatin, 
So`zda topar so`zlaguvchining otin. 
Ahli nazar shevasini so`z bilur, 
Nuri basar mevasini ko`z bilur. 
Zohiru botin xabari so`zdadur, 
O`zgada yo`q har neki bor o`zdadur. 
Ul kishikim, topmadi so`z ganjini, 
Qildi habovu hadar o`z ranjini. 
Kimki nazar manzaridin yumdi ko`z, 
Qo`ymadi meros o`zidin g`ayri so`z. 
H.Xorazmiyning «Savdogar va bo`z to`quvchi kampir» hikoyati 43 baytdan 
iborat. U tuzilishi, obrazi, syujeti bilan mustaqil badiiy asar sanaladi. Hikoya asosida 
o`sha davrdagi hayotiy voqea yotadi. Bir beva kampir ochlikdan zor qaqshagan 
bolalariga non topish uchun ikki hafta tinimsiz mehnat qilib, bo`z to`qiydi-da, 
savdogarga olib keladi. Savdogarga arzi hol qilib, tegishli pul to`lab, sotib olishini 
so`raydi. Savdogar kampir bo`zini «dag`al, qo`pol, kiyimga yaroqsiz» deb erga urib 
sotib oladi. Bir xaridor esa katta haq to`lab savdogardan bo`zni sotib oladi. Buni 
kuzatgan donishmand haqparast chol savdogarni xijolat qilishi bilan hikoya tugaydi. 
Savdogar-firibgar, insofsiz kishilar timsolidir. Kampir asarda nihoyatda nochor, 
ayanchli, kishini rahmini keltiradigan holda tasvirlanadi: 
Bo`yi ikki qat bo`lib, arqosi ko`z, 
Bo`yyu boshi ra`sha bilan beqaror. 
Dam urishi, yo`l yurishi murdavor. 
Ne ko`zida nuru, ne og`zida so`z, 
Dunyosidan qo`ynida bir vusla bo`z... 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə