O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

Adabiyotlar: 
1.
N.Mallaev. O`zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob. T.,1963. 
2.
O`zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. 1-tom. T.,1978. 
3.
Rabg`uziy. Qisasi Rabg`uziy. 1-kitob. T.,1991. 
4.
Rabg`uziy. Qisasi Rabg`uziy. 2-kitob. T.,1992. 
5.
K.Imomov. O`zbek xalq prozasi. T.,1981. 
6.
I.Ostonaqulov. Qissas-ar-Rabg`uziy-adabiy asar. Kan.diss.avtor. T.,1993. 
7.
B.To`xliev. O`zbek adabiyoti. Darslik. 9-sinf. T.,2000. 
8.
R.Vohidov, H.Eshonqulov. Mumtoz adabiyot-hikmat xazinasi. Buxoro,2001. 
9.
H.Safarova. Rabg`uziyning «Qissai Yusuf Siddiq alayhis-salom» asari 
manbalari va g`oyaviy-badiiy tahlili. Nom.diss.avto. Samarqand-2001. 
Sobiq Sho`rolar davrida o`zbek mumtoz adabiyotining bir qator vakillarining 
ijodi, ularning adabiy merosi turli sabablar, to`siqlar natijasida yetarlicha 
o`rganilmadi, targ`ib etilmadi. Bu jihatlar diniy, islomiy g`oyalar, mafkuralar bilan 
bog`liq asarlarda, hukmdorlar merosini o`rganish yoki qator mumtoz shoirlarimizni 
zamonaviylashtirishga urinish kabilarda ko`rinadi. O`tmish merosimizning nodir 
yodgorligi bo`lgan «Qisasi Rabg`uziy» kitobi va uning muallifi Nosiruddin 
Burhonuddin Rabg`uziy merosi ham xalqimiz hayotidan uzib qo`yildi. Ushbu kitob 
nashr etilmadi. Ta`lim muassasalarida yetarlicha o`rganilmadi. Ilmiy ishlar amalga 
oshirilmadi. Asardagi mavzular, ko`pgina payg`ambarlar bilan bog`liq hikoyatlar 
diniy mafkura bilan, islomiy aqidalar bilan sug`orilganligi sababli o`sha davr 
qarashlariga mos kelmasdi. Holbuki, Rabg`uziyning ushbu asari er yuzining paydo
bo`lganidan boshlab so`nggi payg`ambar – Muhammad hayotiga doir bo`lgan 
voqealarni tasvirlar ekan, ularda kishilarni to`g`rilikka, komilikka, axloqan poklikka 
chaqirishi bilan yuksak ahamiyat kasb etadi.
Rabg`uziy haqida yetarlicha ma`lumot yetib kelmagan. Bizgacha yetib kelgan 
yagona asari «Qisasi Rabg`uziy»da ba`zi ma`lumotlar mavjud. Undagi ma`lumotlar 
ham to`liq emas. Uning asl ismi Nosiruddin bo`lib, Xorazmning Rabotu O`g`uz 
degan joyida tug`ilgan. Asarining muqaddimasida otasi Burhonuddinning O`g`uz 
Rabotining qozisi bo`lganligini aytib o`tadi. Asarda bu haqda: «Bu kitobni tuzgan, 
toat yo`lida tizgan, ma`siyat yobonin kezgan, oz ozuqlik, ko`p yozug`luk G`yaxshiligi 
oz, gunohlari ko`pG` Rabot O`g`uzining qozisi Burhon o`g`li Nosiruddin...» deb 


40
qayd etilgan. Rabg`uziy so`zini prof. N.Mallaev «Raboti o`g`uz»ning birikuvidan 
kelib chiqqan deydi. Demak, Rabg`uziy XIII asrning oxirlari va XIV asrning 
boshlarida yashagan xorazmlik shoirdir. Uning «Qisasi Rabg`uziy» asari o`zbek 
nasrining qadimiy namunasi. Bu asar islom dinini qabul qilgan mo`g`ul beklaridan 
biri bo`lgan Nosiruddin To`qbug`aning topshirig`i va homiyligida yozilgan. Asar 
hijriy 709 yil, melodiy 1309-10 yil, ba`zi manbalarda 1311 yil yaratilgan deb 
ko`rsatiladi. To`qbug`a Rabg`uziyga payg`ambarlar haqida asar yozishni topshiradi 
va natijada «Qisasi Rabg`uziy» yuzaga keladi. Muallif asarni bir yil zahmat chekib 
tugatganini qayd etadi. «Qisasi Rabg`uziy»ning turli davrlarda ko`chirilgan bir necha 
qo`lyozma nusxasi mavjud. Ular dunyoning turli kutubxona va qo`lyozma fondlarida 
saqlanadi. Asarning eng qadimiy qo`lyozma nusxasi XV asrda ko`chirilgan bo`lib, u 
Britaniya muzeyida saqlab kelinmoqda. Gronbek tomonidan 1948 yili Kopengagenda 
nashr qilingan. Manbalarga qaraganda, XV asr London nusxasi 1340 yilda Rabg`uziy 
tiriklik davrida ko`chirilgan. XV-XVI asrlarga mansub Sankt-Peterburg, XIX asrga 
oid Toshkent nusxalari mavjud. XIX asrning II yarmi va XX asrning boshlarida 
Toshkent, Qozon shaharlarida bir necha marta nashr etilgan. Asarning to`la matni ilk 
marta rus turkiyshunos olimi N.Ilminskiy tomonidan 1859 yili Qozon shahrida e`lon 
qilingan. Ushbu asar Radlov, Tomsen, Melioranskiy, Malov, Kononov, Bosim Atalay 
kabi xorijiy turkiyshunos olimlar, Fitrat, N.Mallaev, T.Fafurjonova, I.Ostonaqulov 
kabi o`zbek olimlari tomonidan tadqiq qilingan.
Rabg`uziy ushbu asarni yozishda Qur`oni karim, hadislar, Abu Ishoq Nishopuriy 
asari, islomga oid turli kitoblar, shuningdek, Hasan Basra, Jobir ibn Ansoriy kabi 
qissago`ylar ijodidan foydalangan. Asarni o`qir ekanmiz, Rabg`uziyning o`nlab 
bunday asarlardan ijodiy foydalanganligining guvohi bo`lamiz. Bu manbalar ikkiga 
bo`linadi: 
1. Adabiy manbalar.
2. Tarixiy manbalar. 
Adabiy manbalarga, avvalo, Qur`onga yozilgan tafsirlarni, so`ng Ishoq 
Nishopuriy, Abul Hasan Kisoiy qissalarini kiritish mumkin. «Qisasi Rabg`uziy»da 
Muhammad payg`ambar hayotigacha bo`lgan qissalar bevosita Qur`on sharhi 
vazifasini bajargan badiiy asarlar, ikkinchi guruhga Imom Ismoil Buxoriyning «Al 
Jome al sahih», Abu Iso at Termiziyning «Shamoili nabaviya» kitoblarini kiritish 
mumkin. 
Rabg`uziy payg`ambarlar haqidagi qissalarda olam va odam haqidagi 
qarashlarini badiiy ifodalashga harakat qilgan. Qissalar asosini tarixiy voqealar 
tashkil etadi. Asar 72 qissadan iborat. Qissalar mavzu jihatdan rang-barang. 
Olamdagi butun mavjudot egasi bo`lgan Ollohni ulug`lash, payg`ambar hayotiga 
doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, ota-ona va farzand munosabatlari, 
vatan va mehnatsevarlik, erk va adolat, do`stlik va hamjihatlik, urush va tinchlik 
kabilar shular jumlasidandir. Asarda shunday bir jumla borki, u asar mavzusini 
aniqlash imkonini beradi: «Dunyoga boring, menga toat qiling, ma`siyatdan yig`iling, 
qon to`kmang, xamr ichmang, xalq orasida ko`ni hukm qiling, zino qilmang, xiyonat 
qilmang». Ya`ni inson Ollohga toat qilsa, hamisha uning yodi bilan yashasa, oxiratini 


41
o`ylasa yomon ishlardan saqlanadi, o`zidagi yomon unsur va illatlardan qutilishga 
harakat qiladi. 
«Ma`siyatda yig`iling»-gunohdan saqlaning degani. Gunoh va savob 
tushunchasi asarda ko`p tilga olinadi. «Ko`ni hukm qiling»-bu nasihat amaldorlarga 
taalluqli bo`lib, har ishda adolatli, to`g`ri hukm qilish zarurligi ta`kidlangan. 
Kuchsizlarga ozor yetkazmaslik va inson shahvoniy hislarga berilmasligi, bu yo`lda 
yurganlarga sharmandalik, yuzi qarolik, azob-uqubat yetishi aytiladi. 
Islomda xamr aroq ichish man qilinadi. Chunki u ko`p yomon ishlarga sabab 
bo`ladi. Qon to`kish, besabab birovni o`ldirish ham islomda qoralanadi. Omonatga 
xiyonat qilmaslik olijanob fazilat. 
Asarda Nuh, Dovud, Sulaymon, Iso, Muso, Yusuf, Ya`qub, Ismoil, Ibrohim 
kabi payg`ambarlar, Luqmoni hakim haqidagi hikoyatlar keltirilgan.
Asarda odamning, yer yuzi, ko`k, jin, farishtalarning yaratilishidan boshlab 
ma`lumotlar keltiriladi. Mana olamning yaratilishi haqidagi xabar: «Xabarda andog` 
kelur: Yakshanba kun ko`klarni yaratti, dushanba kun oyni, kunni, yulduzlarni 
yaratti, falak ichinda turitti, seshanba kun olam xalqinda qush-qurtlarni, farishtalarni 
yaratti, chahorshanba kun suvlarni yaratti, ellarni, bulutlarni chiqardi, yig`ochlarni, 
o`t- yemlarni yaratti, undurdi. Ro`zilarni ulashturdi. Payshanba kun ujmox, tamug`ni, 
rahmat va azob farishtalarni yaratti, hurlarni yaratti. Azina kun odamni yaratti. 
Shanba kun narsa yaratmadi». «Qisasi Rabg`uziy». 12-bet. 
Odamning yaratilishi haqida ham gap boradi. Jabroil, Isrofil, Mekoil tuproq 
olib kelishga buyuriladi. Ular qilmagan ishni Azroil bajaradi. Shu uchun ham 
jonzotlar jonini olish unga topshiriladi. Odamni tuproqdan yaratadi. Tog`, Tengiz, 
Ko`k ulardan yaratishni talab qilishadi. Tuproq jim turgani bois undan yaratiladi 17-
bet. 
«Qissai Qobil va Hobil»da tasvirlanishicha, Qobil bilan Iqlimo, Hobil bilan 
Abudo tug`iladi. Iqlimo go`zal. Abudo ko`rksiz edi. Qobilga Abudo beriladigan 
bo`ldi, u ko`nmadi. Odam ularga qurbonlik qilishni, kimning qurbonligi qabul bo`lsa, 
Iqlimo berilishini aytdi. Hobilning qo`yi qabul bo`ldi. Qobil tosh bilan urib Hobilni 
o`ldirdi. Qarg`alarga qarab, Hobilni yerga qo`ydi. Odam ko`mish shundan qoldi. 30-
31- betlar. 
Nuh va kema bilan bog`liq hikoyat ko`pchilikka yaxshi tanish. Bayoni beriladi, 
tahlil qilinadi.
Asarda katta bir qissani Yusuf payg`ambar haqidagi qissa tashkil etadi. 
Ya`qub, uning o`g`illari, Yusuf va Zulayho haqidagi voqealar ancha mashhur. 
Hikoyat tahlil qilinadi. 
Hazrati Dovud haqidagi qissa ham e`tiborli. Qissa Dovudning ta`rifi bilan 
boshlanadi. Undan keyin Dovud haqidagi umumiy tasavvurlar bayon etiladi:»Dovud 
yalavoch (payg`ambar) bani Isroildan erdi. O`n qarindosh er dilar, otalari Isho` otlig`. 
Dovud qamug`idin (barchasidin) kichik erdi. Tun-kun yig`layur erdi ibodat ichinda» 
Dovud payg`ambar bilan bog`liq bir necha hikoyatlar beriladi. Adolat bilan hukm 
qilishi, kechalari raiyat holi bilan tanishishi, bir kampir qiyofasidagi farishta u xalq 
molini yeyishini aytishi, so`ng Dovud payg`ambar temirchilikni o`rganishi bayon 
qilinadi. 


42
Asarda Muso payg`ambar, Sulaymon va qarincha, Sulaymon va kursisi, 
Sulaymon va Bilqis haqidagi, Yunus, Ilyos, Xizr, Luqmoni hakim, Iso, Iskandar 
haqidagi qissalar ham e`tiborlidir.
Asarning katta qismi payg`ambarimiz Muhammad hayotlariga bag`ishlangan. 
Rabg`uziy haqida gap ketganda uning she`riyati haqida ham so`zlash joiz. Chunki har 
bir qissa boshida yoki oxirida keltirilgan she`rlar bundan dalolat beradi. Ayrim
g`azallar voqealar ichida ham beriladi. Bular Rabg`uziyning turkiy aruz va barmoq 
vaznini yaxshi egallaganidan guvohlik beradi. Ushbu asarda 600 misra she`r o`rin 
olgan bo`lib, bular g`azal, ruboiy, qit`a, to`rtlik, qasida janrlarida bitilgan. Bahorni, 
Navro`zni madh etuvchi she`r bor. Rabg`uziy asarida xalq og`zaki ijodining ham 
chuqur ta`siri seziladi. Masalan: Bani Isroil ularga 12 baquvvat, baland bo`yli 
kishilarni yuborishadi, bog`bon kelib ularning oltitasini bir engiga, yana oltitasini 
ikkinchi engiga solib oladi. Ularni qo`l- oyoqli qurtlar deb ataydilar. Yoki Muso 
payg`ambar hassasini erga sanchsa mevali daraxt, dushmanga qarshi ilon, daryodan 
o`tishda ko`prik vazifasini bajaradi. Yoki Yusufning akasi Yahudo na`ra tortsa, Misr 
eli hushsiz yiqiladi va hokazo.

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə